Termiz muhandislik-texnologiya instituti


III-BOB. XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDA YANGI MAHLLIY FLOTAREOGENTLARNI QO’LLSH JARAYONI



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə12/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
islom Diss. finish (3)

III-BOB. XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDA YANGI MAHLLIY FLOTAREOGENTLARNI QO’LLSH JARAYONI

3.1. Xomjiza kon boyitish fabrikasida mis-rux rudalari flotatsiyasini texnologik sxemalari va qo‘llaniladigan reagentlar

Mis-rux rudalarini selektiv flotatsiyasi murakkab kechuvchi jarayon hisoblanib minerallarni kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Mis - rux rudalai to‘g‘ri selektiv flotatsiya yoki kollektiv-selektiv flotatsiya sxemalari yordamida boyitiladi. To‘g‘ri boyitish sxemasida rudalar 85-95% - 0,074 mm gacha yanchilganda xalkopirit, sfalerit minerallari zarrachalari ochiladi. Ba’zi reagentlar yanchish jarayoniga qo‘shilib, mis flotatsiyasi chiqindisidan sfalerit mis kuporosi yordamida faollashtirilgach, mis boyitmasi ajratib olinadi. Bunday texnologik sxema ruda tarkibida mis minerallari xalkopiritdan hamda rux minerallari sfaleritdan iborat bo‘lsagina qo‘llaniladi. Mis - rux rudalarini to‘g‘ri selektiv flotatsiya yordamida boyitish Sibaysk fabrikasida, (MDH) Kanadaning “Rutten”, “Foks”, “Ekstol” va “Kvemont”, hamda Finlyandiya, Norvegiyaning boyitish fabrikalarida amalga oshiriladi. Mis boyitmasini sifatini oshirish maqsadida uni tozalash jarayonidan oldin qayta yanchiladi. Kollektiv flotatsiya jarayonidan oldin rudalar 0,074 mm o‘lchamdagi zarrachalar 45-60% ni tashkil qilgunga qadar yanchiladi va natijada sulfidli minerallar puch tog‘ jinslaridan ajraladi.


Bunda piritni cho‘ktirish uchun ohak qo‘llaniladi. Boyitish fabrikalarida asosan to‘plovchi reagent sifatida ksantogenatlar va ditiofosfatlar (150-200 g/t), ko‘pik hosil qiluvchi reagent sifatida T-92 ishlatiladi. (29 rasmda qisman kollektiv - selektiv sxema ko‘rsatilgan) Kollektiv mis – rux boyitmasi ajratilishdan oldin albatta qayta yanchiladi, hamda natriy sulfidi (0,2-3 kg/t) va faollashtirilgan ko‘mir (0,3 kg/t gacha) yordamida desorbtsiya jarayoni amalga oshiriladi. Desorbtsiya jarayoni maxsus kontakt chanlarda olib boriladi. Kollektiv mis-rux boyitmalarini sianid usulida, yoki sianidsiz usullarda ajratish mumkin. Birinchi usulda tegirmonga, yoki kontakt chaniga mis flotatsiyasi jarayonidan avval sianid va rux kuporosi aralashmasi qo‘shiladi. Ikkinchi usulda esa sianid tuzlari o‘rniga natriy sulfit, oltingugurtli gaz, natriy tiosulfat tuzi rux kuporosi aralashmasi bilan sfaleritni cho‘ktirish uchun ishlatiladi. Mis flotatsiyasi ksantogenat va ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar yordamida amalga oshiriladi. Tozalash jarayonlariga esa mis boyitmasini sifatini yaxshilash maqsadida natriy sulfidi, rux kuporosi va ohak qo‘shiladi. Mis flotatsiyasi chiqindisidan faollashtiruvchi reagent sifatida mis kuporosi qo‘shilib (0,1-0,3 kg/t) sfalerit flotatsiyalanadi. Piritni cho‘ktirish uchun ohak ishlatiladi. Sibaysk boyitish fabrikasida mis – qo‘rg‘oshin-rux rudalari qayta ishlanib, ular kimyoviy va mineralogik, minerallarning o‘lchami bilan hamda fizik kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu rudalarda asosiy rudali mineral pirit hisoblanadi. Mis minerallari – xalkopirit, kovellin, xalkozin. Rux asosan sfaleritdan iborat. Sibaysk konining rudasi selektiv flotatsiya sxemasi yordamida boyitiladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə