Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti


 Pnevmomexanik usulda iplarni shakllantirish jarayonlari va ularni ip xossalariga ta’siri



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

3. Pnevmomexanik usulda iplarni shakllantirish jarayonlari va ularni ip xossalariga ta’siri 
3.1. Iplarning tuzilishi va shakillanish qonuniyatlari ……………….…………....40 
3.2. Tolalarni yigirishga tayyorlash jarayonini tadqiqoti…………………..…….46 
3.3.Urchuqsiz usulda yigirilgan ipning tuzilishi va tashqi sifati…………………53 
3.4.Pnevmomexanik yigirish mashinalari ishlashini samarador sharoitlarini 
tanlash……………………………………………………………………………55 
3-bob bo’yicha xulosalar…………………………………………………………60 
4. Ekologik qism 
4.1.Ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan sanitariya va gigiyena talablari….... 61 
4.2. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar………………………………61 
4-bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………….65 
5. Iqtisodiy samaradorligini hisobi
………………………………………….….66 
5-bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………….69 
Umumiy xulosa va tavsiyalar
…………………………………………………..70 
Foydalanilgan adabiyotlar
……………………………………………………...72 
Ilovalar
………………………………………………………………………….74 
 
 



KIRISH 
Hozirda O’zbekistonda Yengil sanoat sohasi jadal rivojlanib kelmoqda va 
bu soha istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Bu sohaga jalb qilingan 
invistitsiyalarni soni oshib bormoqda.Shu jumladan ishlab turgan korxonalarni 
modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni barpo etish bo’yicha ko’plab loyihalar 
amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli 
mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yildi. Sohada ilm-fan yutuqlarini qo’llash 
ham yildan-yilga oshmoqda, bularga yangi istemolchilik xususiyatiga ega bo’lgan 
to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish, 
tola orasiga qo’shimcha komponentlarni qo’shish orqali olinadigan mahsulotlar 
ishlab chiqarish ham ancha takomillashdi. Biz kelajakda yangi innovatsion 
texnologiyalarni ishlab chiqish va unung asosida jahon bozorida kuchli 
raqobatbardosh bo’lgan mahsulotni yaratish uchun olg’a intilib o’rganishimiz 
zarur. Bugungi kunda ip yigiruv korxonalarida jahonga mashhur “Rieter” 
(Shvetsariya), “Truetzschler” (Olmoniya), “Marzoli”, “Savio” (Italiya), “Murata”, 
“Tayota” (Yaponiya) va boshqa firmalarda tayyorlangan eng zamonaviy texnika 
va dastgohlar bilan jihozlanmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-
dekabrdagi «2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori sohada yangi 
imkoniyatlar eshigini ochdi. Dastur doirasida 2017-2019-yillarda sohaga 2,2 
milliard dollardan ortiq mablag‘ (shuning deyarli yarmi xorijiy investitsiya) jalb 
qilinadi. Investitsion loyihalar to‘rt bosqichli tizim asosida paxta xomashyosini 
qayta ishlab, tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus 
to‘qimachilik komplekslari va 27 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratishga xizmat 
qiladi. Shuningdek, 120 yangi korxonani tashkil etish va o‘ndan ortiq ishlab 
chiqarish korxonasini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Demakki, barcha 



hududlarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari 
yaratiladi.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini 
joylashtirishda ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan hududlar tanlab olingan, 
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Sherobod tumanlari, Sirdaryoning Guliston, 
Sayxunobod, Jizzaxning G‘allaorol, Jizzax, Qashqadaryoning Yakkabog‘, 
Shahrisabz, Namanganning Uchqo‘rg‘on, Pop, Samarqandning Oqdaryo, Urgut, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Chimboy tumanlari shular 
sirasidandir. Loyihalarda avvalo hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha 
joyning o‘zida to‘liq qayta ishlab, yuqori qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish 
hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirish nazarda tutilgan. 
Dasturning asosiy jihatlaridan yana biri, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirgan 
holda to‘qimachilik korxonalarini tashkil qilish, loyihalashtirish va qurilishning 
yangi tarmoq me’yorlarini ishlab chiqish hamda joriy etishdir. Ushbu me’yorlar 
qurilish-montaj ishlari xarajatlarining kamayishini va mahalliy qurilish 
materiallaridan foydalanishni ta’minlaydi. Endilikda paxta xomashyosini qayta 
ishlashni rag‘batlantirish maqsadida oldin taqdim etilgan soliq va bojxona 
imtiyozlari 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi [1]. 
Shu sababli, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish 
maqsadida yaqin besh yilda Namangan viloyatida umumiy qiymati 346 million 
dollar bo`lgan 16 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.Masalan, 2016-2018 
yillarda Uchqo`rg`on tumanida 3 ta korxonada umumiy qiymati 210 million dollar 
bo`lgan loyihalar amalga oshirilib, yiliga 26 ming tonna ip va aralash kalava, 10 
ming tonna bo`yalgan kalava, 25 million momiq va 2 million trikataj buyum ishlab 
chiqarish quvvatlari ishga tushurildi. 
To’qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan 
hisoblanadi. Ushbu tarmoqni rivojlantirish asosan tarmoqdagi texnika va 
texnologiyani tubdan yangilash, yangi ish usullarini ishlab chiqish, kadrlar 
malakasini oshirish, pirovardida mahsulot sifatini oshirish tadbirlaridan iborat. 


10 
Respublikamizda bu tarmoqga juda katta vazifalar yuklanmoqdaki, tarmoqda jahon 
bozori talablariga mos tayyor mahsulot ishlab chiqarishni har tomonlama 
rivojlantirish va takomillashtirish lozim bo’lmoqda.
Faoliyat ko’rsatadigan korxonada assortiment imkoniyatini oshirish, uning 
sifatli bo’lishi bilan bir qatorda tannarxini to’g’ri belgilanishi uchun xom ashyodan 
tayyor mahsulot hosil qilinishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni yagona 
texnologiya sifatida tasavvur etish, qo’llaniladigan jihozlarni mutanosibligini 
ta`minlash muhim vazifadir.
Diplom loyihasi mavzusi “Pnevmomexanik yigirish mashinalarida tolalarni 
tozalash samaradorligi” bo’lib, mashinalarning tozalash darajasi va tozalash 
qurulmalari ularning taxlilini o’rganiladi. 
Tadqiqot ishimning maqsadi pnevmomexanik yigirish mashinalarini tozalash 
darajasi va chiquvchi mahsulotni sifatiga ta’sirini tahlil etishdir. 
Mohiyati esa pnevmomexanik yigirish mashinalarining parametrlarini
markalarini, tozalash darajalarini o’rganish va tadqiq etishdir. 
Tadqiqot ishini bajarish davomida bir qator natijalar va ma’lumotlar olindi. 
Hamda tadqiqot ishidan ko’zlangan maqsadga ma’lum darajada erishildi. 


11 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə