O’. A. Farmanov


U yoki bu tizimni ayrim variantini o’rganish ushbu izchillikda



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

U yoki bu tizimni ayrim variantini o’rganish ushbu izchillikda 
(ketma-ketlikda) yuzaga chiqadi: 
1. Hujumni yoki himoyani shu tizimsini mohiyati va uning asosiy 
variantlari bilan tanishish; 
2. Shu variant uchun xarakterli, shaxsiy taktik harakatlarni egallash; 
3. Shu variantda jamoa harakatlarini asosini tashkil qiluvchi guruhli 
o’zaro harakatlarni egallash; 
4. Jamoa o’zaro harakatlarini o’rganish; 
5. O’rganilayotgan variantni boshqalari bilan o’zaro bog’lab 
takomillashtirish. 
Bunda bajarish sharoitini quyidagicha murakkablashtirgan ma’qul: 
a) topshiriq bo’yicha passiv himoyalanib sekin harakat qilib 
bajarish; 
b) xuddi shuning o’zi o’yin sharoiti uchun xarakterli bo’lgan 
sur’atda (tempda); 
v) xuddi shuni o’zi topshiriq bo’yicha faol qarshilik bilan; 


50 
g) maxsus topshiriq bo’yicha harakat qilayotgan himoyachilar 
yordamida modellashtirilgan vaziyatga binoan o’rganilayotgan usullarni 
har xil variantlarda yakunlashni bajarish; 
d) erkin faol qarshilik ko’rsatilayotgan sharoitda mashg’ulot qilish; 
e) topshiriq bo’yicha (yarim maydonda, raqibning ma’lum 
harakatidan keyin, kam sostavlar bilan va h,k.) o’quv maydonlarida 
mustahkamlash. 
Taktik harakatlarni mashg’ulot qilish jarayonida o’rganilayotgan 
o’zaro harakatlarni har xil sharoitlarda (soddalashtirilgan, musobaqaga 
teng va undan og’ir sharoitlarda) ko’p marta qaytarish juda muhimdir. 
Og’ir sharoitni basketbolda yaratish uchun asosan taktik harakatlarni 
bajarishda chegaralangan vaqtda, harakatlarni juda tez, qarshilikni 
orttirish va taktik mashqlarda hamda o’quv o’yinlarida bira to’la ikkita 
to’p ishlatishlar va shu kabilar orqali yuzaga keltiriladi. 
Yangi taktik harakatlarni o’rganish avvalombor texnik usullarni 
egallashni, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik darajasi to’g’ri kelishlikni 
nazarda tutadi. 
Shaxsiy taktik harakatlarga o’rganishda shug’ullanuvchilarda o’yin 
vaziyatini tahlil qila bilishni va shunga suyangan holda mos usullar 
hamda ularni amalga oshirsa bo’ladigan usullarni tanlay bilishni 
shakllantirish lozim. 
Bunda asosiysi o’yinchilarda taktik fikrlashni rivojlantirishdir. 
Birinchi galda hujum taktikasi harakatlarini egallash amalga oshiriladi. 
Avvalambor, joyni to’g’ri tanlash va himoyachidan ozod bo’lish 
o’rganiladi, buning uchun o’yinchilarini raqib tomonga o’tish yo’lini 
o’z vaqtida tuzishni, keyin bu bilan tez yorib o’tishni biriktiradilar. 
Shchitdan qaytgan to’pni egallash bilan qayta hujum qilishni 
birlashtirilganda o’yinchini birinchi to’p uzatishi yoki to’p olib yurishi 
tanlashiga e’tibor beriladi. Keyingi bosqichda to’p olib qo’yishga, to’pni 
urib chiqarishga, to’sib qolishga va shu kabilar uchun imkoniyatdan 
foydalana bilish o’rganiladi. Hujum va himoya shaxsiy taktik 
harakatlarini takomillashtirish uchun himoyachi bilan hujumchi 
o’rtasidagi musobaqa mashqlari, topshiriqli va erkin “birma-bir” o’quv 
o’yinlari muhim ahamiyatga egadir. O’yinlar quyidagi variantlarda 
qo’llaniladi: 
1) Maydon tashqarisida turgan sherigi yordami bilan (agar 
hujumchi chalg’itib o’ta olmasa, u to’pni maydon tashqarisidagi 
sherigiga uzatib, so’ngra himoyachidan oshirib to’pni qaytarib oladi); 


51 
2) Hujumchi to’pni beto’xtov olib yurish bilan (to’p bilan aldab 
o’tish); 
3) Qo’shimcha himoyachi bilan (agar hujumchi aldab o’tsa, 
qo’shimcha himoyachi uni ta’qib qila boshlaydi). 
Asosiy shaxsiy harakatlar o’rganilgandan keyin guruhli o’zaro 
harakatlarni egallashga kirishiladi. Avval hujumchilar son jihatdan 
himoyachilardan ko’p (ortiq) bo’lgandagi o’zaro harakatlar o’rganiladi. 
Keyin raqiblar son jihatdan teng bo’lgan paytdagi ikki va uch o’yinchini 
o’zaro harakatlari quyidagi ketma-ketlikda o’rganiladi: qarama-qarshi 
harakatlar, kesishib chiqishlar; to’pli va to’psiz o’zaro harakat 
qilayotgan o’yinchilar o’rtasida, yakka to’siq qo’yish; kuzatish bilan 
to’siq qo’yish va aktiv to’siqlar; juft to’siqlar va qayta qo’yilgan 
to’siqlar. 
Guruhli harakatlarni egallash “to’pni uzat va chiq” o’zaro 
harakatini egallash bilan boshlanadi. 
Pozitsion hujumni amalga oshirish uchun guruhli harakatlar 
maydonni chegaralangan qismida to’p uchun ko’ndalangiga va 
uzunasiga muddatli (qo’qqisdan) yugurishlar yordamida chiqishlar 
ro’yobga chiqariladi. Uchburchak bo’lib hujumni tashkil qilishda 
birinchi (holatda) galda o’yinchilar doim o’rtadagi, “orqada kelayotgan” 
o’yinchi orqali to’p uzatib o’zaro harakat qiladilar va shu holatni ya’ni 
uchburchakni saqlab qoladilar. Ikkinchi (holatda) galda bu o’zaro 
harakatlar old zonaning chegaralangan qismida amalga oshiriladi. 
Bu mashqlarda o’rganilayotgan usullar qaysi hujumchiga 
yo’naltirilishi ko’rsatilishi kelishib olinishi kerak. Hamma asosiy 
variantlar o’rganilgandan keyin har qanday qiyinchiliklarga qaramay 
o’ylab qo’yilgan taktik rejani amalga oshira bilishga hamda musobaqa 
jarayonida tizimli va variantlarni manevr qila bilishlikka asosiy urg’u 
beriladi. Shu maqsadda: o’yin vaqtini kelishilgan natijagacha uzaytirish; 
halaqit beruvchi omillar bo’lgan sharoitda taktik vazifalarni bajarish
qarshilik ko’rsatuvchilar son jihatidan ko’p bo’lgan sharoitni kiritish; 
kutilmaganda berilgan signallar bo’yicha bir taktik variantdan 
boshqasiga o’tish; kelajakda o’ynash lozim bo’lgan raqib modelini 
yaratayotgan sheriklari bilan o’quv va o’rtoqlik uchrashuvlarini 
o’tkazish tavsiya qilinadi. 


52 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə