|
![](/i/favi32.png) O’. A. Farmanov13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA576634816.5.
Ruhiy regulyatsiya boshqarish darajasi va psixologik
xususiyatlarni o’rganish uslubiyati
Ma’lumki,
saralashni
muvaffaqiyatli
bulishi
dastlabki
(boshlang’ich) ko’rsatkichlarni to’g’ri tanlanishiga bog’liq bo’ladi. Shu
ma’noda, psixofiziologik xislatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chugnki
ular o’yinchi faoliyatida namoyon bo’ladi (o’yinchini sport mahorati
qancha yuqori bo’lsa, psixo-fiziologik xislatlar shuncha yorqin aks
etadi). Inson hayoti davomida uning asab tizimini tug’ma xususiyatlari
asosida shakllanadi; ular sport takomillashuvi jarayonida yo’naltirilgan
o’zgarishlarga minimal darajada uchraydi.
Psixofiziologik funkstiyalar prognostik ahamiyatga ega: muayyan
xislat yosh o’tgan sayin deyarli o’zgarmasa, demak, o’smirda shu
xislatni yuqori darajada rivojlanganligini aniqlab, uni yillar o’tgan sari,
saqlanib qolishini kafolatlash mumkin bo’ladi.
Psixofiziologik xislatlar umumiy qobiliyatlarning funksional
asosini tashkil etadi. Umumiy qobiliyatlar o’yinchining alohida
xislatlari bilan (emostional turg’unlik, tezda hujumdan himoyaga o’tish
qobiliyativa h.k.) kam bog’langan.
“Psixofiziologik
xususiyatlar”
tushunchasi
ostida
kuch,
harakatchanlik,
dinamiklik,
nerv
jarayonlarining
mutanosibligi
tushuniladi. Bu xislatlarning har biri ham qo’zg’alish, ham tormozlanish
jarayoniga taalluqlidir. Masalan, qo’zg’alish jarayoni kuchi va
tormozlanish jarayoni kuchi.
Maydonda o’yinchilarni o’z vaqtida ko’rish va yuzaga kelgan o’yin
vaziyatini tezda baholash qobiliyati - basketbolchining muhim
xislatlaridan biridir. U periferik ko’rishning funksional holatiga ko’p
jihatdan bog’liq. Basketbol ko’z to’r pardsining periferik hujayralari
qo’zg’aluvchanligini oshirib, qo’rish maydonini kengaytiradi.
Maydonchada aniq harakatlana olmaslik, to’p otish va uzatishlarni
noaniq bajarish ko’p hollarda ko’rish va vestibulyar analizatorlar
funksiyasini buzilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|