Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

ADABIYOT SHARHI 
1. URCHUQSIZ USULLARDA IP YIGIRISH TEXNOLOGIK 
JARAYONLARI VA IPNING SIFATINI TA’MINLANISHI 
 
Yigirish-kalta va ingichka bo`lgan tolalardan belgilangan pishiqlik va chiziqli 
zichlikdagi ip hosil qilish texnologik jarayonlari majmuasidir. Bunday 
jarayonlarning har biri yoki bir nechtasi maxsus jihozlarda amalga oshiriladi.
Halqali yigirish mashinalarida pishitish va o’rash jarayonlarining birgalikda 
amalga oshirilishi tezlikning cheklanishidagi asosiy sabab xisoblanadi. Mashina 
unumdorligini oshirish uchun pishitish va o’rash jarayonlarini ajratib, aloxida 
amalga oshirish yigirish texnologiyasi taraqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri 
xisoblanadi. Tadqiqotlar, izlanishlar asosida ipni shakillantirish va o’rashni aloxida 
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lgan yigirish usullari yaratildi va ular “ochiq 
uchli yigirish”deb atalmoqda. Ochiq uchli yigirish usulida tayyorlangan iplarga OE 
shartli belgisi berilgan. Ingliz tilida OE “open-end” ya’ni ochiq uchli yigirish 
ma’nosini bildiradi. (Karda yigirish sistemasida tayyorlangan to’quv iplari CD 
“card” qayta tarash sistemasida tayyorlangan to’quv iplari CM “combing” shartli 
belgilari bilan yuritiladi. Tirikotaj iplarini nomlashda CD va CM oldiga K 
“knitting” xarfi qo’shilib,KCD yoki KCM belgilari qo’yib ishlatiladi). 
Ochiq uchli yigirishda halqali usuldan farqli o’laroq quyidagi qo’shimcha 
texnologik jarayonlar bajariladi: 
1.Ta’minlanuvchi piltani diskretlash (bir-biriga bog’liq bo’lmagan aloxida tolalar 
oqimini xosil qilish) va xosil bo’lgan diskret tolalar oqimini ip shakillantirish 
zonasigacha transportirovkalash (yetkazish). 
2.Belgilangan ipning chiziqli zichligini shakllantirish uchun diskret tolalarni siklik 
qo’shish. 
Ochiq uchli yigirishning quyidagi turlari mavjud: 
1.Mexanik (ipning erkin uchlariga diskret tolalarni birlashtirish mexanik tarzda 
amalga oshiriladi). 


12 
2.Pnevmomexanik (diskret tolalar kameraga xavo yordamida yo’naltiriladi va 
mexanik tarzda buramlar beriladi). 
3.Pnevmatik (ajratilgan tolalarni uzatish va pishitish havo girdobi yordamida 
amalga oshiriladi). 
4.Elektromexanik (tolalarni to’g’irlash, parallellashtirish elektir maydoni 
yordamida, pishitish esa mexanik usulda amalga oshiriladi ). 
5.Gidravlik (tolalarni uzatish va pishitish ip xosil qilishda suyuqlik oqimi 
qo’laniladi).
Ochiq uchli yigirishning pnevmomexanik turi dunyo to’qimachilik 
korxonalarida yuqori samara bilan ishlatilmoqda. Pnevmomexanik yigirish 
mashinalarida ishchi organlarning katta tezlikda xarakatlanishi tufayli yuqori 
unumdorlikda 2,5-5,0 kilogramm og’irlikdagi babinalarda o’rtacha chiziqiy 
zichlikdagi iplar tayyorlanmoqda.Yigirish kamerasining o’yiq qismida diskret 
tolalarning siklik qo’shilishi natijasida ipning shakillanishi, chiziqiy zichlik va 
pishiqlik bo’yicha notekislikni 30-40 foizga kamayishiga erishiladi. 
Pnevmomexanik ip ravonroq, silliqroq, g’ovakroq, tozaroq xamda uzayishi yuqori 
bo’lganligi tufayli turli xil mahsulotlar tayyorlashda keng miqiyosda ishlatilmoqda. 
Pnevmomexanik yigirishda mahsulotning pastdan yuqoriga xarakatlanishi tufayli 
operator mashinaga tik xolatda xizmat ko’rsatadi. Bu esa uning afzalliklaridan biri 
xisoblanadi. Pnevmomexanik ip assortimentining cheklanganligi va pishiqlikning 
halqali usulda yigirilgan ipga nisbatan 15-20 foizga kam bo’lishi unung kamchiligi 
hisoblanadi[2]. 
Pnevmomexanik yigirish mashinalari tezlik ko’rsatkichlari, kameralarning 
soni,tayyorlanayotgan ip assortimenti, sifatni boshqarish qurilmalari va o’rash 
mexanizimlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Yetakchi firmalarning pnevmomexanik yigirish mashinalarida shakldor va 
chirmoviqli iplar ham tayyorlanmoqda. Bu mashinalarda silindrik yoki 
konussimon 
shakldagi 
bobinalarni 
hosil 
qilish 
qurilmalari 
mavjud. 
Pnevmomexanik yigirish mashinalari kamerali, rotorli va kondersorli turlarga 


13 
ajratiladi. Kamerali yigirish mashinalari tabiiy va kimyoviy tolalardan keng 
assortimentdagi iplarni tayyorlashda qo’llaniladi. Rotorli yigirish mashinalari esa 
past navli paxta tolasi va chiqindi tolalardan yo’g’on iplar yigirishda ishlatilmoqda. 
Kondersorli yigirish mashinalari asosan chiqindi tolalardan, ayniqsa zig’ir tolalari 
chiqindilaridan foydalanib chirmovuqli iplar olishda foydalanilmoqda.
Vortex (Air jet) yigirish “Vortex spinning” tizimida ip yigirish 
texnologiyasida havo girdobidan foydalaniladi. Hosil bo’ladigan tolalar oqimi 
aloxida strukturaga ega bo’lib, ipning keng funksional imkoniyatlarini, ya’ni keng 
diapazonda ishlatishni ta’minlaydi. 
2011-yil ITMA (To’qimachilik mashinalari xalqaro ko’rgazmasi) da yangi 
J 20 yigirish mashinasi taqdim etildi. Bunda Rieter firmasi Murata firmasiga 
muqobil variant sifatida havo oqimi bilan yigirishni taklif etdi. Uning asosiy jihati 
kichik joy egallab yuqori samaradorlikka erishish edi. Murata tizimidan farqli 
ravishda Rieter ikkitomonlama yigirish hamda ta’minlovchi silindrlar mashinaning 
pastki qismida joylashtirilgan. Ikkinchi farqi uning 4x4 cho’zish tizimidan o’tib, 
mashinaning yuqori qismida o’ralishidir. Qo’shimcha qilib mashinaning ikki 
tomoni alohida ishlashi ancha qulaylikni ta’minlaydi. 120 ta urchuqqa ega mashina 
ikki tomonda ikkitadan to’rtta robot bilan jihozlanishi hamda markaziy 
boshqaruvga bog’lanishi mumkin.
Murata o’zining uchinchi avlod MVS, the Vortex III 870 modelini ishlab 
chiqardi. Bir tomonlama mashina bo’lib, uzog’i bilan 500 m/min tezlikka erishadi. 
Ushbu turdagi mashinalar halqaliga nisbatan huddi qolgan yigirish mashinalari 
kabi piltadan ip ishlab chiqarishga mo’ljallanganligi sababli piliklash o’timi 
qo’llanilmaydi. Texnik tavsifidan tashqari shuni ta’kidlash kerakki, Murata Vortex 
Spinner uskunasida ip juda katta tezlik (500m/min)da shakllanadi. Mazkur usulda 
yigirishning asosiy xususiyati shundaki, tolalar uchlari yigirish kamerasiga 
kirishdan oldin yigirish ignasi sirtida buralib to’g’rilanadi. Natijada yigirish, ya’ni 
ip shakllantirish jarayonini tezlatish imkoniyatiga erishiladi. Bundan tashqari 
tolalar to’g’rilanganligi tufayli ip strukturasi hamda uning xossalari yaxshilanadi. 


14 
Shuning uchun Murata Vortex Spinner tizimiga qiziquvchilar ortib, halqali yigirish 
va pnevmomexanik yigirish bilan qiyoslash hollari ko’paymoqda. Vortex 
yigirishning Murata texnologiyasida shakllangan ipning strukturasi halqali usulda 
yigirilgan ip strukturasiga o’xshash ta’kidlanadi. Ipning tukdorligi kam bo’lib, 
barcha diapazon uzunlikdagi ham tabiiy, ham kimyoviy tolalarni yigirishga mos 
keladi. SHunday qilib, Vortex yigirishning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
tukdorligi kam, sirti toza va silliq, ishqalanishga va pillinglanishga bardoshligi 
yuqori, gigroskopikligi yuqori, kirishuvchanligi past, noturdosh tolalarni 
qiyinchiliksiz aralashtirish mumkin[2]. 
1.1.Yigirish mashinalarining texnologik imkoniyatlari va yigirish usullarini 
yaratilishi 
Urchuqsiz usullarda ip yigirish mashinalarining texnologik va iqtisodiy 
avfzalliklari isbotlana boshlangan davrdan buyon ko’plab turdagi mashinalarni 
ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Dastlab bitta firmada tadqiqotlar olib borilgan 
bo’lsa, hozirgi kunda bir necha o’nlab firmalar tadqiqotlar olib bormoqdalar va 
mashinalarning yangi-yangi modellari ishlab chiqarilmoqda. SHunday firmalar 
jumlasiga Rieter, Schlafhorst, Saurer Czech, Oerlikon, Savio, Murata va 
boshqalarni alohida ko’rsatish lozim. Yuqoridagi firmalarning to’qimachilik 
jihozlari, shu jumladan urchuqsiz usulda ip yigirish mashinalari Respublikamiz 
to’qimachilik korxonalarida samarali foydalanilayotganligini hisobga olib quyida 
(1.1-jadvalda) aynan ushbu firmalarning yigirish mashinalari to’g’risida kengroq 
ma’lumotlar keltiriladi. 


15 
1.1-jadval 
Turli firmalarning urchiqsiz yigirish mashinalari 
T/r 
Texnik 
ko’rsatkichlar 
Oerlikon-Schlafhorst 
Rieter 
Oerlikon- CZech 
Autocoro-
S360 
Autocoro-
480 
VT 923

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə