Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari nimalardan iborat?
2. Dialogik nutq tarkibi qanday gaplardan iborat?
3. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishda qanday mashg‘ulot
metodlaridan foydalaniladi?
4. Bolalar qachondan dialogga kirishishni talab qila boshlaydi?
5. Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazi-
fasi haqida nimalarni bilasiz?
125
14-§. Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida
dialogning ahamiyati
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik to‘g‘riligini
o‘stirish.
2. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar-
ning ahamiya
ti.
Tayanch tushunchalar:
aksil va yaqin ma’noli so‘zlar, sinoni-
miya, antonimiya, morfologiya, so‘z yasash, sintaksis, intonatsiya,
reproduktiv va qidiruv savollar, imitatsiya, dorilfunun.
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik
to‘g‘riligini o‘stirish.
Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki
nutqning muayyan kompozitsion shaklini o‘zlashtirish, balki bola-
ning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy qis-
mi hisoblanadi. Dialogik dialog nafaqat aloqa (intellektual mazmun)
va o‘z manfaatlariga yo‘nalishni, balki sherikning nuqtayi nazarini,
uning qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda
tutadi. Bolalar bunday tajribani kooperativ tusdagi faoliyat (birgalik-
da yasash, chizish, jamoa o‘yinlarini o‘ynash) natijasida to‘playdilar.
Tengdoshlari bilan dialog qilishda bola nutqi mazmundorlikka (dia-
log vaziyatidan qat’i nazar) dalolatdir.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik negizida
nutqning yangi shakli – monolog tug‘iladi va shakllanadi. U bola-
ning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini
o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya
shakliga ega bo‘ladi. Hikoyada, albatta, bolani lol qoldirgan va uni
hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa (tabiat qo‘ynidagi qiziqarli
uchrashuv, ukasining kulgili harakatlari va h.k.) aks etadi. Maktabga-
cha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib
berishni, o‘qiganlarini so‘zlab berishni xush ko‘radilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutug‘i –
jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til
126
faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir. So‘zga nisbatan
lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, qofiya, mazmun bilan
o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘z ahamiyati haqidagi savollarda, ular-
ning jarangdorligi va mazmunida ko‘rinadi. Til voqeligini anglash
uning barcha tomonlarini - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini
qamrab oladi. So‘zga nisbatan ongli munosabat lug‘atni takomil-
lashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni tushu-
nish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaf-
fuzi, tinglash qobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning gramma-
tik to‘g‘riligini shakllantirishga (morfologiya, so‘z yasash, sintaksis),
ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Lug‘atni rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirili-
shi oldingi o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya (o‘tkir-o‘tmas, achchiq-
chuchuk), sinonimiya (o‘tkir, uchkir, charxlangan), ko‘p ma’nolilik
(o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, o‘tkir til) kabi hodisalarni tushunish
va ulardan nutqda faol foydalanishga taalluqlidir. Bolalar tabiat hodi-
salari, narsalar, insonlarning xatti-harakatlarini taqqoslashda turlicha va
umumiy xususiyatlarni ajratishni hamda aksil va yaqin ma’noli so‘zlar,
qiyoslashlar, aniq fe’llar, o‘xshatishlar yordamida ularni nutqqa olib
kirishni o‘rganadilar. So‘z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab
olish usullari bolalarni ko‘p ma’noli so‘zlar bilan tanishtiradi. Buyum-
lar funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar shaklla-
nadi (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va h.k.).
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan
to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatning
paydo bo‘lganligi va rivojlanganligi, aniq va to‘g‘ri gapirishga intilish
bilan bog‘liqdir. To‘g‘rilikka intilish grammatikaning barcha sohalari-
da, ya’ni – morfologiyada (shaklning aniq shakllanishida, ko‘p turda-
gi shakllarni o‘zlashtirishda), so‘z yasashda (non uchun – nondon, tuz
uchun – tuzdon), sintaksisda (og‘zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish:
«va» bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni «cho‘zish»
hamda bir gapda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yu-
borish) paydo bo‘la boshlaydi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga in-
tilish bola hayotining yettinchi yilida ro‘y beradi. Besh yoshli bola
hali ham ishtiyoq bilan grammatik shakllarni o‘ynaydi va aynan so‘z
127
bilan amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik
to‘g‘riligini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash,
grammatik to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini
o‘zlashtirish (bog‘lovchilar, o‘rin-hol, leksik takrorlashlar, sinonim-
lar yordamida gaplarni bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish
tuzilmasi) bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p turdagi vazifalarni bajarish
munosabati bilan dialogik nutq negizida rivojlangani holda nutqning
barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liq holda bo‘ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan
muayyan shakldagi dialog turiga muhtoj bo‘ladi. Bu nafaqat tashqi
dunyo va boshqa odamni anglashga, balki tilning o‘zini, uning tuzili-
shi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo‘naltirilgandir.
Nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari kirishuvchan-
lik ko‘rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash
sur’atida ifodalanadi. Ko‘pchilik bolalar o‘z harakatlarini sharhlash-
ni, atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilishni xush ko‘radilar. Bun-
da ayrim bolalarda nutqiy dialog amaliy faoliyat bilan zid keladi va
buning natijasida bunday ko‘p gapiruvchi bolakay ish bajarishda gu-
ruhdagi boshqa bolalardan ortda qola boshlaydi. Unchalik kirishimli
bo‘lmagan bolalar ham so‘zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazi-
falarni tez va to‘g‘ri hal etadilar.
Ravon nutqning paydo bo‘lish muddati va mahsuldorligi ham farq
qilishi mumkin. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarlik-
siz hikoya qilib berish 4–5 yoshdan boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar-
ni, bo‘lgan voqealarni bir-birlariga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan
foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti
yoshida tanish an’anaviy ertakni («Zumrad va Qimmat») mustaqil
hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, suratlar asosida kichik og‘zaki
insho to‘qiy olsa – bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir.
Bolalarning o‘z tashabbusiga ko‘ra, yoki kattalarning taklifiga
ko‘ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ertak-
lar, suratlar va o‘z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so‘zdagi
mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni
o‘rgatish ravon nutqning paydo bo‘lish omilidir.
128
Dabdurustdan tug‘ilgan so‘z ijodkorligida, tovushlar va qofiyalar
bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘zlar bilan amalga oshiriladigan
sinovlarda, ularning jarangdorligi va ahamiyati, so‘zlar mazmunini
talqin qilishda ko‘zga tashlanadigan so‘zlarga qiziqishni qo‘llab-quv-
vatlash. Til voqeligini eng oddiy anglashni rivojlantirish, bolalarni
«tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishtirish.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish
mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga yetib
bola hayotining eng muhim davrlaridan biri – uning birinchi «do-
rilfununi» nihoyasiga yetadi. Ammo haqiqiy dorilfunun talabasidan
farqli ravishda bola birdaniga barcha fakultetlarda ta’lim oladi. U
jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida),
matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy notiqlik
kursini ham o‘taydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni
o‘rganadi. Filologiya fanlarini o‘rganish natijasida nafaqat badiiy
adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qahramonlariga
qayg‘urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy
shakllarini his qilish va tushunish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladi.
Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushdan va gaplar
qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning
barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har to-
monlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |