Termiz muhandislik-texnologiya instituti


Xonjiza kon boyitish fabrikasida qo‘rg‘oshin-ruxli rudalarni boyitishning selektiv va kollektiv texnologik sxemalari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə11/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
islom Diss. finish (3)

2.4. Xonjiza kon boyitish fabrikasida qo‘rg‘oshin-ruxli rudalarni boyitishning selektiv va kollektiv texnologik sxemalari

Bu kombinatda bir nechta polimetall va qo‘rg‘oshin – rux rudalari qazib olinadi vaboyitiladi. Bundan tashqari misning ikkilamchi sulfidli tarkibi (xalkozin, kovellin va bornit) 10% dan oshmaydi. Oksidli minerallar tarkibi qo‘rg‘oshin, rux va misning tarkibi serussit, anglezit va smitsonitdan iborat.


Oksidlangan qo‘rg‘oshin va rux minerallari 10 % dan oshmaydi, misning qiymati esa 3%. Birinchi bosqichli maydalash shaxtaning o‘zida amalga oshiriladi. 250 mm gacha maydalangan ruda skip yordamida yuqoriga chiqariladi. 16 mmli ruda KSD – 2200 maydalagichiga kelib tushadi. 50 mm gacha maydalangan mahsulot og‘ir suzpenziya sexiga jo‘natiladi. Aralash rudalar uch bosqichda maydalanadi va og‘ir suzpenziya sexiga boyitish uchun jo‘natiladi. Xonjiza kon boyitish fabrikasidan qazib olingan xamma rudalar avval og‘ir suzpenziyada boyitiladi. Og‘ir fraktsiya asosiy korpusdagi bunkerga jo‘natiladi va u yerda birinchi hamda ikkinchi sektsiyada yer osti usulida qazib olingan rudalar boyitiladi.
Qolgan ucha sektsiyada konining aralash rudalari va qolgan xamma rudalar birgalikda boyitiladi. Kon boyitish fabrikasida qisman kollektiv – selektiv sxema bo‘yicha rudalar boyi­tiladi. Yer osti usulida qazib olingan rudalar yanchish jarayonida 40-55% gacha yanchilib, (- 0,074 mm) birinchi asosiy mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga jo‘natiladi. Birinchi bosqich tegirmoniga natriy sulfid (10-16 g/t) va sianid tuzi (0-2,5g/t) qo‘shiladi. Birinchi asosiy mis–qo‘rg‘oshin flotatsiya­si­dan avval pulpa taqsimlovchiga rux kuporosi (270-430 g/t), flotatsiyaga esa natriy sulfit (5-20g/t), butil va izopropil ksantogenati aralashmasi 1:1 (3-7g/t) va siklogeksanol (15-40g/t) qo‘shiladi. Mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasining chiqindisi 75-85% gacha qayta yanchilib, ikkinchi mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga jo‘natiladi.
Sfalerit va piritni cho‘ktirish maqsadida ikkinchi bosqich tegirmoniga natriy sianid tuzi (0-2,5 g/t), pulpa taqsimlovchiga esa rux kuporosi (50 -
100 g/t), ikkinchi asosiy mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga esa ksantogenatlar aralashmasi (2-6 g/t), siklogeksanol (20-35 g/t), ba’zida kaltsiy oksidi qo‘shiladi.
Asosiy mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasida рН =7,2-7,6 va nazoratli flotatsiyada esa рН =7,8 - 8,2 bo‘lishi kerak. Tozalash jarayonidan keyin qo‘shimcha flotatsiya (rux kuporosi 50-165 g/t va sianid 3-12 g/t) o‘tkazilgach, kollektiv mis – qo‘rg‘oshin kontsentrati tarkibida 15-16 % mis, 36-37 % qo‘rg‘oshin va 6-7 % rux bo‘ladi. Nazoratli mis – qo‘rg‘oshin
chiqindisi tarkibida 0,024 % mis, 0,24 % qo‘rg‘oshin va 4,8 % rux bo‘lib, rux pirit flotatsiyasiga jo‘natiladi. Rux pirit flotatsiyasi nazoratli mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisi bilan aralashtirilgach, mis kuporosi (40-75 g/t) ksantogenat, (10-25 g/t), ditiofosfat (3-15g/t) va kerosin (3-15g/t) ta’sir ettirilib olib boriladi va bunda рН = 8,2-8,5 bo‘lishi kerak. Ikkita nazoratli jarayonga mis kuporosi 15 - 25 g/t, ksantogenat 5 –15 g/t va (40-75 g/t) ksantogenat, (10-25 g/t), ditiofosfat (3-15g/t) va kerosin (3-15g/t) ta’sir ettirilib olib boriladi va bunda рН = 8,2-8,5 bo‘lishi kerak. Ikkita
-jadval
Xonjiza kon boyitish fabrikasining og‘ir suspenziyalarda rudalarni
boyitishning texnologik ko‘rsatkichlari , %

Chiqish

Og‘ir fraktsiya

Yengil fraktsiya

Pulpa
(klass-100+12 mm)

64,7

35,3

100

Tarkibi :
Mis
Qo‘rg‘oshin
Rux

0,55
1,4


7,56

0,066
0,088


0,48

0,38
0,94


5,06

Mahsulotni ajratib olish foyizi:
Mis
Qo‘rg‘oshin
Rux

96,36
96,66
93,6



3,64
3,34
6,4



100
100
100



nazoratli jarayonga mis kuporosi 15-25 g/t, ksantogenat 5-15 g/t va ditiofosfat (3-15g/t) qo‘shilib, chiqindisi chiqindilar maydoniga jo‘natiladi. Uning tarkibida 0,06 % qo‘rg‘oshin, 0,1 % rux va 0,02 % mis bor.Tozalash jarayonidan so‘ng rux – pirit boyitmasi rux flotatsiyasiga jo‘natiladi va ishqoriy muhit hosil qilish maqsadida ohak 300-400g/t qo‘shiladi. Ohakdan tashqari rux flotatsiyasiga mis kuporosi (5g/t gacha), ksantogenat (1 g/t gacha) va ditiofosfat (5 g/t gacha) hamda I tozalash jarayoniga ohak beriladi (100-200 g/t). Uchta tozalash jarayonidan so‘ng, 58 %li rux boyitmasi olinib, uning tarkibida 0,03 % mis va 1 % qo‘rg‘oshin bo‘ladi, hamda ruxni ajratib olish foizi 88,5 % ni tashkil etadi. Nazoratli flotatsiyaning chiqindisi rux – pirit nazoratli flotatsiyasi chiqindisi bilan qo‘shilib chiqindilar maydoniga jo‘natiladi. Kollektiv mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasi sianid usulida ajratiladi. Kollektiv boyitma qo‘rg‘oshin boyitmasidan avval kontakt chanda natriy sulfid (10-40 g/t) va kaliy sianid (100-180 g/t) bilan aralashtiriladi. Kaliy sianidning o‘zini qo‘llaganda mis – qo‘rg‘oshin boyitmasini ajratish jarayoni yomonlashadi va shuning uchun qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga kaltsiy xlorid 60 – 118 g/t, aktivlashtirilgan ko‘mir 8-14 g/t, ksantogenat 0-2 g/t va siklogeksanol 0-2 g/t qo‘shiladi. Kaliy sianid xuddi shuningdek birinchi va ikkinchi tozalash jarayoniga 20-54 g/t qo‘shiladi, birinchi tozalash jarayoniga esa natriy sulfid 5-20 g/t qo‘shiladi.


-jadval
Xonjiza kon boyitish fabrikasida polimetall rudalarni boyitishdagi texnologik ko‘rsatkichlar, % larda.

Mahsulot


Tarkibi

Mahsulotni ajratib olish foizi

Qo‘rg‘oshin

Rux

Mis

Qo‘rg‘oshin

Rux

Mis

Sulfidli rudalar

Qo‘rg‘oshin boyitmasi

74

3,14

1,9

87,2

2,2

12,6

Rux boyitmasi

1

58

0,3

2,5

88,5

4,3

Mis boyitmasi

3

4,5

26

1,5

1,3

2,2

Chiqindi flotatsiyasi

0,06

0,1

0,02

6,2

5,6

8,5

Yengil fraktsiya

0,08

0,12

0,02

2,6

2,3

3,6

Aralash rudalar

Qo‘rg‘oshin boyitmasi

70

3,3

3,4

73,1

1,5

13,8

Rux boyitmasi

2,5

52

1,3

9,1

80

18,2

Mis boyitmasi

3,3

10,25

20

2,3

3

52,9

Chiqindi flotatsiyasi

0,12

0,29

0,03

12,2

12,2

10,7

Yengil fraktsiya

0,06

0,14

0,02

3,4

3,4

4,4

Nazoratli qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga kaliy xlorid 10-18 g/t, ksantogenat (2 g/t gacha) va siklogeksanol (2g/t gacha) qo‘shiladi. Uch marta tozalangan qo‘rg‘oshin boyitmasi tarkibida 74 % qo‘rg‘oshin, 3% rux va 1,9 % mis bo‘lib, qo‘rg‘oshinni ajratib olish foizi 87,2%. Ikkinchi nazoratli qo‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisi tayyor mis boyitmasi bo‘lib, tarkibida 26% mis, 3% qo‘rg‘oshin va 4,5% rux bo‘ladi va misni ajratib olish foizi 71%. Og‘ir suzpenziyada boyitishdan ajratilgan shlamlar aloxida siklda boyitiladi. Xonjiza konining aralash rudalarini boyituvchi texnologik sxemasi uch bosqichli yanchish jarayonidan iborat. Mis – qo‘rg‘oshin boyitmasi 4 ta tozalash jarayonidan keyin qo‘rg‘oshin boyitmasi va mis oraliq mahsulotiga ajratiladi. Mis oraliq mahsuloti tarkibida 23 % mis 10 % dan ko‘proq rux bor. Shu sababli filtrlash jarayonidan keyin u mis flotatsiyasiga jo‘natiladi. Bir karra tozalangan mis boyitmasi tarkibidagi mis 20 % ga oshadi. Mis – qo‘rg‘oshin boyitmasini ajratish uchun jarayonga kaliy sianid (800-900g/t), kaltsiy xlor (375-400g/t) qo‘shiladi. Rux flotatsiyasida flotoaktiv piritni cho‘ktirish uchun yuqori ishqoriy muhit hosil qilinadi, ya’ni (4200-8400g/t) ohak qo‘shiladi. Xonjiza kon boyitish fabrikasining rudalari sulfidlar va oksidlar aloxida boyitiladigan sxema bo‘yicha boyitiladi. Bunda misni oksidli minerallari 40-50% ni tashkil etadi. Sulfidizatsiya jarayoniga (3-4kg/t gacha) natriy sulfid qo‘shiladi. Oltin va kumush quyiltirgich quyilmasidan ionitli filtr yordamida ajratib olinadi.





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə