Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə13/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
islom Diss. finish (3)

Ruda

Yanchish
Tasniflash



Мis-qorgoshin flotatsiyasi


Мis flotatsiyasi


Мis kontsentrati Qorgoshin
kontsentrati
Rux flotatsiyasi

Rux
kontsentrati Pirit flotatsiyasi
Pirit kontsentrati Chiqindi

rasm Qisman kollektiv - selektiv sxema


Yanchish jarayoniga sfaleritni cho‘ktirish maqsadida natriy sulfit (50 g/t) va rux kuporosi (50 g/t), piritni cho‘ktirish uchun ohak (400 g/m3) qo‘shiladi. Mis flotatsiyasiga butil ksantogenati (90-150g/t) va ko‘pik hosil qiluvchi reagent – butilditiofosfati va flotatsiya moyi qo‘shiladi. Rux flotatsiyasi ishqoriy muhitda mis kuporosi (400g/t) bilan faollashtirilgach amalga oshiriladi. Bunda ksantogenatning miqdori 90-140 g/t ni tashkil etadi. Natijada 19-20% li mis boyitmasi (ajralishi 83-84 %) hamda 45-46% li pirit boyitmasi (ajralishi 74-75 %) ajratib olinadi. Ko‘pchilik boyitish fabrikalarida - Sredneuralsk, Krasnouralsk, Uchalinsk, Gayskda mis-rux rudalari qayta ishlanib, ular kollektiv – selektiv sxemalar yordamida boyitiladi. Gaysk boyitish fabrikasida ruda kollektiv–selektiv sxemalari yordamida boyitilib, sulfidli minerallar - pirit, xalkopirit va sfalerit, puch tog‘ jinslari esa kvarts, dala shpati va seritsitdan iborat. Rudalar mis minerallarini tarkibi o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ikkilamchi sulfidli mis minerallari miqdori 14-80% gacha, eruvchan sulfatlar 0,5-13% gacha o‘zgarishi mumkin. Rux rudasi esa 94-98% sfaleritdan iborat. Rudalar 98-100% - 0,074 mm gacha yanchilgach, sulfidli minerallarni ajratish jarayoni amalga oshiriladi. Kollektiv flotatsiya ishqoriy muhitda (SaO 150-180 g/m3) olib borilib, mis kuporosi (200-240 g/m3) sfaleritni faollashtirish uchun qo‘shiladi. To‘plovchi reagent sifatida izopropil va butil ksantogenatlari aralashmasi, hamda ko‘pik hosil qiluvchi reagent sifatida T-92 (30-60 g/t) qo‘shiladi. Nazorat kollektiv flotatsiya­siga faqat butil ditiofosfati (15-20g/t) qo‘shiladi. Kollektiv boyitma tozalash jarayonidan keyin natriy sulfidi va faollashtirilgan ko‘mir yordamida desorbtsiyalanib, quyiltiriladi hamda 0,074 mm o‘lchamli zarrachalar 90-95 % ga yetgunga qadar yanchiladi.
Mis flotatsiyasiga natriy sulfidi (150-350 g/t) va rux kuporosi (150-350 g/t) sfaleritni boyitish uchun qo‘shiladi. рН 8,5-8,7 bo‘lganda ikkita tozalash jarayonidan keyin 16-18 % mis boyitmasi ajratib olinadi (ajralishi 87-89%). Nazorat mis flotatsiyasi chiqindisi rux boyitmasidan iborat bo‘lib, ruxning miqdori 42-45 %, ajralishi 50-55%.
Uchalinsk konining kolchedanli rudalari murakkab mineral tarkibi bilan ajralib turadi va qiyin boyitiluvchan ruda hisoblanadi. Rudalar piritdan (83%), sfaleritdan (5,5%), xalkopiritdan (2%) va kovellin (0,2%) dan iborat. Uchalinsk konining rudalari kollektiv-selektiv sxema bo‘yicha boyitilib, ikki bosqichli yanchish jarayonidan keyin 0,074 mm o‘lchamdagi zarrachalar 85-90% ni tashkil etadi. Kollektiv boyitmani ajratishdan avval qo‘shimcha yanchish jarayoni o‘tkazilib, - 0,074 mm o‘lchamdagi zarrachalar 90-95% ni tashkil etadi. Nazoratli rux flotatsiyasini chiqindisi tayyor pirit boyitmasi hisoblanadi. Olingan mis boyitmasini tarkibida 16-18% mis bo‘lib, ajralishi 78-82% ni tashkil etadi. Olingan rux boyitmasi tarkibida 48-49 % rux bor.
Mis - rux rudalarini boyituvchi chet el boyitish fabrikalarida kollektiv-selektiv sxemalar Yaponiyaning “Kamikita”, “Xitachi”, “Osoridzava”, “Sosotsura” fabrikalarida, hamda selektiv sxemalari Kanadaning “Foks”, “Rutten”, “Ekstol”; Finlyandiyaning “Keretti”; Yaponiyaning “Kavayama” va Norvegiyaning “Sulitelma Gruber” fabrikalarida qo‘llanadi. Mis - rux rudalarini boyituvchi chet el fabrikalarida maydalash jarayoni natijasida rudalar uch bosqichda 16-20 mm gacha maydalanadi. Yanchish jarayoni ikki bosqichda olib borilib, 0,074 mm o‘lchamdagi zarrachalar 65-80% ni tashkil etadi. Kanada va Finlyandiya boyitish fabrikalarida to‘plovchi reagent sifatida amil va izopropil ksantogenatlari, Yaponiyada amil, ikkilamchi butil va geksil ksantogenatlari, hamda butil va izobutil natriy ditiofosfatlari, aeroflotlar 3477, 208 va 211 ishlatiladi. Kanada fabrikalarida keng tarqalgan ko‘pik hosil qiluvchi reagent – metilizo­butilkarbinol (14,5- 63,5 g/t), hamda Daufros-250 (15,5 g/t) va sosna moyi (23,5g/t) ishlatiladi. Finlyandiyadagi boyitish fabrikalarida sosna moyi (29g/t) ishlatiladi. Piritni cho‘ktirish maqsadida oltingugurtli gaz, sianid tuzlari, rux kuporosi, ohak va boshqa reagentlar keng qo‘llaniladi.
Yaponiyaning “Mikoxata” fabrikasida mis-rux va mis-qalay rudalari flotatsiya - gravitatsiya sxemasi bo‘yicha boyitilib, uning tarkibida 1,3 % mis, 2% rux, 14 g/t kumush va 0,28 % qalay bor. Rudalarni boyitish ikki siklda amalga oshiriladi. Boyitish to‘g‘ri selektiv flotatsiya sxemasi bo‘yicha olib borilib, avval mis boyitmasi (рН 7,5 – 8,2 bo‘lganda) flotatsiyasi olib borilib, reagentlardan natriy sianidi (17,7 g/t), rux kuporosi (182 g/t), etil (25g/t) va geksil (22,7 g/t) ksantogenatlari, metili­zobutil-
karbinol (32g/t) ishlatiladi. Mis flotatsiyasini chiqindi­si­dan (рН =9,5) asosiy flotatsiyada (рН =9,5) va tozalash jarayonida (рН=12,5 ga teng bo‘lganda) rux boyitmasi ajratib olinadi. Sfaleritni flotatsiyasiga izopropil (45,9 g/t) va geksil (15,4g/t) ksantogenatlari, mis kuporosi (80 g/t), ohak (528 g/t) qo‘shiladi. Rux flotatsiyasini chiqindisi boyitish stolida boyitish uchun gravitatsiya sikliga jo‘natiladi. Natijada tarkibida 53,3% qalay bo‘lgan yirik zarrachali qalay boyitmasi olinib, uni ajralishi 44,3% ni tashkil etadi va mayda zarrachali boyitma tarkibida 23,3% qalay bo‘lib, uni ajralishi 15,3%. Tayyor mis boyitmasi tarkibida 27,5% mis, 7,99% rux, 0,08% qalay,
240 g/t kumush bo‘lib, misning ajralishi 92,5%. Rux boyitmasi tarkibida 53% rux bo‘lib, ajralishi 73,3%. Ko‘pgina mis-rux boyitish fabrikalari asosiy metallar­dan tashqari ko‘pgina rangli va kamyob metallarni o‘z ichiga oladi. Masalan, mis boyitmasi tarkibida indiy, oltin va kumush ajralishi 85-87 % ni, rux boyitmasi tarkibida esa kadmiy 70-72% ni, indiy 20-33% ni, pirit boyitmasi tarkibida esa tellur, talliy va indiy 20% ni tashkil etadi. Chiqindi bilan birga 40-52% selen, 60-62% tellur, 30-72% talliy, 30-76% indiy, 96% gacha germaniy va 20% gacha galliy chiqindi omboriga ketadi.



rasm. Mis-pirit rudasini boyitish sxemasi


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə