O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94

103
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- tasviriy san'at turlarining tasviriy vositalarida janrli (manzara,
portret) syujetlar yaratish;
- tabiatning obrazli tasvirlari (turli holatlari)ni, turli badiiy materiallar
va texnikada tasvirlash (qalamda, flomaster, akvarel, guash, tush);
- manzarada chiziqli va havo perspektivasi;
- manzara ob'yektiga monand tarzda tasvir sathini tanlash va unda
elementlarni (daraxt, adir, tog', ufq, jilg'a va h.k.) gorizontal, vertikal,
diagonal bo'yicha, shuningdek, planlilik (birinchi plan, o'rta plan, orqa
plan)da joylashtirish;
- naturadan 2-3 predmetdan iborat mavzuiy natyurmort (mevalar,
uy-ro'zg'or buyumlari, sport yoki san'at atributlari va bosh.)ni tasvirlash;
- naturadan odam, hayvon, qushlarni turg'un va harakatdagi
holatlarini hajmdor (yumaloq), rel'ef, barel'ef shakllarini (haykallarini)
ishlash (loyda, plastilinda).
Kompozitsion faoliyat:
- mustaqil tarzda mavzuiy portret-kompozitsiya ishlash (Onam portreti,
do'stim portreti, ustozim portreti, men sevgan qahramon portreti va
h.k.);
- turli mazmunlarda mavzuiy kompozitsiya variantlarini mustaqil
tanlash, unda kompozitsiyaning yordamchi vositalari (qoralama,
eskiz)dan foydalanish;
- kompozitsiya qonuniyatlari (o'lcham, ranglar, ularning nisbati va
uyg'unligi; kompozitsiya markazi, kompozitsiyada muvozanat, harakat,
simmetriya, assimetriya, ritm), vositalari (chiziq, yorug'-soya, rang
surtmalari va dog'lari, hajm, faktura v h.k.);
- kompozitsion faoliyatda grafik usul, vosita va materiallardan
foydalanish;
- haykaltaroshlikdan berilgan mavzu asosida mustaqil kompozitsiya
ishlash. Unda haykaltaroshlikning turli materiallari, shakllaridan
foydalanish;
- real haykaltaroshlik va mayda plastika (dekorativ haykaltaroshlik)
namunalarini yaratishda tarixiy badiiy an'analardan foydalanish (Hamro
Rahimova, A.Muxtorov, U.Jo'raqulov va boshqa xalq ustalari ijodiy
namunalari misolida).
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:


104
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-tasviriy san'atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va
asosiy janrlari (portret, natyurmort, manzara)ning  xususiyatlarini bilish;
- tasviriy san'atning tur va janrlarida qo'llaniladigan badiiy materiallar,
tasviriy vosita va usul, texnikasini bilish;
- tasviriy san'at tarixi va nazariyasini mazkur standartida nazarda
tutilgan xususiyatlarini, portret, manzara, natyurmort janrlarida ijod
qilgan rassomlarning hayoti va ijodini bilish;
- tasviriy san'atning portret, natyurmort va manzara janrlarida  kartina
yaratish qonuniyatlarining asosiy elementlarini bilish;
- tasviriy san'atning turlarida janrlarning umumiy va farqlanuvchi
jihatlarini bilish (masalan, portret janrining rangtasvir, grafika va
haykaltaroshlikdagi umumiyligi);
- tasviriy san'at turlarining bir-biri bilan bog'liqligini (masalan:
qalamtasvir tasviriy san'atining barcha turlarning asosi ekanligi) bilish
va o'z faoliyatlarida unga amal qilish;
- O'zbekison va jahon tasviriy san'ati, ularning namoyondalaridan
boshlang'ich maktabda o'rgatganlariga qo'shimcha 5-6 nafarini va ularning
asarlarini bilish;
- rassomlarning ijodiy usullarini farqlay bilish;
- berilgan topshiriqning mazmuniga muvofiq material, texnika va
ifoda vositalarini bilish;
- tasviriy san'atga oid atamalarni tushunish va ulardan o'z nutqlarida
to'g'ri foydalana bilish;
- tasviriy san'atning ifoda vositalarini ijodiy jarayonda qo'llanilishi,
tasviriy san'atning tur va janrlariga muvofiq tarzda ularni tanlash
xususiyatlarini bilish.
Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:
- turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam
gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo'laklari nisbatlarini
(qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to'g'ri tasvirlay bilish;
- berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik
yechimini to'g'ri hal eta olish (masalan: manzarada turli holat hamda
kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan, shuningdek, kontrast,
issiq-sovuq ranglardan maqsadli  foydalana olish);
- kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi (shtrix), rang surtmasi,
dog', yorug'-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va perspektivani


105
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
tasvirlashda, rang va uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos
tarzda tasvirlashda, havo perspektivasini ifodalashda qo'llay olish;
- grafika va rangtasvirda manzara ishlay olish;
- plastilin va loydan relefsimon (qabariq) tasvir ishlay olish;
- yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini
saqlay olish;
- tasviriy san'at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara,
portret, natyurmort) rasm ishlay olish.
Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
- turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam
gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo'laklari nisbatlarini
(qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to'g'ri tasvirlay bilish;
- berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik
yechimini to'g'ri hal eta olish, misol uchun, manzarada turli holat
hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan foydalana olish;
- kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi, dog' yorug'-soya kabi grafik
tasvir vositalarini, hajm, fazo va prespektivani tasvirlashda, rang, uning
tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda, havo perspektivasini
ifodalashda qo'llay olish;
- yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini
saqlay olish;
- tasviriy san'at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara,
portret, natyurmort) rasm ishlay olish;
- tasviriy san'atning tur va janrlariga muvofiq tarzda tasviriy vosita va
usullardan amaliy faoliyatda maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilish;
- kompozitsiya yaratishda yordamchi vositalar (qoralama, eskiz)dan
mustaqil tarzda foydalana olish;
- tasviriy faoliyat (rangtasvir)da issiq va sovuq ranglar gammasidan
foydalana bilish;
- mustaqil tasviriy faoliyatda kompozitsiya qonuniyatlariga amal qilish;
- adabiy asar syujeti asosida portret-illyustrasiya ishlay bilish, unda
mazmun va tasvir mutanosibligini ifodalay olish.
6 - sinf
San'atshunoslik asoslari:
- o'rta asrlar san'ati. San'atdagi usul va yo'nalishlar (me'morlikda


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə