O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
Chet el adabiyotlali: 
1.Active schools. Kori ki te Kura. Games sport New Zealand 2012
year, 
2.A Hand Book For Teaching Sports 1958-2008 year, 
3.Harko Brown. Traditional Maori Games. - Copyright © 2006 year 
4.P. Edwards, M.A. Basketball
 
 
 
 
 
 


60 
V-Bob. BASKETBOChILARNING INTEGRAL 
TAYYORGARLIGI 
 
Basketbolda musobaqa faoliyatining asosiy maqsadi, ma’lumki 
raqib ustidan g’alaba qozonishdir. G’alaba qozonishga intilish va unga 
erishishda butun jamoa a’zolarining hamma harakatlarida tayyorgarlikni 
har bir tomoni o’z aksini topadi. 
Basketbolda sport natijasiga erishishda musobaqa mashqlarini ko’p 
ishlatish 
(foydalanish) 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Shuning 
uchun 
tayyorgarlik turlaridan tashkil topgan keng ko’lamdagi vositalar va 
metodlar va hokazolarni qo’lashdan, o’rgatish va takomillashtirish 
jarayonida texnik, taktik, jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni 
mujassamlashtirgan (biriktirgan) holda foydalanish muhimdir. 
Basketbolchilarni o’yin faoliyati yaxlitlik tizimlilikni yaqqol 
namunasidir. Bu muhim holni o’quv-mashg’ulot jarayoni hisobga 
(inobatga) olishi zarur. Itegral tayyorgarlikni ikki yoqlama o’yinga yo 
musobaqaga aylantirmaslik lozim. Integral tayyorgarlik deganda, 
faktorlararo aloqani hosil qilishga basketbolchilarni o’yin harakatlarini 
(natijaga, yutuqga) samarali bo’lishligiga erishish va o’yin faoliyatini, 
shu bilan birga musobaqani ham, bir butunligiga kompleks tasir 
qilishligiga yo’naltirilgan jarayonni tushunmog’imiz lozim. 
Integral tayyorgarlikni ilg’or vositalari ikki xil tayyorgarlikni 
vazifasini hal qilishga yo’naltirilgan, bu har xil xarakterdagi mashqlarni 
(tayyorlov, yondoshuvchi texnika, taktika bo’yicha) galma-gal 
almashtirish; almashish mashqlari (tayyorgarlikni hamma turlaridan har 
xil vazifalar), texnika va taktika bo’yicha vazifalar bilan o’quv o’yinlari, 
o’yinga ko’rsatma berish bilan o’rtoqlik o’yinlari va kalendar o’yinlar 
o’tkazish. 
O’rganilayotgan 
materialni 
mustahkamlash 
va 
takomillashtirishda asosan bir biriga mohiyati va xarakteri bilan yaqin 
bo’lgan o’yin va masubaqa metodidan foydalaniladi. Ularni asosiy 
qimmati shundaki, ular ruhiy-jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantira 
olish, halaqit qiluvchi faktorlarga qarshi tura olishlikni egalanishi 
“hujumchi-himoyachi” yakka kurash tizimsi programmasini universal 
yarata olishlikdadir. O’yin metodidan ayniqsa o’rgatish va mashg’ulot 
jarayonida foydalaniladi. Har xil o’yinlar hamda harakatli o’yinlar 
tayyorlov va o’yin mashqlari sifatida qo’llaniladi. 
O’rgatish jarayonida harakatli o’yinlarni ahamiyati shundaki, u 
musobaqalarda o’yin harakatlarini modeli tariqasida xizmat qilish 
mumkinligidir. 


61 
O’quv-mashg’ulot jarayonida musobaqa metodi oldingi o’rinlarni 
egallab turadi. Uning mohiyati har xil darajadagi va ahamiyatdagi 
musobaqalarni sportchining organizmi tizimlarini funksional faoliyatini 
takomillashtirish va o’rganilgan texnik-taktik usullarni (usullarni) 
hamda o’yin tizimlarini rejali ravishda foydalanishdadir. 
Har qanday harakat qilish ko’p hollarda malum jismoniy 
qobiliyatlarni qay darajadaligiga bog’liqdir. 
Ular natijaga, texnikani aniq bir usuli (usuli) orqali, texnik usullar 
esa, o’z navbatida - taktik harakatlar orqali erishishiga yordamlashadi. 
Texnika bilan qurollanish qanchalik kengroq (ko’proq) va 
muhimroq bo’lsa, o’yinda jismoniy imkoniyatlardan shunchalik 
maksimal (unumli) foydalanish mumkin bo’ladi. Taktika bilan 
qanchalik yaxshi va mukammal qurollanilgan bo’linsa, o’yinda texnik 
imkoniyatlarni shunchalik maksimal (unumli, ko’p marta) darajada 
foydalanilsa bo’ladi. 
Integral 
tayyorgarlikning 
vazifalari 
va 
vositalari. 
O’yin 
tayyorgarligi basketbolchilarning sport tayyorgarligining integral 
formasidir. U (sport) kurash olib berishni uddasidan chiqishni 
takomillashtirishga yo’naltirilgandir. O’yin tayyorgarligini asosiy 
vositasi bu-murabbiy maxsus tashkil qilgan va boshqaradigan 
ikkiyoqlama o’yindir. O’quv ikkiyoqlama o’yinda basketbolchilarning 
asosiy vazifalari faqat yutuqqa erishishga qaratilmasdan, balki kurash 
olib borishni o’rganishni egalash, o’yin qanday borayotganini kuzatib, 
muhim va ahamiyatli narsalarni ikkinchi darajali va tasodifiy 
narsalardan ajratishga qaratilgandir. O’yin tayyorgarligining vazifalari: 
1. O’z kuchini taqsimlay bilishni takomillashtirish, bu o’z kuchi va 
imkoniyatlarini iloji boricha jamlay bilishni zo’r harakat faoliyati 
davrlarini birga olib borishni shakllantirishni nazarda tutadi. 
2.Shaxsiy harakatlarni va jamoachi sheriklari bilan uzaro 
harakatlarni takomillashtirish bu ishlab chiqilgan o’yin rejasini yoki 
murabbiyning operativ vazifasini amalga oshirishda o’z aksini topadi. 
3.O’zlashtirib olingan taktik sxemalar, kombinatsiyalar va ularni 
usullaridan foydalanishni takomillashtirish. O’yin tayyorgarligini 
boshqarish uchun nazorat vazifalarni bajarishda o’yin shartlarini biroz 
engillashtirish, maydonni va vaqtni sun’iy ravishda chegaralash, 
musobaqalashishini 
(qiyinlashtirish) 
murakkablashtirish, 
halaqit 
qiluvchi faktorlardan foydalanish, basketbolchilar o’yin vazifalarini 
qanday bajarayotganliklarini muntazam ravshida kuzatib borish va 


62 
ularni muvoffaqiyatli bajarganlari uchun rag’batlantirish tavsiya 
kilinadi. 
O’yin tayyorgarligini samaradorligini oshirish uchun metodik 
usullar (usullar) kompleksini qo’llash maqsadga muvofiqdir: 
1.O’quv o’yiniga o’yin olib borishni tanlangan sxemasini yoki 
halaqit qiluvchi faktorlarni engish bilan bog’liq rejalashtirilgan o’zaro 
harakatlar tizimsini albatta amalga oshirish bilan bog’liq vazifalarni 
kiritish. 
2.Kelajakda bo’lishi ehtimoli mumkin bo’lgan asosiy raqibga 
o’xshab harakat qilayotgan sheriklari bilan ikki yoqlama o’quv o’yini 
o’tkazish. 
3.Umum jamoaning o’yin vazifasini hal qilishga yordam beruvchi 
sportchilarga aniq vazifalar berish. 
4.Jamoaning asosiy tarkibiga vaqti-vaqti bilan aniq taktik vazifa 
olgan hamda ishni bajarilishini talab qilgan holda yangi o’yinchilarni 
o’yinga kiritib turish. 
5.Avval kelishib olingan signallar yordamida, bir taktik 
kombinatsiya va variantlardan boshqachalariga o’tishdan foydalanish. 
6.Biroq bir o’yin sharoitidan boshqacha o’yin sharoitiga 
kutilmaganda tez o’tishni o’rganish uchun basketbolchilarga tegishli 
mashqlar tavsiya qilinadi.Bu maqsadga yo’naltirilgan tayyogarlikni 
talab qiladi. 
O’quv o’yinlarida o’yinchilar kutilmaganda boshqacha sharoitga 
tez o’tishni takomillashtirishlari uchun ma’lum metodik ketma-ketlikda 
ularni 
amalga 
oshirish 
lozim. 
Shu 
maqsadda 
xali 
yaxshi 
o’zlashtirilmagan va amallarda (ko’p) unchalik qo’llanilmagan taktik 
o’zaro harakatlarni ishlatish mumkin. O’yinda final sharoitlarni 
foydalanish. Bu usul (usul) shug’ullanuvchilarda o’yinni hal qiluvchi 
vaziyatlarida bor kuchlarini tez jamlash va zo’r berishni erishilgan 
muvofaqqiyatni (ustunlikni) mustahkamlashni shakllantirishga yo’nal-
tirilgan. 
Integral tayyorgarlikning asosiy metodlari - qo’shma tasir etish, 
o’yin, musobaqa metodlaridir. Integral tayyorgarlikning eng yuqori 
shakli bu basketbol bo’yicha har xil darajadagi musobaqalardir. 
Jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikni o’zaro bog’liqligicha 
quyidagicha erishiladi: birinchidan biron bir aniq texnik usulni bajarish 
uchun zarur bo’lgan jismoniy qobiliatlarni rivojlantirishda ikkinchidan, 
texnik-taktik usullarni (usullarni) o’rganishda jismoniy qobiliyatni 
ustirishda; uchinchidan, ba’zi bir texnik usullarni (usullarni) zo’r 


63 
shiddat bilan ko’p marta qayta-qayta bajarish jarayonida muvofiq 
maxsus jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda. 
Texnik va taktik tayyorgarlik birlashtirishga erishish katta 
ahamiyatga egadir. Texnika qanchalik yaxshi egallangan bo’lsa, 
basketbolchi jismoniy qobiliyalarini shunchalik ko’p amalga oshirish 
(tatbiq eta olish) imkoniga ega bo’ladi. Texnik usullarni qanchalik ko’p 
egallangan va taktik tayyorgarligi juda yaxshi zo’r bo’lsa sportchi ham 
umuman jamoa ham o’z texnik tayyorgarligini maksimal amalga 
oshirish imkoniga ega bo’ladi. 
Texnik va taktik tayyorgarlikni birikkanligiga erishish taktik hara-
katlarni ichida texnik usullarni (usullarni) takomillashtirish va taktik 
harakatlarni texnikani takomillashtirayotib, qayta-qayta zo’r shiddat 
bilan bajarishda erishiladi. 
Integral 
tayyorgarlikning 
vazifasini 
echish 
(hal 
qilish) 
pozitsiyasidan qaralganda basketbol o’yini malakalarini paydo 
bo’lishining strukturasi (tuzilishi) metodlari va vositalari, tayyorgarlik 
turlari, taktika va texnikani o’rgatish bosqichlarini ko’rib chiqish zarur. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə