Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

 Alisher Navoiy
asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab av-
lodlarni hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g‘oyalari, in-
sonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi.
Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib tu-
radi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda 
katta ahamiyat bergan, Navoiy farzandni oilaga quvonch va baxt 
keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan.
Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tar-
biya berish zarur, fanlarni o‘rganishni iloji boricha barvaqt boshlash 
lozim, deya ta’kidlagan.
2. Abdulla Avloniy (1878–1934) – jamoat va siyosat arbobi, shoir 
hamda pedagog bo‘lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya 
berish haqidagi qarashlari. 
Abdulla 1908-yilda kambag‘allarning 
farzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi 
ta’lim usullarini qo‘llagan holda ona tilidan dars beradi. 
Avloniyning xalq ta’limi sohasidagi faoliyati uning yozuvchi va 
shoir, iqtidorli yoshlar teatrining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruv-
chi rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. 
1916-yilda Rossiyada va Turkistonda milliy ozodlik harakatlari 
avj ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifati-
da faol ishtirok etadi. 1917-yilning yozidan boshlab Avloniy «Turon» 
gazetasini chiqara boshlaydi. Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning 
xalq maktabini tashkil etish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va dars-
liklar chop etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari bosi-
ladi. Ayniqsa, u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va ular uchun 
maxsus maktablar tashkil etish muammosiga alohida e’tibor beradi. 
Ushbu yillarda Avloniy «Adabiyot» (I–IV kitoblar), «Turkiy gulis-
ton», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini yozadi va chop etadi. 
A.Avloniy dunyoqarashining shakllanishida ilg‘or rus adabiyoti 
va madaniyati muhim rol o‘ynaydi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, 
M.Gorkiyning ijodiy meroslariga katta hurmat bilan munosabatda 
bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan.


41
U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy 
Qo‘mitasining matbuot bo‘limini boshqargan, so‘ngra xalq ta’limi 
bo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab yangi maktablar quri-
lishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilarni savodsizlikni bartaraf etish 
ishlariga jalb qiladi. 
Avloniy pedagogika bilim yurti, O‘zbekiston O‘lka ma’rifat 
instituti, Toshkent harbiy bilim yurti, O‘rta Osiyo davlat univer-
sitetida ishlagan kezlari ham ma’rifat tarqatish ishiga butun kuch-
g‘ayratini sarfladi.
Tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, sho-
girdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari 
lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga 
tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar.
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tar-
biya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axlo-
qiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbek olimi, shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy – 
o‘gitlaridan namunalar:
«
Hayo, nomus omonat dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildir
».
«
Ko‘paygan so‘zni bo‘lg‘ay to‘g‘risi oz,
Shakarning ko‘pidan ozi bo‘lur soz
».
«
Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan, qilgan va bilgan-
larining haqiqatini va to‘g‘risini so‘zlaydilar
»…
«
G‘azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir
».
«
Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat

yo saodat – yo falokat masalasidir
».
«
Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biri-
dan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan 
kabidur
».
«Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asar-
lar muallifi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə