Termiz muhandislik-texnologiya instituti


Rasm 27. Xonjiza kon boyitish fabrikasidagi flotatsiyon boyitish texnologik sxemasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə6/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
islom Diss. finish (3)

Rasm 27. Xonjiza kon boyitish fabrikasidagi flotatsiyon boyitish texnologik sxemasi




Boyitma

Chiqindi

Bug', chang

Rasm .Flotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri sxemasi:


1-o‘zi to‘nkariladigan vagon; 2-qabul qiluvi bunker; 3-plastinkasimon taminlagich; 4-panjarali g‘alvir; 5-yirik maydalash uchun konusli maydalagich; 6 va 9-vibratsion g‘alvirlar; 7-o‘rta maydalash uchun konusli maydalagich; 8 va 11-tasmali konveyer; 10-mayda maydalash uchun konusli maydalagich; 12-bo‘shatuvchi aravachali tasmali konveyer; 13-maydalangan ruda bunkeri; 14-maydalangan ruda taminlagichlari; 15- va 16-yig‘ma tasmali konveyerlar; 17-qiya lentali konveyer; 18-konveyer tarozlari; 19-sharli tegirmon; 20-spiralli klassifikator; 21,25,34,35-qum nasoslari; 22 va 26-bo‘tana bo‘luvchilar; 23 va 24-flotatsiya mashinalari; 27-barabanli vakuum-filtr; 28-barabanli kuritgich; 29-batareyali siklonlar; 30-elektr filtr; 31-ko‘pikli chang ushlagich; 32-tutun so‘ruvchi; 33-quyultirgich.
Yordamchi jarayonlarga boyitmani suvsizlantirish va chiqindilarni maydoniga to‘plash jarayonlari kirib, ularda boyitmaning namligi belgilangan chegaragacha kamaytiriladi, Xonjiza kon boyitish fabrikasidagi oqava suvlarini tabiiy suv xavzalariga tashlashda yoki fabrikada qaytadan ishlatishdan oldin tozalanadi. [27]
Xonjiza kon boyitish fabrikasidagi foydali qazilma uchratiladigan operatsiyalarning ketma-ketligi boyitishning texnologik sxemalarini tashkil qiladi. Odatda sxemada dastlabki va boyitish mahsulotlarining sifati va miqdoriga doir malumotlar, shuningdek alohida operatsiyalardagi qayta ishlash tartibi keltiriladi. Bunday sxemalar sifat-miqdor sxemalari deyiladi. Alohida operatsiyalarga va mahsulotlarga qo‘shiladigan, va alohida operatsiya va mahsulotlardagi suvning miqdoriga doir malumotlarni o‘z ichiga olgan sxema suv sarfi (shlam) sxemasi deyiladi. Texnologik sxemadan tashqari apparatlar zanjiri sxemasi ham tuziladi, unda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining apparatlar bo‘ylab xarakatlanish yonalishi grafik tarzda ifodalanadi. Sxemada apparatlarning turi, o‘lchami va soni ko‘rsatiladi. [28]
Boyitishning asosiy texnologik ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: komponentning dastlabki ruda va boyitish mahsulotlaridagi miqdori, boyitish darajasi, boyitish mahsulotlarining chiqishi, komponentlarni boyitish mahsulotlariga ajralishi. Komponentning miqdori deb, mahsulotdagi komponent og‘irligini mahsulot og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Boyitish natijasida erishiladigan boyitish darajasi deb boyitmadagi qimmatbaho komponent miqdorini uning dastlabki rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi. Boyitish darajasi boyitma dastlabki mahsulotga nisbatan qancha boyligini ko‘rsatadi. [29]
Boyitish mahsulotlarining chiqishi deb, boyitish natijasida olingan mahsulot og‘irligini dastlabki mahsulot og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. CHiqishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Birlik ulushlarda ifodalangan chiqishga teskari o‘lcham boyitish natijasida bir tonna mahsulot olish uchun dastlabki mahsulotning tonnalari sonini ko‘rsatadi.
Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi deb, mahsulotdagi komponent og‘irligini shu komponentning dastlabki rudadagi og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Ajralishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Foydali komponentning boyitmaga ajralishi boyitishda shu komponentning qancha qismi dastlabki mahsulotdan boyitmaga o‘tganini ko‘rsatadi. [30]
Boyitish mahsulotlari va dastlabki mahsulotdagi qimmatbaho komponentning miqdori bo‘yicha chiqish va ajralishni hisoblash uchun formulalar chiqaramiz.
Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
Q, C va T – tegishli ravishda dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindining og‘irligi, t/soat yoki t/ sutka;
α, β va θ – dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindidagi komponentning miqdori, %;
γ - mahsulotning chiqishi, % yoki birlik ulushida;
ε – ajralish, % yoki birlik ulushida.

Chiqishni aniqlaymiz:


boyitmaning chiqishi

Chiqindining chiqishi

Boyitish oxirgi mahsulotlari chiqishlarining yig‘indisi 100 % deb qabul qilinadigan dastlabki mahsulotning chiqishiga teng.

Muvozanat tuzamiz:
mahsulot bo‘yicha
Q=C+T
komponent bo‘yicha




Mahsulot muvozanati tenglamasidan
T = Q - C
C = Q – T
T va C larning qiymatini komponentning muvozanati tenglamasiga qo‘ysak

va



bundan

va

U holda chiqishlarni hisoblash uchun hisoblash formulasini olamiz.




Komponentning ajralishini aniqlaymiz
boyitmaga

chiqindiga

Komponentni boyitishning oxirgi mahsulotlariga ajralishi yig‘indisi uni 100 % deb qabul qilingan dastlabki mahsulot ajralishiga teng.







larning yuqorida topilgan qiymatlarini ga qo‘yib ajralishni hisoblash uchun formulani olamiz.




Texnologik ko‘rsatgichlar boyitish fabrikalaridagi boyitish jarayonlarini baholash uchun xizmat qiladi. [31]



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə