Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti


 PNEVMOMEXANIK USULDA IPLARNI SHAKLLANTIRISH



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

3. PNEVMOMEXANIK USULDA IPLARNI SHAKLLANTIRISH
JARAYONLARI VA ULARNI IP XOSSALARIGA TA’SIRI 
3.1.Iplarni tuzulishi va shakllanish qonuniyatlari 
 
Pnevmomexanik yigirish mashinalarida ipni shakllanishi va pishitilish 
qismini bir necha zonalarga bo’linadi. Kamera aylanganda ipning ballon shaklidagi 
VS (3.1-rasm) qismi ham aylanib chiqaruvchi naycha 3 varonkasi 2 va tortib 
chiqaruvchi valiklar jufti 1 oralig’idagi OA qismi eshilib haqiqiy buram oladi.
Bunda burovchi moment hosil bo’ladi.
 
 
3.1-rasm. Pnevmomexanik yigirish mashinalarida ipni shakllanishi 
Ushbu burovchi moment ta’sirida tashqi OA qismidagi buralish voronka 2 yuzasi 
AV oraliqni bukib o’tib, VS qismiga ta’sir ko’rsatadi. Buramlar tolali piltachani 
ajratib olish nuqtasi S gacha va undan ham uzoqroq gacha tarqalishi mumkin. 
Ajratilmagan piltachani buram olishi mumkin bo’lgan SD qirqimini uzunligi 
burovchi moment 
ip
М
ni qiymatiga bog’liq. SD qirqimga buramni tarqalishi ip hosil 
bo’lish qismini suratga olish usulida tadqiq etish asosida isbotlangan. Yigirish 
kamerasidan chiqarishda ip voronkada egilib o’tadi va ikki hil harakat qiladi. 
Ushbu harakatlar bo’ylama (ipni chiqarish yo’nalishida) va varonkaning yuzasi 
bo’ylab taranglashgan holda aylanma yo’nalishda bo’ladi. Ipni VS qismini 
varonkaga ishqalanishi va bukilishi hisobiga burovchi momentning birqismi 
y
М
yo’qoladi. 


46 
Ipni varonka 2 bilan ta’sirlanishi AV oraliqda burovchi moment
л
М
hosil 
bo’lishiga olib keladi. Ushbu burovchi moment VS qismni moment
ip
М
yo’nalishda 
va AO oraliqni teskari tomonga aylanishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib voronka 
v’yurok vazifasini bajaradi. VS qismda, ya’ni ballonda moment
BC
М
va AO 
oraliqda
AO
М
momenti ta’sir ko’rsatadi.[10] 
Ip hosil qilishni talqin qilish uchun Autoconer 312 pnevmomexanik yigirish 
mashinasi kamerasida olingan tezkor tasvir olish usulidagi rasmlardan ip hosil 
bo’lish bosqichlarini ko’rish mumkin. 3.2- rasmda ana shu davrning to’qqizta 
bosqichi ko’rsatilgan. 
1-kameraga diskret tolalar oqimini kiritishni boshlanishi; 
2-kamera novida piltachani shakllanishi
3-kameraga ipni kiritishni boshlanishi; 
4-kiritilgan ipni uchini piltachaga tushishi; 
5-ip bilan piltachani qo’shilishi (ulanish); 
6-ipni tortib chiqarishni boshlanishi; 
7-piltachadan hosil qilingan ipni pishitilishi;
8-piltacha va ip qo’shilgan (ulangan) qismini chiqarilishi; 
9–yigrish jarayonini turg’unlashishi. 
3.2-rasm. Yigirish kamerasida ipni hosil bo’lishi 
 
Urchuqsiz ip yigirish mashinalarida ipni shakllanishida pishitish qurilmalari 
muxim rol o’ynaydi. CHunki bu usullardagi mashinalarning pishitish qurilmasini 


47 
asosiy ishchi qismi yigirish kamerasi xisoblanadi. Yigirish kameralarida tolali 
materiallarga ishlov berish jarayonida ipni xosil bo’lishi va uni pishitilishi amalga 
oshiriladi. Yigirish kamerasining konussimon ichki sirti juda silliq bo’lib, tolalar 
shu sirtda asta-sekin markazdan qochma kuch ta’sirida o’yiq sirtga siljib, unda 
yig’iladi. Yigirish kamerasiga tolalar havo oqimi ta’sirida kelib tushadi. Buning 
uchun kamera ichidan havoni, uning o’rta qismdagi konussimon sirtda joylashgan 
teshikchalar orqali maxsus ventilyator yordamida so’riladi. SHuning uchun ham 
tolalar diskret oqimi pnevmokanal orqali havo oqimi bilan birga kameraga kelib 
tushadi. Yigirish kamerasida bir vaqtning o’zida 2 ta texnologik jarayon ketma-ket 
sodir bo’ladi, ya’ni tsiklik qo’shish va shakllangan ipni pishitish jarayonlari.
 
Tolalarning diskret oqimi konfuzor orqali kameraning aylanish paytida 
uning sirtida eng keng joyi-o’yiq tomon siljiyveradi. Natijada tola diskret 
oqimining har-biri ustma-ust joylashib tolali piltacha xosil qiladi. Bu xodisa tolalar 
diskret oqimining tsiklik qo’shilishi deb ataladi. 
Yigirish kamerasining eng 
keng joyi-o’yiq qismida uzluksiz ravishda tolalar qo’shilib ponasimon tolali 
piltacha hosil qiladi, uni markazdan qochma kuchlar ushlab turadi va zichlashtirib 
halqali shakliga keltiradi. Hosil bo’lgan piltacha qirqimidagi tolalar soni har xil 
bo’ladi. Yigiruv kamerasi yuzasida xosil bo’lgan ipni olish nuqtasida tolalar soni 
maksimal qiymatga erishadi. Yigiruv kamerasining har bir aylanishida uning katta 
diametrli o’yig’ida diskretlangan tolalarning yangi qatlamlari joylashib boradi. 
Natijada kameraning katta dimetrli o’yig’ida tolali qatlamlarning tsiklik joylanishi 
amalga oshadi, bu esa tolali piltachalarni xosil bo’lishiga olib keladi. Iplarni olish 
nuqtasidagi tolalar qatlamlarini soni yigiruv kamerasi navining chiziqiy tezligi (V
k

va mashinaning chiqaruvchi tsilindri\ni chiziqiy tezliklari (V
ch.ts.
) nisbatiga teng 
bo’lib u quyidagicha ifodalanadi. 
m

V
k
/
V
ch.ts.
(3.1) 
Siklik joylash jarayonida tolasi piltachani ravonlashtirish samaradorligi-bu

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə