O’. A. Farmanov


Pozitsion hujum qilishga o’rgatish va unda takomillanish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

4.2.3.Pozitsion hujum qilishga o’rgatish va unda takomillanish 
 
Bu tez yorib o’tish bilan amalga oshiriladi. Shug’ullanuvchilarni 
quyidagilarga o’rgatish zarur; 
1) shchit qarshisidagi yaqin-yaqin joyni, asosiy joylashishlarni 
o’zgartirib hamda o’z harakatlarini to’pli va to’psiz o’yinchilarni 
harakatiga muvofiqlashtirgan holda, operativ suratda foydalanish. 
2) asosiy variantlarni egallaganlik. 
3) o’yin jarayonida aniq shart-sharoitga muvofiq asosiy 
variantlardan ustalik bilan foydalanish. 


54 
O’yinchilarni eng avval joylashishlar bilan har bir pozitsiyada 
bajariladigan harakat faoliyati xarakteri bilan tanishtirish kerak. Bu 
maqsadda asosiy joylashishlarni tushuntirib va ko’rsatilgandan keyin 
kelishilgan holda joy almashish mashqlari qo’llaniladi. Guruhli 
harakatlarni mashqlari qo’shimcha topshiriqlar bilan orientirovka qilish 
sharoitlarini qiyinlashtirish bilan; asta sekin qarshilikni kuchaytirish 
bilan murakkablashtiriladi. Keyingi o’yinchining o’zaro harakatlari: 
uchburchak, kesishish va “kichik sakkiz” o’rganiladi. “Kichik sakkiz” 
bo’yicha harakatlar qilish mashqlarini har xil variantlari katta o’rin 
tutadi. To’siqlar bilan guruhli harkatlarni o’rgatish muhim o’rin 
egallaydi. Avvalambor shug’ullanuvchilarda to’siq haqida tushuncha 
hosil qilinadi. U maqsadda harakatli o’yinlar qo’llaniladi. Keyin maxsus 
mashqlarda (himoyachi albatta ishtirok etadi, u o’zi ta’qib qilayotgan 
harakatlar o’rganiladi). Bunda uchraydigan xatolarni tuzatishga
ayniqsa: 
1) to’siq qo’ygan o’yinchining, raqibning yonida yoki yonida-
oldida joylashishi, u raqibni yonida-orqasida turishi lozim; 
2) raqibga “etib oladi”; 
3) ta’qib qilayotgan o’yinchisini kuzatayotgan paytda, to’siq 
qo’ygan o’yinchi uni qo’llari yoki oyoqlari bilan tutib qolishi
4) ozod bo’layotgan o’yinchi qo’yilgan to’siq tomonga o’tish 
o’rniga boshqa tomonga harakat qilishi; 
5) to’siq qo’yilmasdan harakat qilishi; 
6) himoyachi e’tiborinio’ziga jalb qilmasdan to’siq qo’yilishini 
passiv kutib turish va shu kabilarga e’tibor beriladi. Birinchi bo’lib, 
to’psiz o’yinchilarni to’siq qo’yishlari o’rganiladi. 
Takomillashtirish bosqichida asosiy e’tibor qayta va qo’sh (juft) 
to’siqlarga boriladi. Harakatda qo’yiladigan to’siq avval pozitsion 
hujumni guruhli o’zaro harakatlarida so’ngra esa tez yorib o’tishda 
takomillashtiriladi. O’yin to’xtatilgach ayrim hollarda qo’llaniladigan 
kombinatsiyalarga o’rgatish. Guruhli va jamoani hujum harakatlarini 
egallash jarayonida amalga oshiriladi. Eng avval o’yin boshlanishida va 
bahs to’pi tashlanayotganda (otilayotganda), keyin to’p maydon 
tashqarisidan uzatilayotganda va oxiri jarima to’pi otish bajarilganda 
kombinatsiyalar o’rganiladi. Har bir kombinatsiyani bir nechta yakun 
qilish yo’llarini o’rganish zarur. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə