Termiz muhandislik-texnologiya instituti


Xonjiza boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonining tavsifi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə3/17
tarix23.08.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#120831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
islom Diss. finish (3)

1.2. Xonjiza boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonining tavsifi
Flotatsiya jarayonida foydali minerallar ko‘pikka o'tadi, puch tog‘ jinslari esa bo‘tanada qoladi. Flotatsiyaning bir necha usullari mavjud:
1—yog‘dagi flotatsiya,
2—plyonkali flotatsiya,
3—ko‘pikli flotatsiya,
4—ko‘pikli separatsiya,
5—flotogravitatsiya.
Keyingi yillarda flotatsiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha yangi yo'nalishlar ishlab chiqilmoqda. Yog‘dagi flotatsiya — tabiiy gidrofob minerallarni saqlovchi mayin tuyulgan ruda zichligi 1 dan kichik (d< 1) boigan ko‘p miqdordagi yog‘ bilan aralashtiriladi. Aralashtirilayotgan vaqtda gidrofob minerallar yog‘ga yopishadi, puch tog‘ jinslarining gidrofil zarralari suvda qoladi. Minerallarni bir-biridan ajratish suvli muhitda tindirgichlarda amalga oshiriladi. Bu usulning kamchiligi — yog‘ning qimmatligi va ko‘p miqdorda sarflanishidan iborat. Plyonkali flotatsiya — mayin tuyulgan ruda suvning yuzasiga asta- sekin beriladi. Gidrofob minerallar suv yuzasida ushlashib qolib, plyonka hosil qiladi, gidrofil zarralar esa cho‘kadi. [16]
Ko'pikli flotatsiya — mayin tuyugan ruda bo‘tana holida minerallaming ho‘llanish xususiyatini oshiruvchi maxsus flotatsion reagentlar bilan qayta ishlanadi. Keyin bo'tana flotatsion mashinalarda aralashtiriladi va havo yoki gaz bilan to‘yintiriladi. Bunda gidrofob zarralar havo pufakchalari bilan to‘qnashib ko‘pikka ilashadi, gidroffl zarralar esa flotatsion kamerada qoladi. Ko‘pikli separatsiya — gidrofil minerallami ko‘pikli qatlamning o‘zida ajratish. Flotogravitatsiya - minerallaming zichligi va ho‘llanishdagi farqga asoslanib ajratish jarayoni: konsentratsion stolda flotatsiya bilan birgalikda amalga oshiriladi. [17]

Flotatsion reagentlar ishlatish maqsadiga qarab 5 ta guruhga bo‘linadi.


1. To‘plovchilar (ulami kollektorlar ham deyiladi).
2. So‘ndiruvchilar.
3. Faollashtirgichlar.
.4. Ko‘pik hosil qiluvchilar.
5. Muhitning regulatorlari.
To'plovchilar — Q : S (Q — mineral zarra yuzasi; S — suv) chegarasida mahkamlanib, mineral zarralarning ho‘llanmaslik qobiliyatini oshiruvchi moddalar. To‘plovchilar apolar va geteropolar to‘plovchilarga boiinadi. Apolar to‘plovchilar uglevodorodlardan iborat bo‘lib, ular suvda deyarli erimaydi, ionlarga dissotsilanmaydi, minerallaming yuzasi bilan kimyoviy ta’sirlashmaydi. Ulaming adsorbsiyasi fizikaviy. Tabiiy gidrofob minerallardan oltingugurt, grafit, talk, molibdenit va hokazolami flotatsiyasida ishlatiladi. Bunday to'plovchilarga kerosin, neft va turli xil neft mahsulotlari kiradi. Agar to'plovchining molekulasida (OH, COOH, COH, NH2 , CH) kabi polar gumhlar bo‘lsa, bunday to‘plovchilar geteropolar to'plovchilar deyiladi. Sulfldli minerallaming flotatsiyasida to‘plovchi sifatida ksanto- genatlar va aeroflotlardan foydalaniladi. Ksantogenatlar ksantogen kislotaning tuzlari bo‘lib, uning umumiy formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
R - О - С - S - MeS (37)
bunda: Metal — odatda kaliy yoki natriy, R — uglevodorod radikali - gomologik qatordagi radikallardan biri. (CH 3 -metil, C2H5 -etil, C3H7-propil, C4H9-butil va hokazo). [18] Ksantogenatning nomi radikal va metallning nomidan hosil qilinadi. Aeroflotlar — tiofosfor kislotaning hosilalari. Ular qattiq va suyuq holda boiadi. Suyuqlaridan krezil aerofloti, qattiqlaridan sodali aeroflot keng tarqalgan. Aminlar va ularning tuzlari. Aminlar silikatli minerallarning flotatsiyasida ishlatiladi. Birlamchi (RNH2 ), ikkilamchi (R^NH) va oichamli (R3N) aminlar mavjud. Bu turdagi to‘plovchilaming ko‘p ishlatiladigani C12H25NH2 — lauril amin va uning xlorli tuzi C2H25NH2
xlorli lauril ammoniy. To‘plovchilar anionli va kationli to‘plovchilarga boiinadi. Agar gidrofoblovchi ion anion boisa, anionli to‘plovchi, kation boisa kationli to‘plovchi deyiladi. [19]



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə