Termiz muhandislik-texnologiya instituti


Flotatsion boyitishning usullari va texnologiyasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə4/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
islom Diss. finish (3)

1.3. Flotatsion boyitishning usullari va texnologiyasi
Xonjiza kon boyitish fabrikasidagi qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaho komponent ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam hollarda qimmatbaho komponent toza (tug‘ma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafit va h.k. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar puch tog‘ jinslari deyiladi. [20]
Xonjiza kon boyitish fabrikasida foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini takidlab o‘tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina boqliq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. Masalan, kvars keramika sanoati uchun foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metal rudalarida esa puch tog‘ jinsi va xatto zararli qo‘shimcha hisoblanadi. [21]
Boyitish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi, shuningdek xalq xo‘jaligining malum hom-ashyoga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi bilan u yoki bu foydali qazilmada mavjud bo‘lgan minerallar puch tog‘ jinslari razryadidan foydali mineral razryadiga o‘tishi mumkin. [22]
Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi mineralarning kimyoviy o‘zgartirishlarga uchratish natijasida sodir bo‘ladi: minerallardan metallar qo‘yiladi, apatit super-fosfatga aylanadi va h.k. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta ishlanishi metallurgik, kimyo, keramika, shisha, sement, lak – bo‘yoq va boshqa sanoat korxonalarida amalga oshiriladi. Foydali qazilmalarni boyitish – minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi boyitishgacha va boyitishdan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi. [23]
Boyitma deb ataluvchi mahsulotlarga foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi, chiqindi deb ataluvchi mahsulotlarga esa puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. [24]
Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishiga puch tog‘ jinslarini ajratish va foydali minerallarni kamroq hajmga yig‘ish orqali erishiladi. Bunda qimmatbaxo komponentning miqdori ortadi, chunki uning deyarli barcha miqdori boyitmada jamlanadi. Boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq ishlatiladi. [25]
Boyitish usullari boyitish operatsiyalariga bo‘linadi. Boyitish jarayoni – minerallarni bir-biridan minerallarning xossalaridagi farq asosida ajratish. Masalan, minerallarning zichligidagi farq ularni har xil usulda ajratish uchun ishlatilishi mumkin. Turli zichlikdagi minerallarni qovushqoq muhitda tushish tezligiga qarab ajratish mumkin, lekin ularni oђir minerallar cho‘kuvchi, engillari esa yuzaga qalqib chiquvchi og‘ir suyuqliklarda ham ajratish mumkin. Ikkala hol xam gravitatsiya usulida ajratishga kiradi, lekin ular turli boyitish jarayonlari hisoblanadi. Boyitish jarayonlari operatsiyalardan tashkil topadi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə