129
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus
mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida
amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish)
usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Bolalarni To‘g‘ridan-
to‘g‘ri suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan ting-
lash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib
turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash.
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish,
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z
kabi turli usullardan foydalanadi.
Mashg‘ulot ishlanmasi:
Mavzu:
Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning
maktabgacha
ta’lim muassasamiz».
Maqsad:
Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan
voqealarni hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.
Vazifalar:
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini
shakllantirish.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab,
jumlalar tuzish ma-
lakasini mustahkamlash.
Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini aniqlash
(xafa, xursand).
Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash.
Dostları ilə paylaş: