O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94

130
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Namunaviy topshiriqlar
Yaqin atrofdagi qurilishlar, ferma va paxtani qayta ishlash
korxonalaridagi turli ta'mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi
mehnat jarayonlarini idrok etish.
San'atni idrok etish (2 soat)
San'atni idrok etish mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
tasviriy san'at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika), rangtasvir
asarlarining asosiy janrlari (manzara, natyurmort) bilan tanishtirish;
bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish; tasviriy san'atni sevish va
uni qadrlashga o'rgatish; tasviriy san'at asarlariga nisbatan sezgirlikni
o'stirish va ular haqida mustaqil fikrlar bildira olishga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
Tasviriy san'at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) haqida
suhbat. Rangtasvir janrlari (manzara, natyurmort) haqida suhbat.
Haykaltaroshlik turlari (haykal, relef), Grafika (rasm, plakat, illustrasiya)
tasviriy san'atning bir turi. Qishloq joylardagi "bahorgi va kuzgi ishlar"
mavzusida suhbat o'tkazish va boshqalar.
Naturaga qarab tasvirlash (12 soat)
Naturaga qarab tasvirlash mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan
iborat:
a) Naturaga qarab rasm ishlash (7 soat)
Bolalar e'tiborini narsalarning simmetrik tuzilishiga, shakliga,
ranglarning go'zalliklariga jalb etgan holda savodli rasm ishlash
malakalarini takomillashtirish; bo'yoqlarning murakkabroq aralashmalari
va turlicha rang tuslaridan foydalanishga o'rgatish; bolalarning o'z tasviriy
imkoniyatlariga yarasha narsalarning soya va yorug' qismlarini,
bo'yoqlarning och va to'q tuslari yordamida ifodalay olishga o'rgatish;
narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlarini hamda o'lchov
nisbatlarini aniqroqroq tasvirlay bilishga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
Kuzgi gullar, gullayotgan daraxt shoxchasi, qovun, anor, choynak,
piyola o'yinchoq-toychoq kabilarni o'ziga qarab alohida yoki guruh shaklida
rasmlarini ishlash.
b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)
Tasvirlanayotgan narsalarning shakli, tuzilishi, hajmi va o'lchov


131
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
nisbatlarini his etish hamda ularni asliga yaqinlashtirgan holda tasvirlay
olishga o'rgatish; loy, plastilin kabi materiallar bilan ishlash malakalarini
yanada o'stirish; tasvirlanayotgan odam, hayvon, qush haykallarini yaxlit
yoki alohida-alohida loy (yoki plastilin) bo'laklaridan ishlash yo'llarini
o'zlashtirish; odam, hayvon va qushlarni harakatdagi rasmini to'g'ri
tasvirlashga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
O'yinchoq fil, jirafa, sher, xo'roz, hayvon va qushlarning o'ziga
yoki rasmiga qarab haykallarini ishlash.
Kompozitsion faoliyat (17 soat)
a) Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)
Atrof-muhitda ro'y berayotgan voqea va hodisalarni kuzatish;
kompozitsiya ishlashda detallarni asimmetrik joylashtirish, uning
muvozanatini saqlash qoidalariga rioya qilishga o'rgatish; rangtasvirda asosiy
bo'laklarni bo'rttirib ko'rsatishga o'rgatish (Rang, shakl, yorug'-soyalar
yordamida ajratib ko'rsatish va boshqalar); elementar tarzda chiziqli va
havo perspektivasi qoidalaridan foydalangan holda rasm ishlashga o'rgatish;
rangtasvirda jo'shqin harakatni, quvonchli kayfiyatni, mayus ob-havoni
turli vositalar (ranglar, shakllar) yordamida ifodalay olishga o'rgatish.
 Namunaviy topshiriqlar
"Mehmonlar me'morchilik yodgorliklari oldida", "Bahor keldi",
"Tog'larning bahorgi ko'rinishi", "Navro'z bayrami" (jamoa ishlari),
"Poyga", "Yomg'irli kun",  "Sport o'yinlari", "Vertolyot uchib keldi",
"Hindcha raqs", "Oltin fasl",  "Qovun sayli", "Shum bola"  mavzusida
rasm ishlash.
b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
Dekorativ bezak ishlarini bajarish orqali ijodiy qobiliyatlarini o'stirish;
o'zbek xalq amaliy san'ati bilan keng tanishtirish hamda dekorativ
ishlarda foydalanishga o'rgatish; qalam va bo'yoqlar bilan ishlash
malakalarini yanada o'stirish; ertak, hikoya, masallar asosida
illyustrasiyalar ishlaganda tasvirlanayotgan naqshlarning ma'no jihatdan
uzviy bog'liqlikda tasvirlashga o'rgatish; turmushda ranglarning tutgan
o'rni va ularning kishi ruhiyatiga, kayfiyatiga ta'siri haqidagi
tushunchalarini kengaytirish, tasviriy san'at asarlarida tasvirlangan voqea-
hodisalarning ta'sirchan chiqishida ranglarning ahamiyati to'g'risida
nazariy ma'lumotlar berish; havo perspektivasi haqidagi tushunchalarni


132
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
kengaytirish; ranglarning iliq va sovuq, to'q va och tuslarini o'z o'rnida
qo'llash haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Namunaviy topshiriqlar
O'zbek xalq amaliy san'ati namunalaridan doira, to'g'ri to'rtburchak
shaklida naqsh namunalaridan ko'chirish. "8-mart" bayramiga bag'ishlab
tabriknoma tayyorlash; "Sehrli gilamcha" mavzusida applikatsiya ishlarini
bajarish. O'zbek xalq ertaklaridan "Ur to'qmoq", "Susambil" va "Vafodor
it"  hikoyalari asosida rasm ishlash.
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
 Haykaltaroshlik kompozitsiyasini ishlaganda undagi detallarni o'zaro
bog'langan holda tasvirlashga o'rgatish; xalq hunarmandlari kabi
o'yinchoqlar yasash va bezashga o'rgatish, dekorativ relef ishlash
malakalarini rivojlantirish; hajmli dekorativ o'yinchoqlarning
haykallarini badiiy bezashda mo'yqalam va bo'yoqlar bilan ishlash
malakalarini yanada o'stirish.
Namunaviy topshiriqlar
"Afsonaviy dev", "Poyga", "Xokkey o'ynayotgan bola" mavzusida
(jamoa bo'lib va shaxsiy) haykallar ishlash.
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at asarlarining
ro'yhati:
A. Abdullaev "Shahlo" portreti; A. Mirzayev "To'y"; J. Umarbekov
"Qo'shiq"; A. Mirsoatov "G'azalkent chiroqlari"; Z. Inog'omov "Kuz";
O'. Tansiqboev "Chorvoq qurilishida"; J. Quttimurodov "Sohibjamol";
T. Muhamedov "Uch og'a ini botirlar", "Namaki" ertaklariga ishlangan
illustrasiyalar; Q. Basharov  "O'zbekistonning qo'shiq va o'yinlari",
"Hosil bayrami"; M. Nabiev "Zahiriddin Muhammad Bobur" portreti;
R. Choriev "Oq  tulporlar"; B. Jalolov "Ibn Sino"; I. Haydarov
"O'zbekiston kuzi"; A. Boymatov "Abu Ali Ibn Sino"; M. Musaboev
"Mirzo Ulug'bekka o'rantilgan yodgorlik"; D. Gorlov. I.Yefimov, A.
Komarov, V. Vatagin, L. Kazbekovlarning qush va hayvonlarni tasvirlovchi
rasmlari.
5-sinf
1 - chorak (9 soat)
Tasviriy san'atning ifodaviy vositalari.
Tasviriy san'atning ifodaviy vositalari, qalam tasvir-badiiy ijod asosi
sifatida, oq-qora grafikaning tasviriy-ifodaviy vositasi, hajm-
haykaltaroshlik asosi, rangtasvir xususiyatlari.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə