Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

z
F
ta’minlovchi tsilindr 
yordamida piltani tortib chiqarishga qarshilik ko’rsatadi. 
z
F
kuch piltani zichlovchi 
voronkaga tegib turgan yuzalaridagi elementar ishqalanish kuchlar va piltani tortib 
chiqarish uchun zarur bo’lgan kuchlarni yig’indisiga teng. Piltani kengligini 
cheklash va doimiy bo’lishini ta’minlash maqsadida ta’minlovchi stolchaning 
ishchi sirtida chuqurlashtirilgan qismi mavjud. Ta’minlovchi tsilindr va stolcha 
orasida 
qisilganda 
piltaning 
zichligi 
ortadi, 
kengligi 
esa 
stolchadagi 
chuqurlashtirilgan qismini kengligigacha o’zgaradi. Stolchani prujina 4 
ta’minlovchi tsilindrga qisib turadi. Prujina yuzaga keltirgan qisuvchi kuch 
N
F
siqilish yuzasi bo’ylab bir xilda ta’sir ko’rsatadi. Odatda pilta siqilishidan avval 
dumaloq shaklga yaqin bo’ladi. Stolchaning ishchi yuzasida kengayishida 
markaziy tolalar soni ko’proq bo’lib, piltaning o’rtasi ikki qirg’og’iga nisbatan 
qalin bo’ladi. Natijada qirg’oqdagi tolalarga tushadigan bosim kuchi kam bo’lib, 
tolalar orasidagi ishqalanish kuchlari ham kam bo’ladi. Bunday kamayish 
qirg’oqdagi tolalarni tarovchi barabancha 6 bilan tarash jarayonida muddatidan 
oldin tortib chiqarilishiga sabab bo’ladi. Ta’minlash qurilmalari turli rusumdagi 
mashinalarda o’ziga xos konstruktiv o’lchamlarga ega. (2.5-rasmda) AutoCoro 
tizimidagi pnevmomexanik yigirish mashinasi ta’minlash qismini tasviri 
keltirilgan. 
2.5-rasm.Autocoro tizimidagi pnevmomexanik yigirish mashinasini 
ta’minlash qismi 


40 
Schlafhorst Autocoro 288 pnevmomexanik yigirish mashinasi ham o’ziga xos 
avfzalliklarga ega. Mashinani yaratishga dastlabki yechimlarni qabul qilishdan to 
uni sotuvga chiqarishga qadar 16-yil vaqt ketgan. Bu davrda mashina turli 
avtomatik vositalar, qurilmalar bilan jixozlandi va eng optimal yechimlarni o’zida 
aks ettirdi. Yangi SE 10 turdagi yigirish kameralarini yaratilishi unda rotor 
tezligini minutiga 150000 martagacha oshirdi. Mashinada diskret barabanchasi 
turlicha: S21- paxta va kimoviy tolalar aralashmasi uchun; V20, V174-paxta 
hamda paxta bilan sun’iy tolalar aralashmasi uchun. Diskret valining korpusi 
universal qilib tayyorlangan. Unda tola turiga mos ravishda turli qoplamali 
valiklarni oson o’rnatish mumkin. Mashinada ipga berilayotgan buramlarni nazorat 
qilish uchun Torque-Stop qurilmasi o’rnatilgan. Avtomatik ulash moslamasiga 
dastlabki o’rash qurilmasida bir oz ip o’ralgan naychalar (tsilindrik yoki konus 
shaklidagi) yetkazib beriladi. Dastlabki o’rash qismida naychaga ma’lum 
uzunlikdagi ip o’rab qo’yiladi. Bu naychalarni transporter lenta yordamida vakum 
qurilmasiga yuboriladi. Ipli bobina yechib olingandan so’ng dastlabki o’rab 
qo’yilgan ipli naycha mashinaning chiqarish qismidagi asosiy o’ringa o’rnatiladi 
va yigirib olinayotgan ip bilan avtomatik moslama yordamida ulanadi. Natijada 
bobinani chiqarib olish, zapravka qilish va uchini ulash uchun minimal vaqt 
sarflanadi[8]. 
Umuman olganda diskretlashning birinchi zonasida quyidagi hodisalar 
sodir bo’ladi: 
1. Qoplama tishlarini tutamga ta’sir etishida tutam bir oz taranglashadi va tishlar 
unga kirib borib, bir necha kichik tutamchalarga ajratadi. Ularning soni arra tishli 
qoplamasini barabanchaga o’ralish o’ramlari soniga teng. Barabancha aylanganda 
tutamchalari ishchi kengligi bo’ylab ilgarilanma-qaytma harakat qiladi. 
2.Ta’minlovchi juftda qisilmagan tolalar asosan qoplama tishining yon sirti 
ta’sirida tortib chiqariladi. 
3.Tishlarni old qirrasi tutamni uzunligi bo’ylab harakatlanishida ta’minlovchi 
juftda qisilib turgan tolalar to’g’rilanadi va bo’ylamasiga yo’naltiriladi. 


41 
4.Tarovchi barabancha tishlarining old qirrasi tolalarga katta tezlikda ta’sir 
ko’rsatganda katta miqdordagi bukuvchi va cho’zuvchi kuchlanish yuzaga keladi. 
Ushbu ta’sir tolalarni uzilishiga, ularni uchini kesilib momiq hosil bo’lishiga, tola 
uchida ilmoq hosil bo’lishiga olib keladi.
Tolalarni uzilishi va zararlanishiga tarovchi barabanchani jadalligi ta’sir etadi. 
Barabanchani jadalligi quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi: 
- ta’minlovchi silindr va tarovchi barabancha o’rtasidagi cho’zish 
.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə