Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

 
R-40 
BD-330
 
BD-
416
 

Ishlatiladigan 
tola 
uzunligi 
mm 
60,0 
gacha 
60,0 
gacha 
60,0 
gacha 
60,0 
60,0 
60,0 
2. 
Ta’minlanadi -
gan 
piltaning 
chiziqiy 
zichligi, kteks 
7,0-2,5 
7,0-2,5 
3-7,0 
2-7,0 
3-7,0 
2,5-7 
3. 
Ip 
chiziqiy 
zichligi, teks 
14,7-145 
10-145 
14,5-
200 
10-200 
10-250 
15-150 
4. 
Diskret 
barabancha-
ning 
aylanishlar 
chastotasi, 
min
-1 
6000-
9000 
6000-
9000 
6000-
10000 
6000-
10000 
6000-
10000 
6000-
10000 
5. 
Kameralar 
orasidagi 
masofa, mm. 
230 
230 
220 
220 
210 
210 
6. 
Yigirish 
kamerasining 
aylanishlar 
chastotasi,
min
-1 
40000-
130000 
40000-
150000 
40000 
110000 
150000 
31000-
100000 
25000-
12000



16 
1.1-jadval davomi 
7. 
Ipning chiqish 
tezligi, m/min 
230,0 
300,0 
170-200 255 
150-170 180 
8. 
Cho’zish 
miqdori 
20-450 
20-450 
11-350 
35-300 
11-350 
40-350 
9. 
Pishitilganlik, 
bur/m 
250-1600 250-1600 
200-
1700 
200-
1700 
200-
1700 
200-
1700 
10. Bobina 
o’lchamlari, 
mm 
TSil-320 
Kon-280 
TSil-320 
Kon-270 
320x15

300x150 
300x15

TSil-
300 
Kon-
280 
11. Mashinadagi 
kameralar soni, 
dona 
360 
480 
192-320 320 
330 
416 
Urchuqsiz usullarda ip yigirishning imkoniyatlari oshib borgan sari yaratilgan 
mashinalarni tasniflashga ehtiyoj yuzaga keldi. Shunday tasniflardan biriga ko’ra, 
mashinalarni yigirilishi mumkin bo’lgan tolalar uzunligiga qarab uch turga 
bo’lingan: kalta, o’rtacha va uzun tolalarni yigiradigan mashinalar. Mashinalarni 
tolalarni turiga qarab moslashtirish, yigirish imkoniyatiga qarab tolalarni 
modifikatsiyalarini ishlab chiqarish urchuqsiz usullarni joriy etish ko’lamini 
kengaytirishga imkon bermoqda. So’nggi yillarda mashinalarni turli xususiyatli va 
uzunliklardagi tolalarni yigirishga moslashtirilmoqda. Bunda mashinani o’zini 
emas, ko’proq yigirish qurilmalarini, ularning elementlarini takomillashtirishga 
ko’proq e’tibor qaratilmoqda.
Zamonaviy pnevmomexanik yigirish mashinasi murakkab komplekslar 
yig’indisidan iborat. Uning qismlari va mexanizmlarini bitta tasvirda ifodalash 
qiyin. So’ngi yillarda yaratilgan mashinalarda esa shunday mexanizm va 
qurilmalar soni yanda ko’payishi bilan bir qatorda o’ziga xos. 


17 
Mashinalar qanchalik zamonaviy moddellari yaratilsada ularning ishlash 
tartibi bir hilda bo’ladi. 
Pnevmomexanik yigirish mashinalari imkoniyatlarini o’rganish uchun dastlab 
ularning tuzulishi bilan tanishib chiqamiz. Quyidagi 1.1-rasmda pnevmomexanik 
yigirish mashinasining umumiy tuzulishi keltirilgan. 
1.1-rasm.Pnevmomexanik yigirish mashinasining texnologik sxemasi 
1- ta’minlanuvchi pilta, 2 – zichlagich, 3 - ta’minlovchi stolcha 4 - 
ta’minlovchit silindr, 5 – diskretlovchi baraban 6- konfuzor (tranportirovka 
kanali), 7 – yigirish kamerasi, 8 – ip sifatini nazorat qiluvchi datchik, 9 – 
tortuvchi vallar 10 – ip uzilishini nazorat qiluvchi datchik, 11 – ip taxlagich 12 -
o’rovchival, 13- bobina[2]. 
Pnevmomexanik ip yigirish mashinalari bir necha turlari mavjud bo’lib,turli 
firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan markalarda ham asosiy ishchi qismi va 
mexanizmlari deyarli bir hildir.Quyida biz turli firmalarning yangi modeldagi 
pnevmomexanik ip yigirish mashinalari texnologik imkoniyatlari bilan tanishib 
chiqamiz.
«RIETER» firmasining R-66 rusumli pnevmomexanik ip yigirish jihozi 


18 
Pnevmomexanik ip yigirish mashinalari bir necha turlari mavjud bo’lib 
ulardan to’qimachilik korxonalarida keng foydalanilmoqda. Asosan o’rta chiziqli 
zichlikdagi iplar ishlab chiqarish nazarda tutilgan bo’lsadi ushbu R-66 yigirish 
mashinasi kichik chiziqli zichlikdagi, ya'ni 10 teksgacha ip yigirish imkoniga ega. 
Yana mashina unumdorligi oshirish bilan birga, mahsulot sifatiga xam e'tibor 
berilmoqda. 
«RIETER» firmasining R-36 rusumli pnevmomexanik ip yigirish jihozi 
Tabiiy xom-ashyo paxta tolasini tozalashda havo oqimi yordamida 
chiqindilarni ajratishdan ko’p foydalanilmoqda. Ifloslik miqdori yaxshilanishi 
muofaqiyat bilan ish yuritishdadir. Fabrikalarda R36 mashinasi eng yaxshi 
konstruksiyadagi tabiiy tolalardan maksimum ifloslikni ajratishni eng maqbul 
variantlari tanlanib S 36 yigirish qurulmasidan foydalanish yigirilgan ip qiymatiga 
ta’sir ko’rsatishi isbotlangan. Misol uchun R 36 mashinasi N
e
-16 ip tarkibidan 
mukammal darajada 1% gacha ifloslikni ajratadi. 
Quyidagi 1.2-rasmda R 36 mashinasiga taminlangan pilta va mashinadan 
ajrab chiqgan tolali chiqindilar ko’rsatilgan. Bunda kiruvchi maxsulot qanchalik 
tozalanish darajasini va ajrab chiqgan chiqindilarni korishimiz mumkin. 
1.2-rasm. Pilta tarkibi. Ajralgan ifloslik. 


19 
Rieter firmasining to’liq avtomatlashtirilgan R 60 dastgoxi,bitta mashinada 
540 tagacha urchuqni o’z ichiga oladi hamda mashina alohida mustaqil ishlaydigan 
qisimlarini qo’shish mumkin. Mashina to’rtta yuqori tezlikka ega bo’lgan robotlar 
bilan ta’minlanishi hamda Amsler Texing integratsiyalangan slub qurulmasini 
o’rnatish mumkun bu narsalar quyidagilarni amalga oshirishni imkonini berishi 
ta’kidlangan: effektivlik va sifat oshishi, Twistunit dan foydalanish naychaning 
mavjudligi, kanal kiritish hamda buram to’xtatilish – o’zgartirishlar talab 
etilmasdan katta hajimdagi sozlashlarni amalga oshirish mumkin. Mashinaning 
maksimal tezligi 170,000 rpm[3]. 
Urchuqsiz ip yigirish mashinalarining unumdorligini oshirish borasida olib 
borilgan ilmiy amaliy tadqiqotlar natijasiga ko’ra Oerlikon Schlafhorst firmasi 
tomonidan Autocoro 8 rusumli yangi yigirish mashinasi yaratildi. Bu 
mashinaning pishitish rotorining tezligini minutiga 200000 martaga yetkazildi. 
Tezlikning oshirish uchun rotor diametrini kichraytirildi (ya’ni, 23mm gacha)bu
chiziqli zichligi 10-147 teksgacha bo’lgan iplarni yigirish imkoniyatini beradi. 
Ma’lumki chiziqli zichligi 10-18.5 teksli iplarni asosan halqali usulda yigirilar edi, 
yangi rusumdagi Autocoro 8 mashinalarini yaratilishi yuqorida qayt etilgan 
chiziqli zichlikdagi iplarni yigirish yangi mashinalarda ishlab chiqarish 
imkoniyatlari yaratildi. Bu o’z navbatida ip ishlab chiqarish unumdorligini keskin 
ko’tarilishiga, texnologik jarayonlarni qisqarishiga olib keladi[4]. 
Shuningdek dunyoning rivojlangan mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan 
firmalar tomonidan ( Italiyaning Savio S.p.A kompaniyasi o’zining Flexi Rotor 
S3000 mashinasini taqdim etdi, qaysiki Suessen SC-S SpinBox dan foydalanadi.) 
turli rusumdagi urchuqsiz yigirish mashinalari yaratildi va ishlab chiqarishga keng 
joriy etildi. Yangi rusumdagi urchuqsiz yigirish mashinalarining asosan yigirish 
qurulmalarining tezligini minutiga 150000-200000 martagacha yetkazilib, 
mashinalar kompyuter bilan jihozlangan. Ush bu mashinalar kompyuter orqali 
boshqarishga moslashgan bo’lib ulardagi jarayonlar avtomatik ravishda 


20 
boshqariladi.
Turli firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan so’ngi rusimlardagi urchuqsiz 
ip yigirish mashinalarining texnologik ko’rsatkichlarini quyidagi 1.2-jadvalda 
keltirilgan. 
1.2-jadval 
Ishlab chiqaruvchilarni solishtirish jadvali 
Rieter R60 
Schlafhorstning 
Autocoro 8 
Savio Flexi Rotor 
S3000 
Tola uzunligi
60 mm gacha 
60 mm gacha 
60 mm gacha 
Rotorlar soni
540 
480 
360 
Ip nomeri (Ne) 3-60 
4-60 
4-60 
Rotor 
tezlik 
(min
-1

170000 
200000 
150000 
Ipni 
chiqish 
tezligi (m/min) 
350 
300 
250 
Jihatlari 
VARIOspin 
ikki 
lotni 
birdaniga 
bitta 
mashinada 
ishlab chiqarish 
Sinle drives, besh 
lotni 
birdaniga 
bitta 
mashinada 
ishlab chiqarish 
Twin disc, ikki 
lotni 
birdaniga 
bitta 
mashinada 
ishlab chiqarish 
Yangi rivojlanish davrida turli xil yigirish mashinalari ixtiro qilinmoqda. 
Rieter ikki tomonlama yigirish hamda ta’minlovchi silindirlarni pastki qismida 
joylashtirilgan. Ikkinchi farqi uning 4/4 cho’zish tizimidan o’tib mashinaning 
yuqori qismida o’ralishidir. Qo’shimcha qilib mashinaning ikki tomoni alohida 
ishlashi ancha qayishqoqlikni ta’minlaydi.120 urchuqga ega mashina ikki tarafda 
to’rtta robot bilan jixozlanishi hamda markaziy boshqaruvga bog’lanish mumkin.


21 
Mashina jihatlari:Piltalash, yigirish va o’rash jarayonlari integratsiyalashgan
yuqori tezlik:450~500 m/min,nomer o’zgarishi:15~60. 
Yigirish usullari va ularning oddiy sxemalari 
l-Halqali; 2-Pnevmomexanik; 3-Friktsion; 4-Aero; 5-Elimlab. 
6-Ipga tola o’rab 7- Tolaga ip o’rab 8- Soxta pishitib 9-Qo’shaloq 
1.3-rasm.Yigirish usullari 
Yuqoridagi ip yidirish usullari sxemalari keltirilib tasniflanadi.Ikkinchi sxemadagi 
uzatuvchi valik (A) dan chiqayotgan mahsulot tolalarning diskret oqimi shaklida, 


22 
ya’ni uzluksiz mahsulotning ayrim tolalarga ajratilgan oqimi sifatida konfuzorga 
yo’naltiriladi. Unda tolalar ozroq bo’lsada to’g’rilanadi, chunki konfuzordagi 
havoning tezligi toraygan qismiga qarab ortib boradi. Tolalar oqimi pishituvchi organ 
sirtida halqasimon yoki disksimon yohud konussimon mahsulot ko’rinishida 
shakllanadi. Undan esa ip uchi hosil qilinib, u tortila boshlansa, unga tolalarning 
yangi-yangi diskret oqimi kelib qo’shilaveradi. Natijada tolalarning diskret oqimidan 
uzluksiz mahsulot ip shakllanadi. Tolalarni bir-biriga ilashtirish pishitish organining 
katta tezlikda aylanishi evaziga sodir bo’ladi. Bunda uchala qurilma kamerali, rotorli 
va kondensorli pnevmomexanik yigirish mashinalari nazarda tutilgan.
Halqasimon tolali piltachadan ikki qatlamli ip olinib o’ziga xos struktura hosil 
qilinishini va bu kamchilikning oldini olish maqsadida 3-usul, ya’ni friktsion yigirish 
tavsiya etilgan. Unga ko’ra diskret tolalar oqimi ikkita bir tomonga aylanuvchan 
perforatsiyalangan valiklar sirtiga so’ruvchi havo ta’sirida yopishadi. Tez 
aylanuvchan valiklar tolalarni burab bir-biriga ilashtiradi. Unda ipning bir uchi 
tutilib tortilsa, ip shakllanadi. Bu yerda ipning uchi konussimon bo’lib, tolalarning 
bir-biriga jipslashuvi ko’p jihatdan havoning kuchiga bog’liq. Agar ip uzilsa, uzuq 
uchi konussimon shaklda bo’ladi, ya’ni ip strukturasini konus shaklida joylashgan 
tolalar tashkil etadi. 
4-usul aerodinamik usulda mahsulotni ingichkalashtirish oddiy usulda, pishitish 
organi zonasiga tolalarni yetkazish esa turli usullarda amalga oshiriladi. Ipning uchi
yigirish zonasining ichki sirtida ikki xil usulda shakllanadi. Sirtning aylanma harakati 
natijasida sirt yuzasida to’plangan tolalar qatlami buralib, ip uchiga ilashadi va 
tortilib o’rab olinadi. Ba’zida ip uchining shakllanishi girdob bo’ylab 
harakatlanayotgan havoning ta’sirida amalga oshiriladi. Bu usulda asosan yo’g’on 
iplar ishlab chiqariladi.
Yigirishning yelimlab ip olish 5-usulida girdob hisobiga emas, balki tola va yelim 
o’rtasidagi adgeziya kuchlari evaziga sodir bo’ladi. Bu usulda olingan ipda tolalar 
uzatilayotgan tutamda joylashgandek saqlanib qoladi. Yelimlab olingan ip ko’pincha 
to’rli matolar «ko’zlari»ni burab pishitilgan iplar orasiga qo’yib hosil qilishda 


23 
ishlatiladi. Maxsus yelimni erituvchi, yuvuvchi moddalar qo’llanilib yelimlangan ip 
tolalarga aylantiriladi va matoni pardozlashda chiqarib tashlanadi.
Tolalar bilan iplarni aralashtirib yigirish ikki xil usulda amalga oshirilishi sxemada 
ko’rsatilgan. 6-usulda ipga tolalar o’rab yigirish usuli ko’rsatilgan bo’lib, ikkita 
komponent qo’shilgandan keyin pishitish jarayonida tolalar ip sirtiga o’raladi. 
Mazkur usul bo’yicha kondensorli (chirmoviqli) yigirish usuli keng tarqalgan.
Bundan tashqari halqali yigirish usulida ham yuqorida ta’kidlanganidek ikki 
komponentli (uzluksiz mono ip va tolalar) ip yigirish mumkin. 7-usulda uzatilayotgan 
ikkita komponentning biri naychada o’ralgan yakka ip bo’lib, ikkinchi komponent 
hozirgina ingichkalashtirilgan tolalar tutamidan iborat. Tolalar sirtini naychadan 
ajralayotgan ip o’rab siqib oladi. Tolalar tutami haqiqiy buramlar olmaydi, ya’ni 
burab pishitilmaydi. 
8-usul o’zi pishiluvchan yigirish (soxta pishitish) usuli bo’lib, bitta yoki ikkita 
tolalar strengasi bir qismi bir yo’nalishda, ikkinchi qismi boshqa yo’nalishda 
buraladi. Natijada ip ikki xil yo’nalishda pishitilgan ip ko’rinishiga ega bo’ladi.
9-usul esa qo’shaloq ip olish usuli bo’lib, ingichkalashtirilgan ikkita tutam bir-
biriga qo’shilib, bitta pishituvchi organga yo’naltiriladi. Bu usulning o’ziga xos 
tomoni shundan iboratki, ikkita pishitilmagan tolalar tutamidan bitta ip shakllanadi. 
So’ngi paytlarda yigirishning elektrostatik va gidrodinamik, ya’ni elektr maydoni 
kuchlari hamda suyuqlikning ta’sir kuchidan ip uchini burab pishitishda 
foydalanilmoqda[5]. 
Yigirish usullari xususiyatlariga qarab ipning sifat ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi . 
Shuning uchun ham sifati jihatdan eng yaxshi hisoblangan halqali, undan keyingi 
o’rinda pnevmomexanik yigirish usullari keng tarqalgandir. 


24 
1.2. Ip yigirishning urchuqsiz usullari tasnifi 
Tolalardan ip yigirishda texnologik jarayonlar tolalari parallel joylashgan 
piltacha-michka hosil qilish va uni eshib ipga aylantirish hamda uni biron shaklda 
o’rab olish bilan yakunlanadi. Aynan ushbu jarayonlarni bajarish tartibi, ularni 
ketma ketligi ip yigirish usullarini takomillashtirish omili va muammolari bo’lib 
qolmoqda. Hozirgi kunda tolalardan ip yigirishning bir nechta usullari mavjud 
bo’lib, urchuqsiz yigirish usulini o’zi ham bir qator usullarni o’z ichiga oladi. 
Urchuqsiz yigirish usullari: Uyurma havoli(vintli mexanik eshish PAM-
150,ko’ndalang doirali PF-1), Pnevmomexanik (ko’ndalang aylanma BD-
200,bo’ylama o’qli DREF,ko’ndalang doirali PR-150), Elektropnevmomexanik 
(bo’ylama o’qli,elektrospin). 
Usulning mohiyatini belgilovchi muhim jihati pishitilayotganda ipni uchi 
ochiq bo’ladi, ya’ni uzluksizlik boshqacha ko’rinish oladi. (1.4-rasm). 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə