O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
Chet el adabiyotlali: 
1..A Hand Book For Teaching Sports 1958-2008 year, 
2.Harko Brown. Traditional Maori Games. - Copyright © 2006 year 
3.P. Edwards, M.A. Basketball
 
 


68 
VIBob. SARALASh NAZARIYASI VA TIZIMI 
 
6.1.
 
Jamoa tarkibining model xususiyatlari 
 
Tizimni tuzishda dastavval maqsad belgilanadi. Maqsad - faoliyat 
natijasida qo’lga kiritiladigan yakuniy natijalar hisoblanadi. Noaniq 
yoki noto’g’ri belgilangan maqsad to’g’ri tashkil etilgan tizim sharoitida 
ham 
kutilgan 
natijalarga 
olib 
kelmaydi. 
Yuqori 
toifadagi 
basketbolchilarni tayyorashdan maqsad shuki, sportchilar jahon 
miqyosidagi jamoaviy va shaxsiy basketbol modellari ko’rsatkichlariga 
muvofiq 
kelishi 
hamda 
zaruriy 
sport-o’yin 
raqobatbardoshlik 
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Sport rezervlarini tayyorlashdan 
maqsad-yosh basketbolchilar jismoniy, texnik-taktikaviy, itegral, 
psixologik tayyorgarlik darajasi bo’yicha oliy razryad jamoalariga yaqin 
turishi hamda sport takomillashuvining kuchli imkoniyatiga ega bo’lishi 
kerak. 
Sportchini tayyorlash tizimining maqsadi - istiqboldagi yakuniy 
natijalar bilan bog’liq: mamlakat terma jamoalari uchun bu olimpiya 
to’rt yilligi, sport rezervlari uchun terma jamoalar tarkibiga kirish. 
Progniozlashtirish - prognozlarni ishlab chiqish buyicha faoliyat; 
prognoz (oldindan aytib berish) - kelajakdagi muayyan davrda biror 
ob’ekt yoki jarayon holati, uni rivojlanish tarzi haqidagi ehtimolga 
yaqin mulohazadir. 
Prognozlashtirish - tizimni tashkil etishda maqsadni belgilashdan 
so’nggi, muhim bosqich hisoblanadi. 
Basketbolchilarni tanlash, yo’naltirish va ularni mahoratini 
takomillashtirish morfologik xususiyatlarini baholash, jismoniy va 
funksional xislatlar, shaxsning ruxiy xususiyatlar mezonlari bo’yicha 
amalga oshiriladi. 
Bu xususiyatlarni murabbiy sportchini zaruriy yo’nalishda 
rivojlantirishning shartlari sifatida baholaydi. 
Gavda 
tuzilishi 
bilan 
uning 
faoliyati 
orasidagi 
uzviy 
bog’liqliknihisobga 
olgan 
holda, 
didaktika 
nuqtai 
nazaridan 
morfologiya va funkstiyani alohida ko’rib chiqish joizdir. Oxirgi vaqtda 
sport-pedagogika qo’llanmalarida tadqiqotchilarning tipik basketbolchi 
shaxsini aniqlash borasidagi urinishlari tez-tez uchrab turibdi. Mazkur 
izlanishlar murabbiylarda qiziqish uyg’otdi. Tatqiqotchilar turli 
psixometrik asboblar va zamonaviy statistika usullarini qo’llab, 
basketbolchi shaxsini aniqlash uchun yangi usullarni taklif qilishmokda. 


69 
Biz bu muammoga shu tariqa yondoshishga butkul qarshimiz. Faqat 
bitta psixometrik asbobni qo’llash bilan shaxsni baholash mumkin 
emas. 
O’yindagi asosiy va maxsus roli, yoshi, sport mahorati va hayotiy 
tajribasi, ma’lumoti, ijtimoiy va etnik kelib chiqishi bo’yicha bir 
jamoaning 
o’yinchilari 
orasidagi 
tafovutlarni 
hisobga 
olinsa, 
basketbolchi modeli haqidagi tushuncha o’z ma’nosini yo’qotadi. 
O’yin 
evolyutsiyasi 
natijasida, 
basketbolda 
o’yinchilarga 
qo’yiladigan talablar ham jadal sur’atlar bilan o’zgarmoqda. Model 
yaratishni o’rniga, basketbolchini boshqa sportchilardan ajratib turuvchi 
shaxsiy 
xususiyatlari 
haqida, 
ya’ni 
xosligi; 
oliy 
toifadagi 
basketbolchilarni past toifadagi sportchilardan ajratib turuvchi 
xususiyatlari; shaxsning qaysi xislatlari-turg’un sport holati; muntazam 
ravishda mashq qilish hamda o’z jamoasi uyinchilari va murabbiy bilan 
bog’liqligi haqida fikr yuritish lozim.Malakali basketbolchi umumiy 
ruhiy quvvatning etarlicha yuqori darajasiga ega bo’lishi kerak. 
Faollikning odatdagi boshlang’ich darajasi ham etarlicha yuqori bo’lishi 
lozim. Shu bilan bir vaqtda, o’yinchi mazkur faollik darajasini tez va 
jadal ravishda maksimumgacha etkazuvchi katta rezerv imkoniyatlariga 
ega 
bo’lishi 
kerak. 
Maksimal 
faollik 
darajasi 
harakatlanish 
ko’nikmalarini izdan chiqarmaydigan darajadagi faollik holati bilan 
belgilanishi kerak.Umumiy ruhiy quvvatning nisbatan yuqori darajada 
bo’lgani holda, asabiy tarzda harakatlanishga moyillik o’rinsiz 
hisoblanadi. Bunda birinchi navbatda xavotir, qo’rquv alomatlari 
namoyon bo’lgan holatlar ko’zda tutiladi. 
Faollikni oshirishning optimallik darajasida yaxshi tayyorlangan 
basketbolchi vaziyatning keskin, kutilmagan o’zgarishlariga tezda 
ko’nikish xususiyatiga ega bo’lishi lozim. 
Basketbol o’yinining yorqin nomoyon bo’lgan jamoaviy xususiyati 
tufayli mazkur sport turida sport ixtisosligi o’ziga xos alohida o’rin 
egallaydi. Faqat ekstra toifadagi o’yinchilardan tuzilgan jamoa hamma 
vaqt ham omadli bo’lmaydi. Alohida o’yinchilar shaxsiy jihatlarining 
ijobiy o’zaro ta’siri yorqin namoyon bo’lgan jamoa muvaffaqiyat 
qozonadi. 
Sport jamoalari, jumladan basketbol jamoasi o’z ijtimoiy tuzilishi 
va turgunligini jadal rivojlanish hamda turli harakatlarga qarshilik 
ko’rsatish yo’li bilan saqlovchi ijtimoiy tizim hisoblanadi. Shu bois, 
ekstra toifadagi o’yinchini saralash jarayoni hech qachon turg’un 
shaklda bo’lmaydi. 


70 
Basketbolda murabbiy jamoani boshqarishda katta rol o’ynaydi va 
musobaqa jarayoniga bevosita ta’sir etadi. Shu bois, o’yin tarkibini 
tanlash ham saralash jarayoni hisoblanadi. Mazkur vazifani hal etishda 
murabbiy harakatlari uning kasb mahorati hamda shaxs va guruh 
psixologiyasi borasidagi bilimlari bilan belgilanadi. 
Ekstra toifadagi jamoani tashkil etish sifatli saralashnig asosiy 
maqsadi hisoblanadi. Amaliy xulosa: yosh o’yinchini dastlabki 
qadamidan jamoani a’zosi sifatada tarbiyalash zarur, chunki jamoani 
boshqa o’yinchilari bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish orqali u 
shaxsiy sport mahoratini namoyon etish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Klub jamoalari va terma jamoalar uchun o’yinchilarni saralash 
jarayonining o’zaro o’xshash va farqli tomonlari mavjud. Farqi: kasbiy-
tashkiliy tuzilish jihatlari; jamoani tashkil etish va boshqarishni 
belgilash omillari dinamikasi; ish mazmuni va maromi; bellashuv 
yuklamalari sifati; guruh mafkurasi; shaxsiy va guruh maqsadlari. 
Jamoa o’z o’yinchilari orasidan mohir “usta” o’yinchini yaratishi 
mumkin. Sport klubining asosiy vazifalaridan biri – shu toifadagi 
o’yinchi kelgusida ham o’z jamoasida faoliyat ko’rsatishi uchun qulay 
sharoit yaratishdan iborat. 
Basketbol jamoasi - dinamik ijtimoiy tizim bo’lib, unda jamoa 
a’zolarining turli bellashuv va ijtimoiy rollari o’zaro uzviy bog’langan. 
O’yinchilar o’zaro hamkorlikda harakatlanishadi; ularga sport guruhi 
tuzilishi va dinamikasini belgilab beruvchi omillar ta’sir etadi. 
Basketbol jamoasi ijtimoiy gameostaz tamoyili bo’yicha faoliyat 
ko’rsatadi. O’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatish quyidagi tafovutlar: 
ustunlik va bo’ysunish, zaruriyat va javobgarlik, shaxs va guruh 
maqsadlari, raqobat va hamkorlikdan kelib chiquvchi turli kuchlar 
to’qnashuvi bilan almashadi. Bir tomondan birlashtiruvchi, ikkinchi 
tomondan ajratuvchi g’oyalar yaqqol dinamik tus oladi. 
Bir xillik - jamoa a’zolarini bir xil yoki o’xshash xususiyatlari 
o’lchovi sifatida namoyon bo’ladi. U turli omillarni o’z ichiga oladi: 
yosh, sport staji, sport yutuqlari darajasi, sportga tegishli bo’lmagan 
qiziqishlari va h.k. shu ma’noda, bir xil jamoani yuqori bellashuv 
kuchiga ega bo’lishi va bunday jamoani boshqarish osonligi haqida 
murabbiylarning so’z yuritishi mutlaqo xato bo’lishi mumkin. Bir xil 
o’yin holatidagi hamda bir xil o’yin staji, tajribasi, o’yin saviyasi va 
sport yutuqlari darajasiga ega bo’lgan o’yinchilardan tarkib topgan 
jamoa muvaffaqiyatga erisholmaydi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, 
katta shahardagi o’yinchilardan tuzilgan jamoalar sport matonatining 


71 
past darajasini namoyon etadi. Basketbol markazlari bo’lmish kichik 
shaharlardan 
chiqqan 
o’yinchilar 
bunday 
jamoaga 
sport 
”tajovuzkorligi”ni olib kiradi. Sport tajribasi, sport va bellashuv staji, 
sport yutuqlari darajasi turlicha bo’lgan bir necha avlod o’yinchilari 
ishtirok etuvchi jamoalar katta o’yin qudratiga ega buladi. Aynan, 
psixologik, sport va bellashuv xislatlarini o’zaro kam darajada 
o’xshashligi 
ijobiy 
rag’batlanishga 
olib 
keladi, 
hamkorlikni 
rivojlantiradi va o’zaro raqobatning muvofiq shakllarini yaratadi. 
Uyushqoqlik - jamoa a’zolarini o’zaro hamkorlikda faoliyat 
ko’rsatish va o’yinchi-individni jamoa (guruh)ga bog’liqligini o’lchami 
hisoblanadi. Optimal ravishda tashkil etilgan saralashda jamoa 
a’zolarining nafaqat o’yin, balki insoniylik xislatlarini sintezi ro’y 
beradi. O’yinchi o’zini kuchli, mahoratli deb his qiladi, chunki u kuchli 
jamoa a’zosidir. Guruh mafkurasini yaratish, va uni boyitishda 
murabbiyning ahamiyati katta. Havaskor jamoalar uchun o’yinchilar 
orasidagi emostional aloqalar xos. Professional jamoada esa funksional 
mezon ustunlik qiladi va uning o’yinchilari shaxs sifatida emotsional 
jihatdan o’zaro tafovutlansa, yoki ular orasida muvofiqlik bo’lmasa 
ham, bunday jamoa yuqori darajadagi uyushqoqlikni namoyon etishi 
mumkin. O’yin juftliklarini tashkil etuvchi o’yinchilarni o’zaro salbiy 
munosabatda bo’lishi kabi ko’plab hollar amaliyotdan ma’lum. Bunday 
vaziyat o’yin davomidagi o’zaro hamkorlik imkoniyatini kamaytiradi. 
Va o’yinchilarning shaxsiy hamda hamkorlikdagi sport yutuqlarini, 
shuningdek, shu jamoa faoliyati samaradorligini sezilarli darajada 
pasaytiradi. Bunga sabab muammoni o’z vaqtida hal etilmaganligidir. 
Guruh mafkurasi - qadriyatlar, qoidalar va umumiy maqsadlar 
tizimidan iborat bo’lib, jamoa a’zolari u ishonch hissi asosida qabul 
qilishadi. Jamoa mafkurasi - shaxsiy maqsad va ehtiyojlarga umumiy 
maqsadni amalga oshirish orqali erishish mumkinligini aks ettiruvchi 
tamoyillarga asoslangan bo’lishi ayniqsa, muhimdir. Aksincha, individ 
shaxsiy ehtiyojlarga umumiy maqsadlar hisobiga erishishi kabi vaziyat 
jamoada uyushqoqlikni saqlashga katta xavf uyg’otadi. Yetuk 
o’yinchilar o’zining yuqori darajadagi mahorati hamda jamoada 
bajarayotgan rolini sport nuqtai nazaridan nihoyatda muhim va qimmatli 
ekanini isbotlagan kabi vaziyatlar ham jamoa faoliyatiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
O’yin vaqtida jamoani boshqarish yakuniy va eng operativ saralash 
turi hisoblanadi. Bunda marabbiyning mutaxassis va boshqaruvchi 
sifatidagi roli o’ziga xos shakl kasb etadi. 


72 
O’yin to’p otishdan boshlanmaydi. Aslida o’yin uchrashuvdvn 
oldin o’tkaziladigan mikrosikldan boshlanadi. Bellashuv va raqobat 
hislari uchrashuvdvn bir nechasoat ilgari o’z kulminatsiyasiga etadi. 
Shuning uchun, uchrashuv davomida jamoa faoliyati muvaffaqiyatli 
bo’lishi uchun o’yinchilarning stort oldi holatini optimal darajada 
bo’lishi katta ahamiyatga ega. Bunda nafaqat o’yinchilarning 
psixofiziologik tayyorgarlik holati, balki ularning ahloqiy xislatlari ham 
hisobga olinadi. Shu bois, uchrashuvni muvaffaqiyatli o’tishi uchun 
ahamiyatli bo’lgan barcha omillarning optimal uyg’unligidan iborat 
mobilizatsion tayyorlik haqida so’z yuritish o’rinlidir. 
Murabbiy o’yinchilarini ular o’z konditsion xislatlari va 
qobiliyatlarining asosiy qismini ijobiy natijaga aylantira oladigan 
darajada tayyorligi, o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bunga ba’zi 
jamoalargina erisha oladi. 
O’yinchilar faoliyatini kuzatish murabbiyga zaruriy pedagogik va 
psixologik chora-tadbirlarni qo’llash imkonini beradi. Start tarkibini 
tanlash o’yinchilar hulqini va ularning startoldi holatini kuzatish 
ma’lumotlariga bog’liqdir. Ko’p hollarda jamoaning start tarkibini 
uchrashuvdan bir necha soat ilgari yoki 1 kun oldin e’lon qilish o’rinsiz 
hisoblanadi. Biroq juda yosh o’yinchining debyuti odatda so’z 
berganda, ujamoaning start tarkibida bo’lishi haqida oldindan xabardor 
qilinishi kerak. Jamoaning asosiy va start tarkiblarini belgilashda, 
undagi biror o’yinchining rolini oshirib yuborish yoki aksincha, 
kamaytirish kerak emas. 
Ya’ni jamoani “tarkib” va “kursi”ga bo’lishga bizning haqqimiz 
yo’q.start tarkibi eng yosh o’yinchilarni bellashuv yuklamalari muhitiga 
olib kirish uchun yaxshi imkoniyat bo’lib, bunday vaziyatda yosh 
o’yinchi maksimal kuchlanish va talab qilinadigan darajadagi 
javobgarlik xissi bilan faoliyat ko’rsatadi. Mazkur sharoitda, yosh 
o’yinchinig bellashuv quvvati haddan tashqari katta javobgarlikdan 
“himoyalangan”, chunki uchrashuv salbiy natija bilan tugagan holda 
ham, uning o’yini hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmaydi. Tajribali 
o’yinchilarni tayyorlash sharoitida tarkibda yosh o’yinchini ishtirok 
etishi butun jamoa uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Ba’zi murabbiylar 
yuzaga kelgan vaziyat sababli, ya’ni zaruriyat tufayli yosh o’yinchilarni 
hamda debyutantlarni tez-tez o’yinga kiritishadi. 


73 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə