Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti


YIGIRISH SHAROITLARINI BELGILOVCHI SHARTLAR TAHLILI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

2.YIGIRISH SHAROITLARINI BELGILOVCHI SHARTLAR TAHLILI
 
Tolalarni yigirishda turli xil sharoitlarda ip ishlab chiqarish yo’lga 
qo’yilmoqda. Eng avvalo korxonaga kelgan toylarni aralashtirishdagi nazorat 
shartlarini ko’riladi. Bunda ipning yuqori sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan 
biri tolalar aralashmasi va ularning bir xil turda bo’lishidir. Agar tolalar tasniflari 
xato tanlangan yoki maqbul chegaralardan o’tadigan bo’lsa yaxshi ipni xatto eng 
zamonaviy dastgoh va eng yaxshi yigirish texnologiyalari yordami bilan ham olib 
bo’lmaydi. Ma’lum sifat ko’rsatkichiga ega bo’lgan ipni olish uchun tolalarning
muhim parametrlarini va ularning maksimum o’zgarish darajasini aniqlab olish 
zarur. Agar mikroneyr 3.3 dan 5.2 oralig’ida o’zgaruvchi bo’lsa o’rtacha 4.2 
mikroneyr darajasi oliy sifatli ipni bera olmaydi. Amaliy tajriba shuni ko’rsatdiki, 
agar tola sifatining o’zgaruvchanlik darajasi kichik bo’lsa ipning sifati belgilangan 
chegarada bo’ladi. Sifat ko’rsatkichining o’rtacha qiymati bilan bir qatorda uning 
minimum hamda maksimum darajalarini ham aniqlash shart. 
2.1. Mahsulotni yigirishga tayyorlashga qo’yilgan talablar 
Tavsiya etilgan saralanmalar va ularni tuzish asoslari. Yigiruv fabrikalari ishining 
salmog’i, foydaliligi unumdorligi va ipning sifati, ip yigirish uchun saralanmaning 
to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Mutaxasis ip yigirish uchun paxtaning selektsiya va 
tolasining navlarini tanlayotganda, ipning tan narxini 70-85 foizini tanlagan paxtasi 
tashkil etishini unutmasligi kerak. Mamlakatimizdagi ilg’or yigiruv fabrikalarining 
ko’p yillik ish tajribalari, qator ilmiy muasssasalarning ish natijalarini 
umumlashtirib, Markaziy paxta sanoati ilmiy tekshirish instituti (TSNIXBI), iplarga 
bo’lgan davlatlar standartlarining talablarini qondiradigan, ipning qanday 
maqsadlarda ishlatilishiga muvofiq, qator saralanmalar tavsiya etadi. 
Tavsiya etilgan saralanmalarning asosi, 9 tipga bo’lingan paxta selektsiya va 
tolalarning navidan tashkil topgan. Bulardan 1a, 1b, 1, 2, 3 tiplar ingichka tolali 
paxtalar (ipak paxta deb ham ataladi) bo’lib, qayta tarash usulida ulardan ingichka 


33 
iplar yigiriladi. 
O’rta tolali paxtalar 4, 5, 6 va 7 tiplarga kiritilib, 4-5 tiplaridan o’rtacha, 6-7- 
tiplaridan yo’g’on iplar, bir karra tarash usulida yigiriladi. Har bir tipga mansub 
bo’lgan paxta selektsiya navlari tolalarining sifati va bir-biriga juda o’xshash (yaqin) 
bo’lishi, tiplarga bo’lishning asosiy shartidir. 
Har bir tipga kiritilgan paxtalardan, iplarning ishlatilishiga muvofiq bir necha xil 
saralanma tuzish mumkin. 
Saralanmaga kiritilgan paxta selektsiyasi tolalarining xossalari bir-biriga juda 
o’xshash bo’lishi, saralanma tuzishning asosiy sharti deb qabul etilgan. Bu shartning 
bajarilishi, ip yigirish texnologiyasining barqarorligini ta’minlab qolmay, sifatli ip 
yigirishning garovi hamdir. Qoidaga muvofiq saralanmaga kiritilgan tolalarning 
uzunliklaridagi farqi 1-2 mm dan, chiziqiy zichliklarining farqi esa 18 mteksdan 
ortib ketmasligi kerak. Aks holda ipning ko’ndalang kesimidagi tolalar soni turlicha 
bo’lib, ipning pishiqligi o’zgaruvchan notekis bo’ladi, past navli ip yigiriladi. Har bir 
saralanmaning asosiy qismi, tanlab olingan paxta tipiga mansub selektsiya navi 
tolasining biror navidan iborat bo’lib, uning miqdori saralanmada 60 foizdan oz 
bo’lmasligi shartdir. 
Tanlangan saralanmadan, yuqori sifatli ip yigirish uchun unga yuqori navli 
paxta tolasigina emas, balki yuqori tipdagi paxta navidan qo’shish ham tavsiya 
etiladi, lekin uning saralanmadagi miqdori 25 foizdan oshmasligi lozim, aks holda 
ipning tannarxi qimmatlashadi. 
Tolalarni yigirishga tayyorlash texnologiyasini mohiyatini tahlili bo’yicha 
dastlabki xulosalar halqali usul uchun tayyorlangan piltalarni urchuqsiz usullarda 
qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkinligini ko’rsatadi. Biroq, amaldagi tajribalar 
yigirish korxonasining tayyorlov bo’limi yigirish mashinasining turiga qarab turli 
texnologik tizimdan (jihozlar turi va ularni ketma-ketligi) iborat bo’lishi 
lozimligini ko’rsatdi. 
Tolalarni yigirishga tayyorlashda albatta tola turi va aralashma tarkibiga 
ko’ra zarur tizim, jihozlar turi va rusumlari tanlanadi. Ta’kidlash lozimki, 


34 
pnevmomexanik usulda ip yigirishda piltaning sifatiga qo’yiladigan talablar ancha 
yuqori: 

piltada xas cho’plar 0,4-0,6 % dan oshmasligi; 

1 gramm toladagi xas-cho’p soni 150 tadan ko’p bo’lmasligi; 

yirik nuqson va xas cho’plarni bo’lmasligi; 

chang va mayda zarralardan maksimal darajada tozalangan bo’lishi; 

Uster ko’rsatkichi bo’yicha piltaning notekisligi 5 % dan ortmasligi lozim. 
Ushbu talablardan ko’rinadiki tolalarni titish – tozalash agregati yuqori 
tozalash samaradorligiga ega bo’lishi lozim. Paxta tolalarini titish va tozalash 
mashinalarini takomillashtirishni yo’nalishlaridan biri ko’plab pnevmatik tizimlar 
va qurilmalarni qo’llashga qaratilmoqda. Bunday qurilmalar mashinada tozalash 
samaradorligini, jumladan mayda zarralardan tozalash imkoniyatini oshiradi. 
Tozalash samaradorligi esa pnevmomexanik yigirish usulida juda muhimdir. 
Pnevmomexanik usulda ip yigirishda mashinalarni tozalash qurilmasiz yoki 
tozalash qurilmasiga ega bo’lgan turlari qo’llaniladi. Agarda yigirish mashinasida 
tozalash qurilmasi o’rnatilmagan bo’lsa piltaning tarkibida xas-cho’plarni miqdori 
juda kam bo’lishi kerak[7].
Paxta tolasidagi xas-cho’plarni turi va tarkibi turlicha bo’ladi. Bunda yirik 
zarralar va mayda changni alohida o’rganish lozim. Yirik xas-cho’plarni mexanik 
yoki aerodinamik usullarda ajratish mumkin. Ushbu vazifani bajarish uchun titish-
tozalash agregatlariga qo’shimcha mashinalar o’rnatish, ularni ishlash 
parametrlarini to’g’ri tanlash, tarash mashinasini imkoniyatlaridan maksimal 
foydalanish talab etiladi. Ayrim hollarda ikki bosqichli tarash texnologiyasi yoki 
qo’shaloq tarash mashinalari–agregatlaridan foydalaniladi. Mayda chang 
zarralaridan tozalash esa ancha murakkab jarayon hisoblanadi.
Yigirish mashinasida tozalash qurilmasi bo’lmaganda piltadagi xas-cho’p 
miqdori ko’pi bilan 0,3% gacha bo’lishi mumkin. Titish-tozalash va tarash 
jihozlarini tanlash bilan ushbu talabni qondirish birinchi navbatda paxta tolasi 


35 
aralashmasi tarkibidagi xas-cho’p miqdoriga bog’liq. SHuning uchun pilta tarkibi 
talab etilgan darajada bo’lishi uchun xom ashyo sifati ham muhim hisoblanadi.
Hozirgi kunda pnevmomxanik yigirish mashinalarini ko’plari tozalash 
qurilmasiga ega. Bunday mashinalar tarkibidagi xas-cho’p miqdori 5% dan ortiq 
bo’lgan aralashmalarni ham qayta ishlash imkoniyatini bermoqda. Yigirish 
mashinasida tozalash imkoniyati va uning samaradorligi ko’p omilli bo’lib, 
birinchi navbatda piltani diskretlovchi qurilmaning ishlashiga bog’liq. Tozalash 
samaradorligini ipni sifatiga qo’yilgan talablarga muvofiq belgilanadi.
Pnevmomexanik usulda ip yigirishda piltaning sifatiga qo’yiladigan muhim 
talablardan yana biri uning tarkibida yaxshi titilmagan, o’zaro birikib qolgan 
tolalar kompleksini bo’lmasligiga erishishdan iborat. Yigirish samaradorligi 
piltadagi 
shunday 
komplekslarni 
soniga, 
ularni 
tuzilishiga, 
tolalarni 
to’g’rilanganligi va paralellashganligiga bog’liq. Piltada tolalar komplekslarini 
mavjudligi va ularni tuzilishi turli ko’rsatkichlar bilan baholanishi mumkin. Biroq 
bunday ko’rsatkich yaxlit piltada emas, balki uni diskret bo’laklarga, alohida 
tolalarga ajratilganda namoyon bo’ladi. SHuning uchun yigirish korxonalarida 
piltadagi tolalarni ajralganlik darajasini «pilta tuzilishini kompleks ko’rsatkichi» 
(PTK ko’rsatkichi) bilan baholash mumkin. Ushbu ko’rsatkichni uzish mashinasi 
qisqichlari oralig’iga o’rnatilgan pilta namunasini qarshilik kuchini piltaning 
chiziqli zichligiga nisbati bilan baholanadi. Amalda PTK ko’rsatkichini aniqlash 
uchun 30-50 ta namuna sinovdan o’tkaziladi. Aniqlik darajasi yuqori bo’lishi 
uchun sinovlar sonini 100 taga oshirish maqsadga muvofiq.
PTK ko’rsatkichini aniqlash uchun har bir mashinadan 10 metr uzunlikdagi 
pilta olinadi va ulardan 30 mm uzunlikdagi namunalar qirqib olinadi. Tajriba 
asosan RM-3-1 turdagi uzish mashinasida amalga oshiriladi. Ushbu mashinada 
yuqori va pastki qisqichlarga maxsus qisqichlar mahkamlanadi. Maxsus qisqichlar 
kengligi 25 mm bo’lib, namunani mustahkam tutib qolinishi uchun karda 
qoplamadan foydalaniladi. Tajriba o’tkazish uchun qisqichlar oralig’i 2-3 mm, 
pastki qisqichni tushish tezligi 800 m|min bo’lishi lozim.


36 
Ma’lumki, piltalash mashinalarida tolalar to’g’rilanadi va piltaning 
notekisligi kamayadi. Shuning uchun pilta tayyorlash texnologiyasi ipning sifatiga 
qanday ta’sir ko’rsatishini baholash asosida pilta mashinalari o’timlari soni 
tanlanadi. Pnevmomexanik usulda ip yigirishda shuningdek tolalardan aralashma 
tuzishga ham jiddiy e’tibor berish lozim. Ko’plab korxonalarda o’rta chiziqli 
zichlikdagi iplarni yigirishda 5-tipga mansub paxta tolalarini І va ІІ navlari 
ishlatiladi. Biroq qimmat tolalarni ishlatish kam foyda keltiradi. SHuning uchun 
aynan pnevmomexanik usulda o’rta chiziqli zichlikdagi ip yigirishda pastroq 
navdagi tolalarni yoki qaytimlarni maksimal darajada qo’shish, yuqori chiziqli 
zichlikdagi iplarni yigirishda esa tolali chiqindilardan ham foydalanish mumkin.
Bunda aralashmadagi tolalarning o’rtacha uzunligi 20-21 mm dan kalta 
bo’lmasligini ta’minlash yetarli hisoblanadi. Ushbu talab asosida aralashmaga 
qo’shiladigan kalta tolali xom ashyoning foizini aniqlash mumkin. Paxta tolasi 
bilan uzunligi 35 mm gacha bo’lgan kimyoviy tolalar aralashmasidan, ayniqsa 
paxta tolasini aralashmadagi ulushi ko’proq bo’lgan hollarda pnevmomexanik 
usulda yuqori sifatli ip yigirish mumkin. Pnevmomexanik usulda ham shunday 
tartib ko’zatiladi. Biroq karda va qayta tarash tizimlarida pnevmomexanik usulda 
yigirilgan iplarni xossalari o’rtasida juda katta farq bo’lmaydi. 
2.2. Ta’minlash va diskretlash mexanizmini ishlashi 
Pnevmomexanik yigirish mashinasi ta`minlash, diskretlash pnevmomexanik 
yigirish mashinalarida piltalash mashinasida tayyorlangan piltadan ip hosil 
qilinadi. Piltalar diametri 220-500 mm bo’lgan silindr shaklidagi idishlarga yoki 
prizma shaklidagi idishlarga taxlangan holda yetkazib beriladi. Piltali idishlar 
yigirish mashinasining ikki tomoniga bir yoki ikki qatordan qilib terib qo’yiladi. 
Idishdan chiqayotgan pilta 1 ning uchini ishchi (yigiruvchi) qo’lida tekislab, biroz 
himargan holda ta`minlovchi mexanizmning voronkasiga kiritadi(2.1–rasm). 


37 
Piltaning uchi ta`minlovchi tsilindr 2 va ta`minlovchi stolcha 5 oralig’iga tushgach, 
tsilindr aylanishi hisobiga tortib chiqarila boshlanadi.
2.1-rasm. Ta`minlash mexanizmi 
Ta`minlash qurilmalari turli rusumdagi mashinalarda o’ziga xos konstruktiv 
o’lchamlarga ega. 2.2–rasmda Autocoro tizimidagi pnevmomexanik yigirish 
mashinasi ta`minlash qismini tasviri keltirilgan. Shu bilan birga ta`minlash 
jarayonida ta`minlovchi tsilindr tezligini rostlash qurilmalari o’rnatish ham amalga 
oshirilmoqda. Rostlash qurilmalari ta`minlash tezligini piltaning noteksiligiga 
muvofiqlashtirib beradi.
2.2-rasm. Autocoro tizimidagi pnevmomexanik yigirish mashinasi ta`minlash 
qismi 


38 
Ta`minlovchi juftlik oralig’idan chiqqandan keyin piltaning hajmi ortib, 
tolalarni joylashish zichligi kamayadi va pilta tutami stolchadan biroz osilib turadi. 
Ushbu tutamga tarovchi barabanchaning tishlari kirib boradi va piltani diskretlash 
jarayoni boshlanadi. Odatda tarovchi barabancha yaxlit arra tishli qoplama bilan 
o’raladi. Qoplama turi yoki uning rusumi tola turiga qarab tanlanadi. Paxta tolasi 
uchun OK-40 turdagi qoplama tavsiya etiladi (2.3-rasm
,
a
). Viskoza tolasining 
ulushi ko’proq bo’lganda esa OK-36 qoplamasi tavsiya qilinadi (2.3-rasm, b). 
Sintetik tolalarni qayta ishlashda tarovchi barabanchani OK-37 rusumdagi qoplama 
bilan o’raladi (2.3-rasm, v). Bu qoplamaning tishlarini qiyalik burchagi o’tmas 
bo’lib, 99
o
ni tashkil etadi.Tishlarni qadami 4,7 mm. Tolani tutib qolish xususiyati 
deyarli yo’q. 
2.3-rasm. Tarovchi barabancha uchun qoplamalar 
Autocoro 312 (Shlafxorst firmasi) pnevmomexanik yigirish mashinasida 
diskretlovchi barabanchalarda qo’llaniladigan qoplamalarni turlarini ko’pligi, 
ularni o’lchamlarini o’ziga xosligi va eng muhimi qoplama tishlarini maxsus 
qorishmalar bilan ishlov berilganligi foydalanish ko’lamini kengaytiradi. Firma 
mashinalarida diskretlovchi barabanlar uchun qoplamalar maxsus disklarga 
o’ralgan holda yetkazib beriladi (2.4-rasm). 
2.4-rasm. Autucoro 312 mashinalari uchun diskretlovchi barabancha va uning 
qismlari 


39 
Ta’minlash mexanizmi 
Zichlovchi voronka ichidagi teng ta’sir etuvchi kuch 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə