Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


O‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə21/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

O‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish didaktikaning eng muhim prinsiplaridan biri bo‘lib, u ona tili o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o‘zlashtirishga erishib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, ona tilining izchil kursini o‘rganish, asosan, o‘rta maktab yoshi–o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda o‘quvchilarda topshiriqni o‘z vaqtida aniq va yaxshi bajarishga harakat rivojlanadi. O‘smirlik davrida qayta xotiralashga oid topshiriqlar bilan bir qatorda ijodiy topshiriqlarni bajarishga ishtiyoq kuchayadi. Agar boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar ko‘proq ko‘rgan yoki kuzatgan narsalari haqida fikr yuritsalar, keyinchalik ularda o‘zlari shaxsan kuzatmagan, ko‘rmagan, ammo boshqalardan eshitgan voqea-hodisalarni qo‘shib uni bayon qilishga urinadilar. O‘quvchilar bu yoshda rasmda aks ettirilgan voqealar haqida fikr yuritish bilan cheklanmay, rasmda ko‘zga tashlanmayotgan, ammo mavzuga bevosita aloqador bo‘lgan fikrlarni ham qo‘shib, uni bayon eta oladilar. Кichik yoshdagi o‘quvchilarda ijodiy fikr ko‘proq aniq voqea-hodisalar natijasida hosil bo‘lsa, o‘smirlik davriga o‘tgan sari bu xususiyat o‘z ko‘lami jihatidan kengayadi; bola idrok qilgan narsalarni tushunib, anglab olishga intiladi; u narsa va hodisalarni tahlil qiladi; o‘zaro taqqoslaydi, ularning muhim o‘xshash va farqli belgilarini izlaydi hamda hukm va xulosalar chiqaradi.
Ona tili darslarida o‘smirlarning real o‘quv imkoniyati hisobga olingan taqdirdagina ta’lim jarayoni samarali kechadi. Til materiali o‘quvchi layoqatiga muvofiq kelgan taqdirda u faollik ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyatini aniqlashi va ta’lim jarayonida uni hisobga olishi zarur.
Ma’lumki, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, bilim saviyasi, qiziqish va layoqati, mustaqil ishlay olishi bir-biridan farq qiladi. O‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan, ijodiy fikrlay oladigan o‘quvchi rasm asosida insho yozish kerak bo‘lganda nafaqat rasmda ko‘rayotgan narsalarini, balki o‘zining hayotiy taassurotlarini qo‘shib insho yoza oladi. O‘zlashtirish darajasi va fikrlash qobiliyati bo‘sh bo‘lgan, til sezgirligi talab darajasida bo‘lmagan o‘quvchi xuddi shu inshoda hatto rasmda ko‘rayotganlarini ham to‘laligicha bayon qilib bera olmaydi. Demak, o‘quvchilarda o‘quv imkoniyati har xil bo‘lib, bu ularning bilish faoliyatiga ta’sir yetmay iloji yo‘q.
O‘quvchilarning o‘quv imkoniyati bir qator ichki va tashqi asoslarga ega.
O‘quv imkoniyatining ichki asoslariga o‘quvchilarda nutq malakalarining shakllanganlik darajasi,fikrlash va esda saqlab qolish qobiliyati, tafakkur usullarini bilishi va uni zarur o‘rinlarda to‘g‘ri ishga sola olishi, tez o‘qish va yozish malakalarining mavjudligi, til materiallarini o‘rganishga munosabati kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga ona tili ta’limining mazmuni, o‘quvchilarning til muhiti (uyda ham, maktabda ham o‘zbek tilida so‘zlashadigan o‘quvchilarning o‘quv imkoniyati turli tilda so‘zlashadigan o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatidan farq qiladi), ularga qo‘yilgan yagona imloviy va nutqiy talab, o‘qituvchining nutqi, maktabning moddiy texnikaviy ta’minoti kabilar kiradi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari hamda real o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipiga qat’iy amal qilish quyidagi afzalliklarga ega:
1. O‘qituvchi tomonidan tanlanadigan o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga muvofiqlashtirish imkoniyati vujudga keladi. O‘qituvchi o‘quv imkoniyatidan kelib chiqqan holda darslik va qo‘shimcha o‘quv materiallaridan foydalanadi.
2. O‘quv imkoniyatini aniqlash ona tili o‘qitishning shakl, metod va usullarini to‘g‘ri belgilashga, maqsadga muvofiq keladigan dars turini tanlashga imkon beradi.
3. O‘quv imkoniyatini bilish tabaqalashtirilgan ta’limdan foydalanish imkoniyatini beradi. Chunki har bir o‘quvchining o‘quv imkoniyatini bilmasdan turib, o‘quv topshiriqlarini tabaqalashtirish mumkin emas. Bolaning o‘quv imkoniyatiga mos tushadigan topshiriq esa uni bajarishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi; bilishga bo‘lgan ishonchni orttiradi; sinfdagi barcha o‘quvchilarning faollik ko‘rsatishlarini ta’minlaydi; vaqtni tejash va barcha o‘quvchilarning deyarli bir vaqtda topshiriqni bajarishlariga shart-sharoit yaratadi.
4. O‘quv imkoniyatini hisobga olish ona tili darslarida bolani tarbiyalash va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Imkoniyatga muvofiq keladigan topshiriq shaxsiy-ruhiy xususiyatlar: iroda, qobiliyat, xotira, ijodiy xayol kabilarni tarbiyalaydi. Ona tili darslarini o‘quvchilarning imkoniyatlari doirasida tashkil etish ularning o‘z kuchlaridan unumli foydalanishlarini ta’minlaydi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə