O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94

124
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
tuzilishi, makondagi holati, rangini rasmda to'g'ri tasvirlash malakalarini
o'stirish;
-
to'rtburchak, dumaloq shakllar haqida tushuncha hosil qilish;
-
tik, yotiq, qiya chiziqlar chizish malakalarini yanada o'stirish;
-
 tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanishga o'rgatish;
rangning och va to'q tuslarini ko'rish va aks ettira olish malakalarini
rivojlantirish (masalan, to'q qizil, och qizil);
-
bo'yoqlar bilan ishlaganda tasvirning zirh chizig'idan chiqib
ketmagan holda bo'yashga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
O'rik guli va bargi, kuzgi va bahorgi gullar, mevalar, hasharotlar,
o'yinchoq mashinalar, xalq amaliy san'ati buyumlari, loydan ishlangan
qush va hayvon o'yinchoqlarning o'ziga qarab rasmini ishlash.
b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)
-    o'quvchilarning loy va plastilin bilan ishlay olish malakalarini
yanada o'stirish;
-
naturadan, xotira va tasavvurdan, mavzu asosida haykalchalar
ishlashga o'rgatishni davom ettirish;
-
narsalarning hajmi, shaklini his qila olishga o'rgatish;
-
odam va jonivorlarning tana qismlaridagi o'zaro mutanosibliklarni
saqlagan holda haykalchalar yasash yuzasidan nazariy va amaliy
tushunchalar berish;
Namunaviy topshiriqlar
O'yinchoqlardan - tulki, tuya, echki, qo'chqor qo'y haykalchalarini
hamda o'yinchoq xo'roz relefini loy yoki plastilindan yasash.
Kompozitsion faoliyat (18 soat)
a) Rangtasvir kompozitsiyasi (6 soat)
-    o'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o'stirish;
-
o'quvchilarda tasviriy san'atdan maxsus bilimlarni tarkib topdirish;
-
 chizish va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'stirish;
-
qog'oz yuzasida kompozitsiya elementlarini maqsadga muvofiq
joylashtirishga, ularni o'lchov va rang jihatidan to'g'ri olishga o'rgatish;
-
 bo'yoqlar yordamida rasmdagi kayfiyatni (quvonchli, ma'yuslik,
tashvishli va boshqalar) ifodalay olish;
-
o'quvchilarda xotira va kuzatuvchanlikni o'stirish;
-
qog'oz yuzasini tasvir bilan mavzu mazmuniga muvofiq ravishda
to'ldirish va planlilikni tasvirlashga o'rgatish.


125
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Namunaviy topshiriqlar
"Shamol esyabdi", "Momaqaldiroq oldidan", "Shahrimiz ko'chalari",
"Oqshom", "Qish ziynati", "Varrak uchirish musobaqasi", "Qushlar
uya qurmoqda", "Daraxtlarning qishgi ko'rinishlari", "Bayram libosidagi
shahar", "Yelkanli qayiqlar musobaqasi", "Kuz ne'matlari", "Hosil
bayrami" mavzusida shuningdek, "Yaxshilikka yomonlik", "Shamol botir"
nomli ertaklar syujetlari asosida rasm ishlash. Navro'z-bahor bayrami.
"Qanotli do'stlar" mavzusida mustaqil ravishda va jamoa tarzida rasmlar
ishlash.
b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
-  dekorativ kompozitsiyalarda ritmning mohiyati, buyum bilan
uning bezagi o'rtasidagi bog'liqlik haqida dastlabki tushunchalar hosil
qilish;
-
o'quvchilarni birinchi sinfdagiga nisbatan yo'lsimon va to'rtburchak
shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan chuqurroq tanishtirish;
-
naqsh ishlash yuzasidan badiiy ijodiy qobiliyatlarni yanada
o'stirish;
-
o'zbek xalq amaliy san'atining eng muhim xususiyatlari bilan
tanishtirish;
-
 dekorativ kompozitsiyaning umumiy shaklini hisobga olib,
rasmni qog'oz betida to'g'ri joylashtirish yuzasidan bilim va malakalarni
mustahkamlash;
-
 o'zbek xalq amaliy san'ati an'analariga rioya qilgan holda dekorativ
ishlarga mos rang tanlashga o'rgatish;
-
mo'yqalam va bo'yoqlar bilan ishlash malakalarini o'stirish;
-
 bu sinflarda o'quvchilarga iliq va sovuq ranglar, rang tuslari,
xromatik va axromatik ranglar, ularning nomlari va tuslari haqida tushuncha
berish.
Namunaviy topshiriqlar
Yo'lsimon va kvadrat shakldagi naqsh namunalaridan ko'chirish. Turli
narsalar sirtini bezash uchun mustaqil ravishda yo'lsimon va kvadrat
shaklda naqshlar ishlash. S. Abduqahhorning "Uch jo'ja va o'rdakcha"
she'ri, "Qish ertagi", "Musavvir Qorbobo", xalq ertaklaridan
"Maqtanchoq quyon", "Bo'ri bilan tulki", "Qizg'anchiq it", "Bo'ri va
echki" kabi she'r, hikoya va ertaklar asosida rasm ishlash.


126
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
-   loy va plastilin yordamida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
o'stirish;
-
sodda mazmundagi kompozitsiyalar tuzishni o'rgatish;
-
o'quvchilarning dekorativ haykaltaroshlikning o'ziga xos
xususiyatlariga doir bilimlarini mustahkamlash;
-
bolalarning mustaqil ravishda ijod qila olish qobiliyatlarini o'stirish.
Namunaviy topshiriqlar
S. Abduqahhorning "Uch jo'ja va o'rdakcha" she'ri, shuningdek, "Bo'ri
bilan quyon" xalq ertagiga doir, shuningdek puflab chalinadigan hushtak
o'yinchoqlarni loydan dekorativ haykalchalarini yasash.
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at
asarlarining ro'yxati:
N. Karaxan. "Yoz oqshomi", "Bug'doyzor"; O'. Tansiqboev "Tog'dagi
qishloq", "Oqshom", "Issiqko'l oqshomi"; M. Novikov "Turkistonda
qish";Z. Inog'omov  "Bahor", "Arpa"; G'. Abdurahmonov "Paxtakor
stadioni"; R. Temurov "Paxta dalasida", "Oqshom"; Sh. Abdurashidov
"Baxmalda yoz"; I. Haydarov "Saraton"; P. Benkov "Registonda ilk bahor";
I. Limakov "Bizning ko'cha"; M. Novikov "Qish manzarasi";
K.Cheprakov "Mehmonga"; O. Tatevosyan "Bog' yo'li"; K. Yusupov
"Hunarmandlar shahri".
3-sinf
Borliqni idrok etish (3 soat)
Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan
iborat:
Qish faslidagi tabiat manzaralarining go'zalliklarini, uning o'ziga
xos xususiyatlarini idrok etish; tevarak-atrofdagi va tabiatdagi afsonaviy
go'zalliklarni ko'ra bilish va idrok etish; daraxt shoxi va ildizlaridagi qor
uyumlari va bulutlardagi turli shakllarni ko'ra bilishga o'rgatish,
kuzatuvchanlikni, fantaziyani, obrazli tafakkurni rivojlantirish; dekorativ
qush va hayvonlarni, baliqlarning o'ziga xos ranglarini, tuzilishidagi
go'zalliklarni idrok etishga o'rgatish; shahar va qishloq ko'rinishlarini
o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə