Termiz muhandislik-texnologiya instituti


Flotatsiya mashinasi turini tanlash va hisoblash



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə14/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
islom Diss. finish (3)

3.2. Flotatsiya mashinasi turini tanlash va hisoblash

Bo‘tanani havoga to‘yintirish (aeratsiya) va aralashtirish usuliga qarab flotatsiya mashinalari mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik mashinalar -ga bo‘linadi.


Pnevmomexanik flotatsiya mashinalari mexanik mashinalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: bir xil texnologik ko‘rsatkichlarda flotatsiya vaqti 35-40% ga kam; 1 t rudaga sarflanadigan energiya 40-50% ga kam; bo‘tana oqimining yuqori tezligida ishlashi mumkin; bo‘tanani havo bilan to‘yintirishni keng chegarada boshqarish (1,5-1,8 m3/daqiqa) mumkin.
Pnevmatik flotatsiya mashinalaridan aerolift mashinalar eng ko‘p tarqalgan. Ular sodda tuzilishga ega va arzon, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega; energiya sarfi arzimas, polning sathini mexanik mashina­larga nisbatan kamroq egallaydi. Aerolift flotatsiya mashina­larining kamchiliklari quyidagilardan iborat: qiyin flotatsiyalanuvchi rudalarni flotatsiyalashda yetarli darajada barqaror bo‘lmagan texnologik ko‘rsatkichlar va yuqori namlikdagi boyitmalar olinadi, vannaning tubiga yirik va zichligi nisbatan yuqori zarrachalarning cho‘kish xavfi, yoki bo‘tanani jadal aralashtirmasligi tufayli bunday zarrachalarning vannaning pastki qismida to‘planishi; oraliq mahsulotni chiqarib olishning imkoni yo‘qligi va natijada murakkab boyitish sxemalarda ko‘p sonli nasoslarni o‘rnatishni talab qiladi.
Pnevmatik flotatsiya mashinalarni quyidagi sharoitlar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya qilinadi: foydali qazilma oson flotatsiya­langanda, uning kichik yoki o‘rtacha zichligida, sodda boyitish sxemasida, boyitmaning chiqishi kattaroq bo‘lganda. Boshqa sharoitlarda ko‘pincha pnev­momexanik mashinalar tanlanadi. Biroq texnologik sabablarga ko‘ra flotatsiya jarayonini jadallashtirishning imkoni bo‘lmasa, mexanik mashinalar nisbatan tejamliroq bo‘lishi mumkin.
Flotatsiya mashinalarining taxminiy solishtirma yuki 16-jadvalda keltirilgan.
Mexanik flotatsiya mashinalarining o‘zgargan shakli qaynar qatlamli mashinalar - 0,8 mmli va yirikroq zarrachali (-3 mm) qalayli rudalarni flotatsiyalash uchun muvoffaqiyatli ishlatilmoqda.
Turbomarkazdan qochuvchi impellerli flotatsiya mashinalari (FTM va FMIZ) ikkita havoga to‘yintirish va qalqib chiqish kameralariga ega bo‘lib, mayin tuyulgan shlamli bo‘tanalarni flotatsiyalashga mo‘ljallangan. Mashinalar havoni so‘rish yoki pnevmomexanik mashinalardagiga o‘xshab tagidan havo berish orqali ishlashi mumkin.
Pnevmomexanik mashinalar yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklari tufayli ko‘proq qo‘llanadi. Ular oddiy bo‘tanalar (40% qattiq zarrachalar va 50% dan kam bo‘lmagan - 0,074 mm sinf) uchun ishlatiladi. Bu mashinalar oqib o‘tuvchi mashinalar bo‘lib, ularni bo‘tana sathi kameralar bo‘yicha boshqarilmaganda va ortiqcha mahsulotlarni tez-tez qaytarishlar bo‘lmaganda tavsiya qilinadi. Mashinaga mahsulotlarni so‘rish va bo‘tanani qabul qilish uchun mexanik kameralar (bosh kameradagidek) o‘rnatish mumkin.
-jadval
Flotatsiya mashinalarining taxminiy solishtirma yuki, t/m3soat

Flotatsiya mashinalarining turi

Oson
flotatsi-
yalanuvchi,
T=9-15 daqiqa

O‘rtacha flotatsiyala-nuvchi,
T=15-30 daqiqa

Qiyin flotatsiyala-nuvchi,
T=30-50 daqiqa

Qattiq zarrachalar
ning miqdori
150 g/l,
T=6-9 daqiqa

Pnevmomexanik

2,0¸1,2

1,2¸0,6

0,6¸0,35

-

Mexanik

1,2¸0,7

0,7¸0,35

0,35¸0,2

-

Aerolift

1,2¸0,7

0,7¸0,35

0,35¸0,2

-

Pnevmatik mashinalar ichida Mexanobr institutining chuqur aerolift mashinalari eng yaxshi hisoblanadi.


Ko‘pikli saralash qo‘llaniladigan FP-2,5 pnevmatik mashina - 0,074 mmli sinfning miqdori 30% dan kam bo‘lmagan yirik zarrachali rudalarni boyitishda asosiy va nazorat flotatsiya jarayonlarida ishlatiladi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə