O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94

88
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor
munosabati bilan uzviyligi. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va
pazandachilik asoslari yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati.
Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning
mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat
standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va
taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari.
Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik
va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni  muhofaza
qilish va ishlab chiqarish.
Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish
korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda
shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va
oshirish yo`llarini o`rganish.
Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb
tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati
va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini
e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning
murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va
kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan
kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish
va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy ishlar. Kasb egallash va ishga
joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash hamda himoya
qilish.
Qishloq xo`jaligi  asoslari
Ishlab chiqarish asoslari (26 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor
munosabati bilan uzviyligi. Qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab
chiqarish texnologiyasi va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga
oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik
hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab
chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi.


89
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish
korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik
asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab
chiqarish.
Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish
korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda
shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va
oshirish yo`llarini o`rganish.
Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb
tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati
va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini
e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning
murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va
kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan
kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish
va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy ishlar bajarish. Kasb egallash
va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va
himoya qilish.


90
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
TASVIRIY SAN'AT FANIDAN
DAVLAT TA'LIM STANDARTI
O'quvchilar tasviriy san'at faniga oid quyidagi bilim, ko'nikma va
malakalarni egallashlari shart:
- tasviriy san'atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;
- tasviriy, amaliy-bezak san'ati, me'morlik san'atida ishlatiladigan
asosiy atama va tushunchalarni hamda ularning ma'nosini bilish;
- miniatyura san'ati haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lish;
- tasviriy san'atning nazariy asoslarini bilish va ularga amaliy tasviriy
faoliyatda rioya qila olish;
- tasviriy san'at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang,
ritm, simmetriya, assimetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda
qo'llay olish;
- tasviriy san'atning asosiy tur va janrlarini bilish;
- o'zbek xalq amaliy bezak san'atining turlari va uning mashhur
ustalari va ularning asarlarini bilish;
- tasviriy san'atda ijod qiluvchi eng mashhur o'zbek va chet el
rassomlarining hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;
- O'zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me'morchilik
obidalarini bilish;
- 15-20 rang nomlarini bilish va ularni amaliy faoliyatda to'g'ri
qo'llay olish;
-  tasviriy va amaliy san'at asarlarini badiiy idrok eta olish;
-  badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;
-  qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay
olish;
- tasviriy faoliyatda turli material va uslublardan foydalana olish;
- afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya
asosida tasvirlay olish;
- tasvirlar ishlaganda o'zbek san'atining milliy badiiy an'analarida
maqsadga muvofiq foydalana olish;
- tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga
rioya qila olish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə