O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

6.4.
 
Jamoa o’yinchisi modeli 
 
Chekkadagi o’yinchi. Bu o’yinchi qalqon yonida va orqa chiziqda 
samarali harakatlanishi; tez yorib o’tishda birinchi va ikkinchi 
bosqichda faol ishtirok etishi; to’pni to’satdan urilib qaytishida 
jamoaning oldingi va orqa chizig’ini bog’lab turishi; mintaqaviy 
himoyaning oldingi chizig’ida mintaqaviy va shaxsiy pressing 


74 
sharoitida shiddat bilan harakatlanishi; maydonchada va o’z qolqoni 
yonida har qanday baland bo’yli raqibini ta’qiblashi; o’rta va uzoq 
masofalardan halqaga to’pni aniq ota olishi kerak. 
Uning 
ruhiy 
sensomotor 
regulyastiyasi 
darajasi 
quyidagi 
ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: oddiy reaksiya tezligi - 163,9 m/s; 
atitsipatsiya (oldindan bilish) reaksiyasi tezligi - 49,2 m/s; tanlash 
reaksiyasi tezligi - 13,08 m/s. 
Markaziy uyinchi basketbolba o’ziga xos,ahamiyatli uyinchi 
hisoblanadi. Mahoratli uyinchi hisoblanadi. Mahoratli markaziy uyinchi 
yarim jamoa demakdir. U-irodaviy, tezkor, peshqadam hujumchidir. 
Markaziy o’yinchining siljishi va harakatlari ko’p jihatdan o’yin 
taktikasini belgilab beradi. Ayniqsa, qalqon ostidagi jangda uning roli 
o’ta muhimdir. 
Vaziyatni oldindan ko’rabilish, tajovuzkorlik, mehnatsevarlik, o’z 
kuchiga ishonch, tezkorlik kabi omillar modelini yaratishda qo’llaniladi. 
Markaziy o’yinchining harakatlari doirasini kengaytirishga intilish 
mavjud. O’rtacha masofadan to’p otish, kombinatsiyalarda faol 
qatnashish; tezkor yorib o’tishni tashkil etish-turli texnik vositalar, 
operativ tafakkur, o’zaro hamkorlikda harakatlanish qobiliyatini, ya’ni 
hujumchi uchun xos bo’lgan hislatlarni talab etadi. 
Basketboldagi hujumchi model buyicha baland bo’yli, to’p otishga 
shaylangan o’yinchidir. Intellektual hislatlar katta ahamiyatga ega. 
Hujumchiga doimo, deyarli tanaffussiz, shaxsiy yoki guruhli taktik 
harakatlarga tegishli bo’lgan operativ vazifalarni hal etishga to’g’ri 
keladi. To’p otish, dribling (to’pni boshqarish), to’p uzatish harakatlari 
ultra yuqori maromda bajariladi va yuksak rivojlangan intellektual 
qobiliyatlarni talab etadi. 
Himoyachi modelida birinchi navbatda, texnika vositalari bilan 
jihozlanganlik, asab jarayonlarini harakatchanligi kabi omillar hisobga 
olinadi. Texnika vositalari qancha turli-tuman bo’lsa, jamoaning hujum 
va himoyadagi taktik harakatlari doirasi shuncha keng bo’ladi. Ko’pgina 
ilg’or jamoalarda himoyachilar hujum peshqadamlar sifatida ham 
namoyon bo’lishida va hatto, hujumchilardan natijalar bo’yicha o’zib 
ketishadi. Himoyachining bosh vazifasi - tashkiliy masalalarni hal 
etishdir. Hamma narsani ko’rish,bajara olish, tezkor va rastionaltarzda, 
o’zaro hamkorlikda harakatlanish-modelning ahamiyatli mintaqalarini 
tashkil etuvchi oillardir. Himoyachilar bo’yi ham o’ziga xos ahamiyatga 
ega. Har bir murabbiy tafakkur va texnikaviy xislatlar jihatidan faol, 
baland bo’yli orqa chiziq o’yinchilari bo’lishini istaydi. 


75 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə