Norqulov J. Sh, Axmadova M. O kombinatorika va nyuton binomi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/54
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#155249
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Kombinatorika va Nyuton binomi

7.
 
Qulf kodi 10 ta raqamdan iborat. Kodni bilmaydigan odam bir 
urinishdayoq qulfni ochishi ehtimolini toping.
8.
 
Qulf kodi 0 dan 9 gacha bo‟lgan raqamlardan tuzilgan 5 raqamli kod
bo‟lsa bir urinishdayoq uni topish ehtimolini toping.
9.
 
Qulf kodi 0 dan 9 gacha bo‟lgan raqamlardan tuzilgan 5 raqamli kod
bo‟lib bir marta urinish 1 sekund vaqtni talab qiladi. Bir soat ichida
qulfni ochish ehtimolini toping.
10.
 
Javonda turli o‟lchamdagi 5 juft tufli bor. Shkafdan 4 ta tufli olindi. 
Qanday ehtimol bilan ularning orasida birortayam juftlik topilmaydi.
11.
 
Tennis bo‟yicha viloyat turnirida 8 ta ishtirokchi o‟zaro bellashadi. 
Ularning ikkitasi egizak. Qanday ehtimol bilan egizaklar 1-turda bir-
birlariga qarshi o‟ynashadi? 
12.
 
Javonda 40 ta kitob terilgan. Ularning orasida Navoiyning 3 tomli asari 
ham bor. Bu tomning kitoblari o‟ngdan chapga tomon o‟sish tartibida 
(yonma-yon bo‟lish shart emas) turgan bo‟lish ehtimolini toping.


65 
13.
 
314-3*-** telefon nomerining oxirgi uchta raqamini bir urinishda 
topish ehtimoli qancha, agar 
a)
Bu raqamlar 1,3,5 dan farqli bo‟lsa; 
b)
Bu raqamlar turli bo‟lsa; 
c)
Bu raqamlar bir xil bo‟lsa; 
d)
Dastlabki ikkita raqam bir xil, uchinchisi esa boshqacha bo‟lsa; 
e)
Dastlabki ikkita raqam bir xil bo‟lsa. 
14.
 
Qanday ehtimol bilan tasodifiy ravishda tanlab olingan to‟rt xonali 
sonning
a)
Aniq ikkita raqami bir xil
b)
Ikkita juft raqamlari bir xil 
c)
Aniq 3 ta raqami bir xil 
d)
Barcha raqamlari turli 
e)
Barcha raqamlari bir xil 
f)
Raqamlar orasida 5 yo‟q bo‟ladi? 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə