O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

4.2.2.
 
Tez yorib o’tishga o’rgatish va uni takomillashtirish 
 
Tez yorib o’tishni egallashda bosh vazifalar: 
1.
Yuqori tempda (suratda) bo’ladigan o’yinga va raqib tomon tez 
harakat qilishi uchun bor imkoniyatdan foydalanishga ruhiy holatni 
tarbiyalash; 
2.
Tezlikni har xil tomonlarini takomillashtirish; 
3.
Texnikani tez bajarishliligini egallash; 
4.
Tez yorib o’tishning variantlarini egallash; 
5.
O’yin vaziyatiga, raqibning imkoniyatiga, jamoaning tarkibiy 
xususiyatiga qarab, variantlarni oqilona qo’llay bilishni rivojlantirish. 
Tez yorib o’tishda o’zaro harakatlarni variantlarini o’rganishda, 
quyidagi izchillik maqsadga muvofiqdir: 
1.
Maydon o’rtasidagi joy almashmasdan, qisqa uzatishlar 
yordamida o’yinchilarni o’zaro harakat qilishliklari; 
2.
O’yinchilar uzun uzatishlar bilan harakatlanishlari; 
3.
O’yinchilar maydon o’rtasidan joy almashib qisqa uzatishlar 
bilan o’zaro harakat qilishlari; 
4.
To’pni uzoqroq olib yurish bilan o’zaro harakat; 
5.
Yon chiziq bo’ylab tez yorib o’tilganda o’yinchilarning o’zaro 
harakatlari. 
Har bir variantda eng avval birinchi eshelon o’yinchilarning 
harakatlari egallanadi. Keyin birinchi eshelon o’yinchilarini qo’llab 
quvvatlashlari yordamida takomillashtiriladi. Orqadagilar oldinga 
yugurib ketayotgan sheriklariga to’pni uzatib ularni kuzatadilar va 
kelayotgan to’p uchun kurashishda ishtirok etadilar. Keyinchalik 
ikkinchi elementdagi o’yinchilarni to’p bilan bajaradigan harakatlari 
o’rganiladi. Birinchi eshelondagi o’yinchilar oldinda to’psiz harakat 
qiladilar. Ular to’pni faqat savatga otish uchun oladilar. Oxirgi bo’lib 
eshelonli harakatlari takomillashtiriladi, bunda to’p olib yurishlar 
eshelonlar aro to’p uzatishlar, paydo bo’lgan vaziyatga qarab bajariladi. 
Tez yorib o’tishdagi o’zaro harakatlarining har qanaqa variantini 
o’rganishda asosiy o’rinni yorib o’tishning rivojlanish fazasini 
(bosqichi, qismi) egallaydi. Keyin yakunlash qismiga va oxirgi galda 
boshlanish qismiga e’tibor beriladi. Birinchi mashqlarda, o’yinchilarni 
o’zaro harakatlari joyda turib savatdan, devordan qaytgan sheriklaridan 
to’p qabul qilib olgandan keyin, so’ngra to’pni olib qo’ygandan keyin 
boshlanadi. 
Bajarish 
sharoitini 
quyidagidek 
murakkablashtirish 
maqsadga muvofiqdir: 


53 
a) o’yinchilar yo’nalishiga to’siq qo’yish bilan; 
b) chegaralangan maydonda topshiriq bo’yicha passiv va faol 
qarshilik ko’rsatish bilan; 
v) o’yinchilar harakat yo’nalishi bo’yicha erkin qarshilik ko’rsatish 
bilan. 
Qarshilik avval tez yorib o’tishning rivojlanish qismiga, keyin 
yakunlash qismiga va oxiri boshlang’ich qismiga kiritiladi. 
Tez yorib o’tishda takomillanishda, uning birinchi qismida qarshilik 
ko’rsatish mashqlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda shchitdan 
sapchigan to’pni egallash uchun kurashishdan keyin boshlanadigan 
harakatlar va to’p olib ko’yish harakatlari hamda hujumni yaxshi tashkil 
qilinishiga qarshi harakatlar muhim ahamiyat kashf qiladi. Avval 
himoyachilar, shchitdan qaytgan egallangan yoki to’pni olib 
qo’yilgandan keyin faol qarshilik qo’rsatish kerakligi haqida topshiriq 
olib harakat qiladilar. Ba’zi hollarda to’pli hujumchini ba’zi paytlarda 
oldinga yugurib ketayotgan o’yinchini ta’qib qilish taklif qilinadi. o’yin 
paytida shchitdan qaytgan to’pni egallagandan keyin yoki olib 
qo’yilgandan keyin kutilmaganda beriladigan signal bo’yicha qarama 
qarshi shchit tomon 2x2 yoki 3x3 bo’lib yorib o’tish, tez yorib o’tishni 
takomillashtirishdagi eng muhim o’yinlardandir. Tez yorib o’tishning 
guruhli va jamoa harakatlarini o’rganishda guruhlarda juda tez yugura 
oladigan o’yinchilar bo’lishi lozim. Mashg’ulot o’yinlarida o’yinchilar 
“oldinga yugurib chiquvchilar” va orqadan to’p uzatuvchi rolini 
bajarishlari kerak. Vaqti-vaqti bilan tez yorib o’tishni yakunlashga 
ketgan vaqtni nazorat qilib turish va ma’lum vaqt ichida necha marta 
hujum qilish lozimligini aytib turish lozim. To’xtamasdan qarama-
qarshi savat tomon tez yorib o’tishlari mashqlarda muhim ahamiyatga 
ega. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə