O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94

82
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
sug`orish mashina agregatlari. Ekinlarga ishlov berish, parvarish qilish.
Traktorlar va mashinalar (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Ma`lum turdagi traktorlar va mashinalar
va ish agregatlari. Traktor va mashinaning elektr ta`minoti, yoritish
tizimi. Traktor va mashina bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari va yo`llarda
harakatlanish qoidalarini o`rgatish.
Amaliy mustaqil ishlar: Traktor va mashinaning boshqaruv qismlari,
dvigateli va elektr ta`minoti tizimi. Traktor va mashinalarga texnik
qarovlar o`tkazish.
Chorvachilik asoslari (22 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: hayvonlarni boqish va ularni
parvarishlash. Quyonlar, qo`ylar, qoramollar va uy hayvonlari, asalari,
parranda,  baliq,  i pak qurtini parvarish  qilish  qoidalari.   Qishloq xo`-
jaligi hayvonlarining mahsuldorligiga ta`sir etuvchi omillar. Chorva
ozuqalarini tayyorlashning mexanik, issiqlik, kimyoviy, bakteriologik
usullari, ularning iqtisodiy samaradorligi. Ozuqalarni qayta ishlash
texnologik jarayonlari, jonivorlarni boqish ratsioni.
Amaliy mutaqil ishlar: Chorva va parrandalarni parvarishlash. Ozuqalar
tayyorlash. Jonivorlarni boqish va parvarish qilish usullari.
Elektrotexnika ishlari (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Kavsharlash asosida elektr montaj
ishlarini bajarishda ish o`rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar
turlari. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish asboblari
hamda ish usullari. Asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga
tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunar turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr montaj ish asboblari turlari va ularda
ishlash usullarini o`rganish. Elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar
(svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz,
elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish
qoidalari. Uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari.
Ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va


83
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va
ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr
energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimining sxematik tasvirini tayyorlash.
Suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo‘mraklarni sozlashda
mayda ta`mirlash ishlari.
8-sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor
munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari.
Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish
va ishtirokchilarni tanlash qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: quticha (shkatulka), to`qmoq bolg`a (turlari),
kubok, mebel eshigi uchun ushlagich (ruchka), xatkash.
Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan
yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan
mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash.
Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari.
O`zbekiston xalq xo`jaligida, sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish
asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi.
Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or
texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir
etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.)
orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga
oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash,
malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari. Mulkchilik turlari,
marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Amaliy mustaqil ishlar: Sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab
chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini
(maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy
g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.


84
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat
turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili
tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson
salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning
bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga
yo`naltirish tizimi.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar
bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga
qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.
Servis xizmati yo`nalishi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari
asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari. Xalq
hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etish tartib
qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: To`qishning murakkab usullari. Bolalar
panchosini to`qish. Bayram sovg`asi uchun suvenir tayyorlash. Bluzka
tikish.
Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan
yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan
mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash.
Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari.
O`zbekiston xalq xo`jaligida yengil va oziq-ovqat sanoatining ishlab
chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga
bog`liqligi. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va
ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik
ta`sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash,
mahsulotlarga birlamchi va ikkilamchi ishlov berish, yarim fabrikatlar
va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda
amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash,


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə