O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
 
 


55 
4.2.3.
 
Shaxsiy himoyani o’rgatish va unda takomillanish. 
 
Asosiy vazifalari: 
1.
Raqib bilan kurashishning shaxsiy usullar arsenalini to’liq 
foydalanishga o’rgatish; 
2.
Guruhli o’zaro harakatlarni muvofiqligiga erishish; 
3.
Bir variantlarni o’rganish va hamma, beshta o’yinchilarni 
harakatlari bo’yicha bir xil harakatlarni amalga oshira bilishni egallash. 
Birinchi bo’lib zichlashtirilgan himoya keyin esa tarqoq himoya 
o’rganiladi. Shaxsiy pressingli o’zlashtirishga, aytilgan variantlarni 
egallagandan keyin hamda jismoniy, texnik va irodaviy (ruhiy) 
tayyorgarlik yuqori darajada bo’lganda kirishiladi. Har bir variantni 
o’rgatish uning uchun xarakterli bo’lgan shaxsiy harakatlarni 
takomillashtirish bilan boshlanadi. Mashqlar, himoyachilarni ta’qib 
qiluvchiga va to’pga nisbatan joylashganligi, ularni faollik darajasi va 
harakat qaerda bajarilganligiga qarab farqlanadi. 
Zichlashtirilgan himoyani o’rganishni birinchi bosqichida guruhli 
harakatlarini straxovka qilish mashqlariga ko’proq e’tibor ajratiladi, 
keyinchalik shchitdan qaytgan to’p uchun kurashish harakatlari 
mashqlarga e’tibor beriladi. 
Birinchi holatda asosiysi - joyni (pozitsiyani) to’g’ri tanlash va 
to’pni harakatiga qarab joyni tez almashtirish, ikkinchi holatda - 
“sapchish uchburchagini” yarata bilishdir.Tarqoq himoyani egallashda 
avval o’yinchini keyin sirpanib o’tish o’rganiladi. O’yinchi almashish 
uchun mashqlarda o’yinchilarni almashish o’z vaqtida va kelishilgan 
holda bajarilishga asosiy e’tibor beriladi. Sirpanib o’tishni o’rganishda 
esa-o’zaro harakat qilayotgan raqiblarni kuzata bilish, ularni niyatini 
topa olish va tez qaror chiqarishga (tez biron bir echimga kelishga) 
e’tibor qilinadi. 
Shaxsiy pressingni o’rganishga o’tilganda anchagina masofada 
almashish mashqlariga, bir hujumchiga ikki himoyachi hujum qilishiga, 
raqibni son jihatdan ortiq bo’lgandagi qarshi harakatlarga ko’p vaqt 
ajratiladi. Ta’qib qilayotgan o’yinchilarni almashtirishga majbur 
bo’lganda, 
sheriklarni 
(himoyadan) 
kelishilgan 
qarorni 
qabul 
qilishlariga va mo’ljal qilish tezligiga; to’pli hujumchiga ikkinchi 
himoyachi hujum qilishligi uchun imkoniyat yarata bilishlikka hujum 
uyushtirilishini iloji boricha savatdan uzoqroqda to’xtatishga va to’pli 
o’yinchiga tezlik bilan chiqishga asosiy e’tibor qilinadi. Zichlashtirilgan 
himoyani o’rganishda, mashqlar kichkina chegaralangan maydonlarda, 


56 
o’rganiladi. Shaxsiy pressingni o’rganishda esa aksincha butun maydon 
bo’ylab o’rganiladi. 
Shaxsiy pressingni egallash juda muhim, qiyin va o’rgatish uzoq 
davom etuvchi bosqich hisoblanadi. Shaxsiy pressingga o’rgatish, 
himoyachilarni harakatlarini izchillik bilan faollashtirish va ayniqsa 
to’psiz o’yinchiga qarshi shaxsiy usullarni takomillashtirish mashqlari 
jarayonida o’tadi. Keyin to’pni egallash usullarini va ta’qib qilinayotgan 
o’yinchi hamda to’p o’rtasida joylashganda qarshilik ko’rsatish usullari 
o’rganiladi. Faol qarshilik ko’rsatiladigan mashqlar (1x1, 2x2, 3x3) 
maydon tashqarisidan to’pni uzatishda ma’lum vaqt ichida to’pni qabul 
kilmaslik, to’pni qabul qilganlaridan so’ng savatga otishlariga yo’l 
qo’ymaslikka harakat kilishlar, muhim o’rin oladilar. Hamma 
mashqlarda ham aniq vazifa qo’yiladi: har qanday sharoitda ham o’zi 
ta’qibidagi o’yinchidan ajralmaslik, to’pli o’yinchiga qarshi chiqish
ikki kishi hujum qilish va h.k. 
Jamoa harakatlarini takomillashtirish mashqlari va o’yinlarda 
shaxsiy pressingni qo’llash avval statik holatdan amalga oshiriladi. 
Keyin bu tizimni qo’llash uchun vaziyatlar soni ko’paytiriladi va oxiri 
to’pni har qanaqa yo’qotilishidan qati nazar uni qo’llash topshirig’i 
beriladi. Xuddi shu tartibda shaxsiy pressingni butun maydon bo’ylab 
qo’llash mashqlari murakkablashtiriladi. Shaxsiy pressingni egallash 
uchun raqib bilan kurashishga o’yinchilarda ruhiy holatni tarbiyalash 
muhim ahamiyatga egadir. Shaxsiy himoyani takomillashtirish 
jarayonining so’nggi vazifasi ushbu himoya variantlarini oqilona birga 
qo’sha bilishni egallash hisoblanadi. Bu maqsadda mashqlar va o’yinlar 
foydalaniladi, bularda murabbiylarning ko’rsatmasiga binoan variantlar 
o’zgartiriladi, ma’lum vaziyatlardan keyin va oxiri o’yinda kuchlarni 
ahvoli o’zgarishiga muvofiq mustaqil o’zgartiriladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə