O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94

100
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- amaliy san'at buyumlaridagi badiiy bezaklarni ularning vazifasi va
shakliga bog'liqligi;
- tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;
- Toshkentdagi o'zbek xalq amaliy san'ati muzeyi;
- miniatyura-dekorativ san'atning bir turi ekanligi;
- me'morlik-san'atning bir turi ekanligi  va uni kishilar hayoti
bilan bog'liqligi;
- O'zbekiston hududida yer ostidan topilgan eng qadimgi me'morlik
binolari (Afrosiyob, Varaxsha,  Dalvarzintepa,  Bolalik tepa v.b.);
- O'zbekistonning hozirgi zamon me'morligi;
-  XVIII-XIX asrlarda Sharq va G'arbning mumtoz me'morligi;
-  Jahonning hozirgi zamon ilg'or me'morligining o'ziga xos
xususiyatlari.
Naturaga qarab tasvirlash
Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi:
1. Naturaga qarab rasm ishlash.  2. Naturaga qarab haykal ishlash.
1. Naturaga qarab rasm ishlash:
- hayotdagi estetik qiymatga ega bo'lgan narsalar, shuningdek qush,
hayvon, odam tuzilishi, shakli, rangi,  o'lchovlarini asliga yaqinlashtirgan
holda elementar tarzda rasmini ishlash;
- ayrim narsa va predmetlarni alohida yoki natyurmort tarzida rasmini
ishlash;
- rasmning qog'oz formati va o'lchovini to'g'ri olish;
- naturaning fazoviy holatini, undagi perspektiv qisqarishlarni
tasvirlay olish;
- naturaning estetik jihatlarini ko'ra bilish, rasmda ifodalay olish.
  2. Naturaga qarab haykal ishlash:
- hayotda mavjud qiziqarli,  jihatlari bilan kishi e'tiborini o'ziga
tortadigan hashoratlar,  qushlar, mayda o'lchovdagi hayvonlar, ularni
xarakterli holatda yumaloq va relefli haykalini loy yoki plastilin bilan
ishlash;
- ularning tuzilishi, shakli, hajmi, o'lchovlarini asliga yaqinlashtirgan
holda harakatsiz yoki harakatli tasvirlash.
3. Kompozitsion faoliyatning  mazmuni,  uning asosiy qoidalari
1. Rangtasvir kompozitsiya. 2. Dekorativ kompozitsiya.
3. Haykaltaroshlik kompozitsiya.


101
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Kompozitsiyaning uch turi bo'yicha ijodiy ishlarni bajarish:
- kompozitsiya haqida umumiy tushunchalar;
- kompozitsiyaning elementar qoidalari va  unga bo'lgan asosiy talablar.
Rangtasvir kompozitsiya:
- tevarak-atrofdan; shuningdek tarixiy voqea va hodisalardan,
ko'rinishlar, mehnat jarayonlarini kuzatish asosida olingan syujetlarni
ijodiy tarzda tasavvurdan tasvirlash;
- afsonaviy mavzularda, shuningdek boshqa sayyoralar,  suv ostidagi
hayot ko'rinishlarning fantaziya asosida rasmini ishlash.
Dekorativ kompozitsiya:
- dekorativ kompozitsiyaning o'ziga xos xususiyatlari;
- yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak, doira shaklida naqshlar ishlash;
- gazlama yoki gulqog'oz uchun bezak eskizini ishlash;
- kvadrat yoki to'rtburchak shaklidagi quticha tomonlari uchun naqsh
eskizini ishlash;
- tabiiy materiallardan kompozitsiya ishlash yo'llari va usullari;
- tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;
- milliy o'zbek liboslari eskizini ishlash;
- adabiy asarlarning mazmuni asosida kitoblarni ichki va tashqi bezak
eskizini ishlash;
- dazmol,  choynak uchun taglik, shuningdek, naqshli yoki ganchli
namoyon, panjara uchun eskizlar ishlash.
Haykaltaroshlik kompozitsiyasi:
- haykallarni yasashda turli elementlardan tashkil topgan
kompozitsiyalarni ijodiy tarzda tuzish;
- loy yoki plastilindan qiziqarli shaklda afsonaviy haykalchalar va
o'yinchoqlar yasash.
4-sinf
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:
-  ish qurollari va jihozlarini,  ular bilan ishlay olishni;
-  yil fasllarini kuzatish hamda undagi go'zalliklar haqida tushunchaga
ega bo'lish;
-  oddiy shakl va tuzilishdagi narsalarni to'g'ri tasvirlay olishni;


102
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-  bo'yoqlarni aralashtirib yangisini olishni;
-  berilgan qog'oz yuzasini bir me'yorda bo'yay olishni;
- asosiy va qo'shimcha ranglarni, iliq va sovuq,  axromatik va xromatik
ranglarni farqlay olishni;
- sodda mazmunda rasm chizish,  haykal (yumaloq va relefli) yasash,
bajara olishni.
Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:
-  narsalarni shakliga ko'ra  to'g'ri tasvirlash;
-  ranglarni tasvir ob'yekti (buyum)ga nisbatan to'g'ri qo'llash;
- mustaqil tarzda o'quv dasturidagi mavzular bo'yicha rangtasvir
janrlarida ijodiy faoliyat yuritish;
- tasviriy faoliyatni texnika havfsizligi, tartiblilik va ozodalik qoidalariga
amal qilgan holda tashkil etish;
-  turli shaklda ijodiy oddiy naqshlar chiza olishni;
- manzara va turmush janridagi asarlarning mazmunini o'qiy olishni.
Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
- tasviriy va amaliy san'atda ishlatiladigan 5-8 ta atama va tushunchalarni;
- manzara va turmush janrlarida rasm ishlaganda unga mazmunini
to'g'ri tanlay olishni;
- tasviriy san'at turlarini farqlashni;
-  15-20 ta atrofida rang nomlarini;
-  turli tasviriy ishlarni bajarganda texnika xavfsizligi va gigiyena
qoidalariga rioya qilishni.
5 -  sinf
San'atshunoslik asoslari:
-   tasviriy san'at turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik);
- tasviriy san'at janrlari (portret, manzara, natyurmort, batal,
animal, maishiy);
- san'at turlari va janrlari tarixi, zamonaviy holati, rassomlarning
hayoti, ijodi, asarlari;
- rangtasvirda ranglar, ularning xususiyatlari va texnologiyalari.
Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):
-  naturadan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik turlarida ishlash;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə