O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

6.8.
 
O’yin faoliyatini prognozlashtirish(oldindan aytib berish) 
 
Bo’lajak samaradorlikni oldindan aytib berish mushkul jarayon 
hisoblanadi. Jamoa o’yinlarida samaradorlikni aniq baholash amalga 
oshirilmaydi; bu esa muayyan darajadagi ishonchsiz bo’lgan integral 
mezonlarni qidirishni talab etadi. 
Har qanday real jarayon singari, sportchilarni maqsadga muvofiq 
tarzda tayyorlash jarayoni ham 3 qismdan iborat: 
1-determinatsiyalashgan 
(aniq 
hisoblashni 
amalga 
oshirish 
mumkin); 


79 
2-ehtimolli. Ehtimolga yaqin qonuniyatlarni aniqlash bilan bog’liq; 
3-tasodifiy. Har qanday bashorat inkor etiladi. 
1.
Determinatsiyalashgan qismga birinchi navbatda, genetik 
omillarni kiritish lozim. Biroq, ular hozirgi vaqtda yaxshi 
o’rganilayotgani sababli, ularni ehtimolga yaqin ko’rsatkichlar qatoriga 
qo’yish kerak. Shu bilan bir vaqtda, ko’plab ijtimoiy omillar ehtimolligi 
asosga ega. Tadqiqotlarni kengaytirish davomida yangi qonuniyatlar 
aniqlanmokda; ular mazkur qismni kengaytirish imkonini beradi. 
Prognozlashtirilgan usullari orasida ma’lum bo’lgan axborotni 
noma’lum kelajakka ko’chirish usuli keng tarkalgan. 
Prognozlashtirilayotgan 
hodisa 
rivojlanishining 
turg’un 
tendensiyasi mavjud bo’lganda, shu usulni qo’llash mumkin.(Ko’p 
yillar davomida basketbolchilarni to’p otish merganligi o’sib boradiva 
uni yaqin kelajakda yanada o’sib borishini taxmin qilish mumkin). 
Oxirgi vaqtda modellashtirish usuli keng qo’llanilmoqda. Matematik 
modellashtirish yordamida prognozlashtirish tizimlari aniqlab olinadi. 
Korrelyatsion va regression modellar amaliyotda qo’llash uchun qulay 
hisoblanadi. 
Model testlari asosida prognozlashtirish (bashorat) usuli saralash 
jarayonida keng qo’llaniladi. Model testlari o’yin va o’yin mashqlaridan 
iboratdir. Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) mazkur o’yin faoliyati uchun xos shaxs xususiyatlari va 
xossalarini majmuini modellashtirish. 
2) yuqori differentsiyalovchi imkoniyatga ega bo’lishi kerak. 
3) maxsus texnik-taktik tayyorgarlikni talab etmasligi kerak. 
4) testlarga standartlashtirish qonuniga mos kelishi kerak. 
Shuni yodda tutish kerakki, bu testlar hech qachon ideal bulmaydi, 
faqat prognozlashtirish xatolarini kamaytiradi, xolos. 
Prognozni takomillashtirish uchun test ko’rsatkichlari validligini 
oshirishga hamda test sinovlarini tashkil etish va o’tkazish usullarini 
rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə