O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94

97
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- adabiy asarlarning mazmuni asosida illustrativ rasm ishlash;
- uning kompozitsiyasini topish ijodiy jarayonning (qoralama, eskiz
ishlash) mohiyatini anglash va undan tasviriy  ijodiy faoliyatda
foydalanish;
- bayram va turli sanalarga oid dekorativ kompozitsiya ishlash;
- rangli qog'ozlarni buklash va qirqish orqali turli shakl va naqsh
elementlarini hosil qilish, ularni har xil rang va shaklda ustma-ust,
yonma-yon yopishtirib naqsh kompozitsiyasini hosil qilish;
- haykaltaroshlik materiallaridan mavzuiy kompozitsiya ishlash.
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:
- 2, 3 - sinflarda o'tilganlardan tashqari yana 4-5 rang nomlarini;
- kishilar hayotida tasviriy san'atning tutgan o'rni, uning asosiy tur
va janrlarini;
- rasm ishlash  jarayonlarining o'ziga xos go'zalliklarini;
- O'zbekistonning taniqli rassomlari va haykaltaroshlarning ismi-
familyasini, ularning asarlari nomlarini;
- bu asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalardagi go'zalliklarni ko'ra
bilish va asar mazmunini so'zlab berishni;
- tasviriy san'at iboralarini (iliq, sovuq, axromatik va xromatik rang
nomlarini);
- dekorativ haykaltaroshlikda qo'llaniladigan dekorativ
elementlarning nomini;
- tabiiy  materiallarning nomlari va ularni mashg'ulotga tayyorlashni.
Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:
- o'z ish joyini mashg'ulotga tayyorlash;
- qalam va mo'yqalamni to'g'ri ushlay olish;
- to'g'ri va qiya ko'rinishdagi chiziqlarni qiynalmasdan o'tkaza olish;
-borliqni idrok etishdan olgan taassurotlarini ishlagan rasmlarida aks
ettira olish;
- rasm chizib bo'lingach, qog'oz sirtini suv bilan yuvib bo'yash
jarayoniga tayyorlash;
- suv bo'yoq (akvarel) bilan ishlash tartibini (suv bo'yoq bilan
ishlashdan oldin unga suv tomizib chiqish, mo'yqalamni bo'yoqqa tez-
tez botirib turishni);
- ranglarning murakkab tuslarini hosil qila olish (masalan: ko'kish,
yashil, qizg'ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);


98
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- mo'yqalamni ish tugagandan so'ng tozalab yuvib qo'yish;
- o'z ish joyini yig'ishtirib qo'yish.
Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
- haykaltaroshlikdan 2-3 ta figurali yaxlit kompozitsiya tuza olishni;
- loydan yoki plastilindan haykallar ishlashda alohida-alohida,
"yaxlit" va "aralash" ishlov berish usullaridan foydalana olishni;
- ranglarning murakkab tuslarini hosil qilish (ko'kish, yashil,
qizg'ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);
- rasmda narsalarni kompozitsiya qonuniyatlariga bog'liq ravishda
joylashtirishni;
-  dekorativ ishda assimetrik tasvirlarni ifodalashda muvozanatni
saqlay olishni;
- o'simliksimon naqsh elementlaridan mustaqil naqsh
kompozitsiyasini tuza olishni;
-  tabriknoma kompozitsiyalarini ishlay olishni.
4 - sinf
Borliqni va san'atni idrok etish:
- borliqni kuzatib, undagi nafislik va go'zallikni ko'ra bilish, idrok
etish;
- olgan taassurotlardan badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalana bilish;
- kuzatuvlar orqali ayrim ob'ekt va hodisalarni qalam va bo'yoqlar
bilan bajarish;
- tabiatning turli fasllaridagi ko'rinishlar, o'zgarishlar, undagi
kayfiyatlar haqida tasavvurga ega bo'lish hamda ularni tasvirlay olish;
- tabiatdagi jonzot va narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari,
o'lchov nisbatlarini ma'lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirish
ko'nikmasiga ega bo'lish.
San'atshunoslik asoslari:
- tasviriy san'at, dekorativ-amaliy san'at, me'morlik san'atlari-
san'atning alohida turlari ekanligi;
- tasviriy san'at-san'atning bir turi ekanligi;
- tasviriy san'atni kishilar hayoti va faoliyatidagi ahamiyati;
- uni kishilar turmushi bilan bog'liqligi;
- O'zbekiston xududidan topilgan eng qadimgi tasviriy san'at asarlari;


99
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
(Afrosiyob, Varaxsha, Tuproqqal'a v.b.)
- tasviriy san'atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va
janrlari (portret, manzara, natyurmort, turmush, tarixiy,  animal,
afsonaviy);
- rangtasvir turlari-dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir,
miniatyura,  freska,  mazoika;
- haykaltaroshlik turlaridan dastgohli haykalatroshlik (relef, barelef,
gorelef) dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik);
- grafika turlari (dastgohli grafika, kitob grafikasi, gazeta-jurnal
grafikasi,  shtamp,  plakat, etiketka v.b.);
- O'zbekistonning eng mashhur rassomlari va ularning asarlari.
Markaziy Osiyoning hozirgi mashhur rassomlari va ularning asosiy
asarlari;
-  Sharq miniatyurasi va uning maktablari;
- O'rta Osiyo miniatyurasi. Yevropada Uyg'onish davri tasviriy san'ati;
- Jahonning mashhur rassomlarining asarlaridan 3-4 tasini nomini;
- rassomlardan Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi,  O'rol
Tansiqboev,  Chingiz Ahmarovlarning hayoti va ijodi;
- jahon tasviriy san'atidagi asosiy oqimlar (realizm, romantizm,
imprisionizm,  abstraksionizm,  formalizm v.b.);
- dunyoning eng yirik muzeylari, O'zbekistondagi eng yirik san'at
muzeyi;
- tasviriy san'atda ishlatiladigan asosiy atama va iboralarning 5-8 tasi
nomini;
-  rassom va haykaltaroshlarning ish qurollari;
- tasviriy san'at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, rang,  ritm,
simmetriya,  assimetriya,  hajm,  kompozitsiya);
- dekorativ-amaliy san'at-san'atning bir turi ekanligi;
- dekorativ-amaliy san'atning kishilar hayoti va turmushidagi
ahamiyati;
- o'zbek xalq amaliy san'ati va uning asosiy turlari. Naqqoshlik,
ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, misgarlik,  sopoldo'zlik,
kashtachilik,  zardo'zlik v.b;
- amaliy san'at ustalarining ish qurollari;
- o'zbek xalq amaliy san'ati rivoj topgan markazlar;
- amaliy san'atning ifodalilik vositalari (ritm, simmetriya,
asimmetriya, rang,  kompozitsiya);


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə