Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə1/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
islom Diss. finish (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY TА‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Qo‘lyozma huquqida
UDK
ERMАTOV ISLOMIDDIN TO‘RAMUROD O‘G‘LI

XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDA METALLARNI BOYITISHDA YANGI MAHALLIY FLOATAREOGETLARNI QO‘LLAB ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARINI ISHLAB CHIQISH

Mutaxassislik: 70710101-Кiмyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTАTSIYA







Ilmiy rahbar:
t.f.d.prof. F.B.Eshqurbonov
________________
« ___» ________ 2023 y.



T

Termiz-2023

MUNDARIJA







KIRISH




I-BOB

XONJIZA KON HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT


1.1

Xonjiza konini miniralogik tarkibi tahlili




1.2

Xonjiza boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonining tavsifi




1.3

Flotatsion boyitishning usullari va texnologiyasi




II-BOB

METALLARNI BOYITISHDA YANGI MAHALLIY FLOATAREOGETLARNI ISH PRINSIPLAR




2.1

Xonjiza polimetal rudalarini boyitishda qo’laniladigan flotareogentlarning umumiy tavsifi


2.2

Flotatsiya samaradorligini hisoblash va unga ta’sir etuvchi omillar


2.3

Mahalliy flotareogentlar va ularning ish prinsiplari




2.4

Xonjiza kon boyitish fabrikasida qo’rg’oshin-rux rudalarini boyitishning selektiv va kolliktiv texnologik sxemalari




III-BOB

XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDA YANGI MAHLLIY FLOTAREOGENTLARNI QO’LLASH JARAYONI




3.1

Xonjiza kon boyitish fabrikasida mis-rux rudalari flotatsiyasini texnologik sxemalari va qo’laniladigan reagentlar




3.2

Flotatsiya mashinasi turini tanlash va hisoblash




IV-BOB

XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDA FLOTOREAGENTLARNI TASNIFLANISHI VA ULARNING VAZIFALARI






4.1

Texnologik hisoblar flotoreogentning unumdorligini aniqlash






4.2







4.5










XULOSA







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




KIRISH
Malumki, qazib olinadigan rudalar tarkibida qimmatbaho komponentning miqdori oz bo’ladi. Bunday rudalardan metallarni tog’ridan to’g’ri ajratib olish iqtisodiy jihatdan ham, texnik jihatdan ham o’zini oqlamaydi. Shuning uchun aksariyat hollarda ruda qazib olingandan keyin avval boyitiladi, yani undagi qimmatbaho komponentning miqdori oshiriladi va boyitma holidagi mahsulot metallurgiya zavodlariga metall ajratib olish uchun jo’natiladi. Rudalarni boyitish natijasida quyidagi afzalliklarga erishiladi: kambag’al rudalarni qayta ishlash imkoniyati tug’ilgani tufayli foydali qazilmalarning zaxiralari ortadi. Mahsulotlardagi metallning miqdori ortishi bilan metallurgiya zavodlarining ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, elektr energiyasi, yonilg’i, kimyoviy reagentlar sarfi kamayadi, foydali qazilmani kompleks ishlatish imkoniyati yaratiladi. Shuning uchun foydali qazilmalarni boyitish sanoatning muhim tarmog’i hisoblanadi [].
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, hayot darajasi va ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlaydi.Kon ishlari sanoatning yetakchi tarmog’i sifatida konlarni izlab topish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xomashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan yerosti inshootlarini barpo etish kabilarni o’z ichiga oladi.
Foydali qazilma konlarini yerosti, ochiq, geotexnologik va boshqa usullarda qazib chiqarishning tamoyillarini o’zlashtirish mazkur fanning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo’g’in sifatida foydali qazilma konini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi hamda mamlakat xalq xo’jaligiga yoqilg’i (tuz, yonuvchi, slaneslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli, siyrak va radioaktiv metal rudalari, kon-kimyo xomashyolari, qurilish materiallari va boshqa xomashyolarni yetkazib beradi.
Yuqorida sanab o’tilgan material va xomashyolarni dunyo miqyosida qazib chiqarish ekspertlar hisobi bo’yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd.t yoqilg’i, 570 mln.t qora metal rudasi, 170mln.tonna rangli metal rudasi, 620 mln. Tonna industrial mineral xomashyo qazib olinmoqda.
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, mudofa quvvati va mustaqilligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi konchilik sanoati bo’yicha rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi o’rinlarda turadi’
Hozirgi vaqtda respublikamizda konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo’lib, ular yuqori suratlarda rivojlanib bormoqda:
-yoqilg’I qazib chiqarish (tuz, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz, uran);
-rangli metallurgiya (oltin, kumush, mis, rux, qo’rg’oshin, volfram va boshqalar);
-kon-kimyo xomashyosi qazib chiqarish (appatit,fosforit va turli mineral tuzlar);
-tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, ohaktosh, shag’al, qum va boshqalar).
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan.Ulardan 850 dan ko’prog’i to’la tekshiruvdan o’tgan va 400 ga yaqini foydalanishga topshirilgan.Biroq shuni aytish kerakki, ishlayotgan konlarning qariyb 80-85 % i tabiiy qurilish materiallariga to’g’ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvati juda past bo’lib, kon massasi bo’yicha unumdorligi 25-50 ming tonna(yoki kub metr)ni tashkilqiladi. Shuningdek, o’rta va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan konchilik korxonalari ham mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi.Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati,Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O’zbekiston “Tuz” aksionerlik jamiyati hamda ko’plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo’la oladi’
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o’ziga xos murakkab va xavfli xususiyatlari mavjud.Ularning asosiylari quyidagilardir:
-foydali qazilma konlarini o’zlashtirish atrof-muhitga bevosita ta’sir ko’rsatib, qator ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi;
-ish joylarining doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qo’yiladi;
-qazish ishlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida geologic sharoitlarning murakkab lashib borishi, gazodinamik hodisalarning sodir bo’lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratining ko’tarilishi kabi omillar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» gi, 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3246-sonli «Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi, 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-sonli «Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi va 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni va qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu magistrlik dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə