aylana sayohatni amalga oshirishdi, faqat 2 ta dengizchi halok bo’ldi,
birorta jiddiy kasallik bilan hech kim kasallanmadi.
Geografik yutuqlari jihatidan birinchi rus Antarktika ekspeditsiyasi
XIX asrda buyuk edi. Bellinsgauzen bu haqda 1831 yilda “Janubiy muz
okeanidagi 2 marta qilingan tadqiqotlar va “Vostok”, “Mirniy”
kemalarida amalgam oshirilgan dunyo aylana suzish” deb nomlangan
asar yaratdi. Bu asar 1949 va 1960 yillarda
ikki marta qayta nashrdan
chiqdi.
1822-1823 yillarning yozida ingli hayvon ovlovchisi
Jems
Ueddell
2 ta kemada juda yaxshi ob-havoda Janubiy Georgiyadan
54
0
15
1
janubiy kenglikkacha suzadi. Bu yerda yakkam dukkam orollarni
ko’radi. Hozir Ueddell suzgan dengiz Atlantika
okeanining eng janubi
va Antarktika quruqligiga eng chuqur kirib boradi.
XIX asrning 30-40 yillarida Antarktidaning muzli qirg’oqlarini
Jon Bisko
boshchiligida Antarktika suvlarida dunyo aylana sayohatni
amalga oshirayotgan londonlik savdogarlar ko’radilar. U Folklend
arxipelagidan Janubiy Sandvich yerlariga
undan janubi sharqqa suzib,
1831 yilning yanvarida 0
0
meridianda janubiy qutb chizig’ini kesib
o’tadi.
70-
parallellarga
yaqinlashganda
fevral
oyi
oxirida
Antarktidaning okeanga kirib kelgan qismini va keyinchalik Bisko tog’i
(1860 m) deb nomlangan cho’qqini ko’rishadi. Kuz boshlanganligi
sababli tasmaniyaga qaytadi. 1831-1832
yilning yozida sayohatini
davom ettirib, Aleksandr I- yerlaridan shimoli-sharqqa Adelayd orolini
va uning nomi bilan nomlangan bir qancha orollarni ochadi. Shunday
qilib, Bisko orollardan tashqariEnderbi
va Greyam yerlarini ochadi,
bular Antarktidaning yarim orollaridir.
1838-1842 yillarda Janubiy magnit qutbini topish maqsadida
Antarktika suvlarida 3 ta mamlakat –fransuz, shimoliy Amerika va
ingliz ekspeditsiya kemalari suzadi. Fransuz
ekspeditsiyasiga dunyo
aylana sayohatni amalgam oshirgan, Okeaniyani tadqiq etgan harbiy
dengizchi
Dostları ilə paylaş: