Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

S
Т




(2.1)
Bu cho’zish piltaning chiziqli zichligiga bog’liq bo’lib, ipning chiziqli 
zichligiga qarab 10 000 martagacha bo’ladi. 
2.3.Tolalarni yigirish kamerasiga yo’naltirish va tozalash qurulmasini ishlashini 
tahlili 
Pnevmomexanik yigirish mashinalarida tolalarni iflosliklardan tozalash. Ip 
yigirishning urchuqsiz yigirish usullari yaratilibdiki, ularni takomillashtirish va 
yangi qurulmalar bilan jihozlashga harakat qilinadi. Urchuqsiz yigirish usullarida 
oddiy(karda) yigirish tizimi qo’llaniladi,tizimning ketma-ketligi jarayonlari 
so’ngida oxirgi tozalov ishlari tarash mashinasida amalga oshiriladi. Shuning 
uchun ham turli firmalar yigirish bilan birga tozalash mashinalarini ham ishlab 
chiqarishni maqsad qilib turli tozalovchi qurulmali yigirish mashinalari 
yaratishgan. Tolalarni yigirish kamerasiga kirguncha bo’lgan bo’shliqda tolalarni 
tozalash kerak edi, chunki iflosliklar tolalar tarkibida qo’shilib kameraga kirib ip 
sifati va ishlab chiqarishga katta zarar yetkazadi. Bu muammolarni oldini olish 
uchun qo’shimcha tozalash qurulmasi kerak bo’ladi. Ikkinchi avlod mashinalarida 
huddi shu tozalash jarayoni mavjud edi. Mashinada tolalarni tozalash uchun 
kamera tezligini 50000 - 60000 min
-1
tezlikga chiqarish zarur. Iflosliklarni 


42 
kameraga kirishi qo’shimcha ish tug’dirdi kameralarni doim tozalab turilishi, 
kameralar hizmat vaqtini qisqarishi va sarf harajatlarni ko’payishiga, ishlab 
chiqarish koeffitsentini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun tolalarni yigirish 
kamerasiga kirishdan oldin qo’shimcha tozalash maqsadga muvofiqdir. 
Tozalashning turli usullari mavjud bo’lib qolmay tolalarni iflosliklardan tozalashni 
havo oqimi orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Tolalarni tozalash qurulmasi 
1966-yilda birinchi bo’lib Chexoslavakiyada pnevmomexanik ip yigirish 
mashinalari uchun iflosliklardan tozalar qurulmalari ixtiro qilindi va ushbu 
qurulmaga patent olindi. Ushbu ixtiro keying ishlab chiqarilayotgan 
pnevmomexanik ip yigirish mashinalariga mostlab chiqarila boshlandi. Ushbu 
moslama bilan jixozlangan BD-200RS rusimli pnevmomexanik ip yigirish 
mashinalariga 1972-yilda Chexiyada patent olindi. Shu vaqtlarda chet el 
firmalarida ham chiqindilarni tozalovchi qurulmalar ishlab chiqarildi va ularning 
uzliksiz pnevmomexanik ip yigirish mashinalariga ishlab chiqarish tadbiq qilindi. 
Yaratilgan tozalash qurulmalardan 4 ta asosiy tozalash qurulmalari zamonaviy 
pnevmomexanik ip yigirish mashinalarida samarali foydalanilmoqda. Quyida 
ularning texnologik konstruksiyasini ko’rib chiqamiz. Sxemalardagi 1 havo 
oqimining yigirish kamerasiga yo’nalishini bildiradi. 2 esa chiqindilarni ajralib 
chiqish yo’nalishini bildiradi.Turli xil mashinalarda tozalash qurulmalari bir-
biridan chang va iflosliklardan ajratish konstruksiyasida farq qiladi. Jumladan RU-
11 rusumli (2.6.a)-rasmda) pnevmomexanik ip yigirish mashinalarida tarovchi 
baraban ostida to’g’ri burchakli oynali to’siq orqali chiqindilar ajraladi va havo 
yordamida tortib ketadi[9]. 


43 
2.6-rasm. Tozalash qurulmasi 
(b-v) tasvirlarda M 1/1 va BD-200 RS rusumli pnevmomexanik ip yigirish 
mashinalarida qo’llaniladigan chiqindilardan tozalovchi qurulmalar bilan 
jixozlangan bo’lib ushbu mashinalardan chiqindilarni ajratish maxsus kanallar 
yordamida amalga oshiriladi. Tozalash qurulmalari tarovchi barabaning ostgi 
qismiga o’rnatilgan. V)-rasmda xavo oqimi 2 tomondan perpendikulyar 
yo’naladi,bitta kanaldan havo oqimi berilsa ikkinchi kanalda chiqindilar massasi 
bilan tushadi. G)-rasmda boshqa konistruksiyalardan farqlanadi,kamera yo’lining 
uzunligi qolganlarga nisbatan uzub bo’lib xavo oqimi kameraga yon tomondan 
yo’naladi. Bu konstruksiyalardan eng yaxshisi b va v rasmlarda qo’llaniladi. A)-
rasmda mexanik lentali transportdan foydalaniladi. Bunda ifloslik shu lenta ustiga 
tushib olib chiqiladi. A)-rasmdagi konstruksiya yirik iflosliklardan tozalaydi lekin 
mayda iflosliklar o’tib ketadi. b va v)-rasmlarda hamma iflosliklarni yarmini oladi. 
G)-rasmda esa paxta tolasi to’la tozalanadi[9].
Konstruksiyalarni kamchiliklari: 
-Tolalarni bir xilda kelishini nazorat qilolmaydi. Tozalash qiyinchiliklarga olib 
keladi. 


44 
-Iflosliklarni ajratishda havoni bir xilda ta’minlay olmasligi. 
BD-200 RS yigirish mashinasida chiqindilardan ajratish uchun kanaldan 
havo 35% sarf bo’ladi. Kamera ichida chiqindilarga qarama-qarshi 5 m/sek da 
xarakatlanishini ta’minlaydi. Qarama-qarshi xarakatlanayotgan tolalardan ajralgan 
iflosliklar tozalanish orqali 30-35 m/sek tezlikda tozalash teshigiga ajralib tushadi.
2-bob bo’yicha xulosa: 
1. Tanlangan saralanmadan, yuqori sifatli ip yigirish uchun unga yuqori navli paxta 
tolasigina emas, balki yuqori tipdagi paxta navidan qo’shish ham tavsiya etiladi, 
lekin uning saralanmadagi miqdori 25 foizdan oshmasligi lozim, aks holda ipning 
tannarxi qimmatlashishini tahlil qilindi. 
2. Hozirgi kunda pnevmomxanik yigirish mashinalarini ko’plari tozalash 
qurilmasiga ega. Bunday mashinalar tarkibidagi xas-cho’p miqdori 5% dan ortiq 
bo’lgan aralashmalarni ham qayta ishlash imkoniyatini bermoqda. 
3. Iflosliklarni kameraga kirishi qo’shimcha ish tug’dirdi kameralarni doim tozalab 
turilishi, kameralar hizmat vaqtini qisqarishi va sarf harajatlarni ko’payishiga, 
ishlab chiqarish koeffitsentini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun tolalarni 
yigirish kamerasiga kirishdan oldin qo’shimcha tozalash maqsadga muvofiqdir. 


45 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə