53
a) o’yinchilar yo’nalishiga to’siq qo’yish bilan;
b) chegaralangan maydonda topshiriq bo’yicha passiv va faol
qarshilik ko’rsatish bilan;
v) o’yinchilar harakat yo’nalishi bo’yicha erkin qarshilik ko’rsatish
bilan.
Qarshilik avval tez yorib o’tishning
rivojlanish qismiga, keyin
yakunlash qismiga va oxiri boshlang’ich qismiga kiritiladi.
Tez yorib o’tishda takomillanishda, uning birinchi qismida qarshilik
ko’rsatish mashqlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda shchitdan
sapchigan to’pni egallash uchun kurashishdan keyin boshlanadigan
harakatlar va to’p olib ko’yish harakatlari hamda hujumni yaxshi tashkil
qilinishiga qarshi harakatlar muhim ahamiyat kashf qiladi.
Avval
himoyachilar, shchitdan qaytgan egallangan yoki to’pni olib
qo’yilgandan keyin faol qarshilik qo’rsatish kerakligi haqida topshiriq
olib harakat qiladilar. Ba’zi hollarda to’pli hujumchini ba’zi paytlarda
oldinga yugurib ketayotgan o’yinchini ta’qib qilish taklif qilinadi. o’yin
paytida shchitdan qaytgan to’pni egallagandan keyin yoki olib
qo’yilgandan keyin kutilmaganda beriladigan signal bo’yicha
qarama
qarshi shchit tomon 2x2 yoki 3x3 bo’lib yorib o’tish, tez yorib o’tishni
takomillashtirishdagi eng muhim o’yinlardandir. Tez yorib o’tishning
guruhli va jamoa harakatlarini o’rganishda guruhlarda juda tez yugura
oladigan o’yinchilar bo’lishi lozim. Mashg’ulot o’yinlarida o’yinchilar
“oldinga yugurib chiquvchilar” va orqadan to’p uzatuvchi rolini
bajarishlari kerak. Vaqti-vaqti bilan tez yorib o’tishni yakunlashga
ketgan vaqtni nazorat qilib turish va ma’lum
vaqt ichida necha marta
hujum qilish lozimligini aytib turish lozim. To’xtamasdan qarama-
qarshi savat tomon tez yorib o’tishlari mashqlarda muhim ahamiyatga
ega.
Dostları ilə paylaş: