8
KIRISH
Hozirda O’zbekistonda Yengil sanoat sohasi jadal rivojlanib kelmoqda va
bu soha istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Bu sohaga jalb qilingan
invistitsiyalarni soni oshib bormoqda.Shu jumladan
ishlab turgan korxonalarni
modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni barpo etish bo’yicha ko’plab loyihalar
amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli
mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yildi. Sohada ilm-fan yutuqlarini qo’llash
ham yildan-yilga oshmoqda, bularga yangi istemolchilik xususiyatiga ega bo’lgan
to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish,
tola orasiga qo’shimcha komponentlarni qo’shish orqali olinadigan mahsulotlar
ishlab chiqarish ham ancha takomillashdi. Biz
kelajakda yangi innovatsion
texnologiyalarni ishlab chiqish va unung asosida jahon bozorida kuchli
raqobatbardosh bo’lgan mahsulotni yaratish uchun olg’a intilib o’rganishimiz
zarur. Bugungi kunda ip yigiruv korxonalarida jahonga mashhur “Rieter”
(Shvetsariya), “Truetzschler” (Olmoniya), “Marzoli”, “Savio” (Italiya), “Murata”,
“Tayota” (Yaponiya) va boshqa firmalarda tayyorlangan eng zamonaviy texnika
va dastgohlar bilan jihozlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-
dekabrdagi «2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori sohada yangi
imkoniyatlar eshigini ochdi. Dastur doirasida 2017-2019-yillarda sohaga 2,2
milliard dollardan ortiq mablag‘ (shuning deyarli yarmi xorijiy investitsiya) jalb
qilinadi. Investitsion loyihalar to‘rt bosqichli tizim asosida paxta xomashyosini
qayta ishlab, tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus
to‘qimachilik komplekslari va 27 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratishga
xizmat
qiladi. Shuningdek, 120 yangi korxonani tashkil etish va o‘ndan ortiq ishlab
chiqarish korxonasini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Demakki, barcha
9
hududlarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari
yaratiladi.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini
joylashtirishda ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan hududlar tanlab olingan,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo,
Sherobod tumanlari, Sirdaryoning Guliston,
Sayxunobod, Jizzaxning G‘allaorol, Jizzax, Qashqadaryoning Yakkabog‘,
Shahrisabz, Namanganning Uchqo‘rg‘on, Pop, Samarqandning Oqdaryo, Urgut,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Chimboy tumanlari shular
sirasidandir. Loyihalarda avvalo hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha
joyning o‘zida to‘liq qayta ishlab, yuqori qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish
hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirish nazarda tutilgan.
Dasturning asosiy jihatlaridan yana biri, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirgan
holda to‘qimachilik
korxonalarini tashkil qilish, loyihalashtirish va qurilishning
yangi tarmoq me’yorlarini ishlab chiqish hamda joriy etishdir. Ushbu me’yorlar
qurilish-montaj ishlari xarajatlarining kamayishini va mahalliy qurilish
materiallaridan foydalanishni ta’minlaydi. Endilikda paxta xomashyosini qayta
ishlashni rag‘batlantirish maqsadida oldin taqdim etilgan soliq va bojxona
imtiyozlari 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi [1].
Shu sababli, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish
maqsadida yaqin besh yilda Namangan viloyatida umumiy qiymati 346
million
dollar bo`lgan 16 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.Masalan, 2016-2018
yillarda Uchqo`rg`on tumanida 3 ta korxonada umumiy qiymati 210 million dollar
bo`lgan loyihalar amalga oshirilib, yiliga 26 ming tonna ip va aralash kalava, 10
ming tonna bo`yalgan kalava, 25 million momiq va 2 million trikataj buyum ishlab
chiqarish quvvatlari ishga tushurildi.
To’qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan
hisoblanadi. Ushbu tarmoqni rivojlantirish asosan tarmoqdagi texnika va
texnologiyani tubdan yangilash, yangi
ish usullarini ishlab chiqish, kadrlar
malakasini oshirish, pirovardida mahsulot sifatini oshirish tadbirlaridan iborat.
10
Respublikamizda bu tarmoqga juda katta vazifalar yuklanmoqdaki, tarmoqda jahon
bozori talablariga mos tayyor mahsulot ishlab chiqarishni har tomonlama
rivojlantirish va takomillashtirish lozim bo’lmoqda.
Faoliyat ko’rsatadigan korxonada assortiment imkoniyatini oshirish,
uning
sifatli bo’lishi bilan bir qatorda tannarxini to’g’ri belgilanishi uchun xom ashyodan
tayyor mahsulot hosil qilinishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni yagona
texnologiya sifatida tasavvur etish, qo’llaniladigan jihozlarni mutanosibligini
ta`minlash muhim vazifadir.
Diplom loyihasi mavzusi “Pnevmomexanik yigirish mashinalarida tolalarni
tozalash samaradorligi” bo’lib, mashinalarning tozalash darajasi va tozalash
qurulmalari ularning taxlilini o’rganiladi.
Tadqiqot ishimning maqsadi pnevmomexanik yigirish mashinalarini tozalash
darajasi va chiquvchi mahsulotni sifatiga ta’sirini tahlil etishdir.
Mohiyati esa pnevmomexanik yigirish
mashinalarining parametrlarini,
markalarini, tozalash darajalarini o’rganish va tadqiq etishdir.
Tadqiqot ishini bajarish davomida bir qator natijalar va ma’lumotlar olindi.
Hamda tadqiqot ishidan ko’zlangan maqsadga ma’lum darajada erishildi.