Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə15/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
hakimov nutqiy akt

DEKLARATIV AKT XUSUSIDA
Bu tipdagi nutqiy akt o‘z tabiatiga ko‘ra so‘zlovchi va tinglovchining ijtimoiy mavqei bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. “So‘zlovchi va tinglovchining lisoniy kompetensiyasini tashkil etuvchi qoidalarga egalik qilish deklerativ aktning namoyon bo‘lish asosi hisoblanadi, so‘zlovchi va tinglovchi ma’lum sotsial mavqeiga ega bo‘ladi”54, - deb ta’kidlaydi Dj. R. Serlp. Ko‘rinadiki, deklarativ aktni sodir etuvchi so‘zlovchi ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo‘lib, ifodalanayotgan propozitsional mazmunni bayon etish vakolati faqat shu shaxs tomonidan bajariladi. Mana shunday imkoniyat yoki deklerativ aktni sodir etish huquqi faqat ma’lum ijtimoiy mavqe faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxsga beriladi. Deklarativ aktlarni sodir etayotgan so‘zlovchi nutqida o‘sha vaziyatdagi holatga hokimlik darajasi sezilib turadi. Masalan, nikoh o‘qish vakolati huquqiga har qanday shaxs ham ega bo‘lavermaydi. Buning uchun ma’lum darajada islomiy ilmga ega bo‘lgan va nikoh o‘qish vakolati berilgan shaxslargina deklarativ aktni sodir etadilar. Jumladan: Domla xutba boshlaydir. Forsiyga o‘qilg‘an hamd, salovot va boshqalardan so‘ng hutba eng nozik bir o‘ring‘a kelib to‘xtaydir: “Siz kim Otabek Yusufbek xoji o‘g‘li Kumushbibi Mirzakarim qizini o‘zingizga sharoiy xotinliqqa qabul qilasizmi?” ...
... ...
Domla alhamdililloh, alhamdililloh... bilan nikohni tugatadir.(A.Qodiriy)
Deklarativ akt muallifi egallab turgan ijtimoiy vazifasi nuqtai nazaridan ma’lum propozitsional mazmunni bayon qiladi va bunda uning hokimlik darajasi o‘z ifodasini topadi:
Farg‘ona viloyati hokimi Nuomonjon Mo‘minov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod qilinsin. Alisher Otaboev Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. (Farg‘ona viloyati xalq deputatlari Kengashining 2000 yil yanvarp sessiyasidan).
Deklarativ tipdagi nutqiy aktlar o‘z mazmuniy tuzilishiga ko‘ra performativ ifodalarga yaqin turadi. Bu akt turida kommunikativ niyat, (illokutiv) maqsad deklarativ maono ifoda etadi.
Xullas, deklarativ aktlar so‘zlovchi va tinglovchining egallab turgan ijtimoiy mavqei va vakolati asosida yuzaga keladi.
Umuman, nutqiy akt nazariyasi masalalari matn pragmatikasi muammolaridan biri bo‘lib, bu o‘zbek tilshunosligida endigina o‘rganilayotgan sohalardan hisoblanadi. Nutqiy akt nazariyasiga oid materiallarni tahlil qilish nutq ishtirokchilarining nutqiy axloqi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbek tiliga xos bo‘lgan kommunikativ niyatning turlicha mazmuniy shakllarini tadqiq va talqin etish sintaktik birliklarning pragmatik belgilarini namoyon bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. Bu masalalarni to‘liq yoritilishi uslubshunoslik hamda pragmatika sohalarini to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi



Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə