O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94

156
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
3- grafik ishning bundan oldingi 1-2 grafik ishlardan farqi, mazkur
ish mazmunida yuqoridagilarni mustahkamlash bilan birga ko`rinishning
yarmi (qismi) bilan qirqimning yarmi (qismi)ni birlashtirib tasvirlaydi.
4- grafik ishda sodda detallarning eskizi va texnik rasmi qirqim
qo`llangan holda bajarilib, mazkur mavzu bo`yicha 8-sinfda egallangan
bilimlar yuzasidan ko`nikma va malakalar hosil qilinadi.
5-grafik ishda boltli birikma uchta ko`rinishda va shpilkali birikma bitta
ko`rinishda bajariladi. Unda o`quvchilarga variantlar sonini ko`paytirish
maqsadga muvofiqdir.
6-grafik ish loyihalash elementlariga oid torshiriqlarga bag`ishlanadi.
Bunda berilgan vazifaga muvofiq narsaning shaklini va fazoviy holatini
o`zgartirib tasvirlash bo`yicha topshiriqlar bajariladi. Topshiriqlar
mazmunini murakkablashtirib yubormaslik tavsiya etiladi.
7-grafik ishda qurilish chizmachiligi bo`yicha bir qavatli uyning
plani, fasadi va qirqimi bajariladi.
8- grafik ish kompyuterda loyihalash, fazoviy holatini va detalning
reja bo`yicha qismini qisman o`zgartirishga oid ish bajariladi va natijasi
chop etiladi.
1-2- grafik ishlar bajarilgandan so`ng, birinchi chorakka, 3 va4
grafik ishlarning bajarilishiga qarab o`quvchilarning yarim yillik faoliyatiga
yakun yasalib hulosa chiqariladi.
5 va 6- grafik ishlar bajarilgandan so`ng uchinchi chorakka, 7 va 8-
grafik ishlaning bajarilishiga qarab ikkinchi yarim yillik bo`yicha
o`quvchilarning grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi. Mazkur
grafik ishlarning barchasi A4 format qog`oziga bajariladi va o`qituvchi
tomonidan  qabul qilinadi. O`quvchilarning  o`tilgan materiallar
yuzasidan nazariy bilimlari test sinovlari yordamida sinab ko`riladi.


157
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
MUSIQA MADANIYATI FANIDAN
DAVLAT TA`LIM STANDARTI
O`quvchilar "Musiqa madaniyati" faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma
va malakalarni egallashlari shart:
- har bir mahalliy uslubda o`ziga xos ijrochilik uslublari va cholg`u
asboblarini bilish;
- Farg`ona - Toshkent; Samarqand - Buxoro, Surxondaryo -
Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa
janrlari (doston, katta ashula, yallachilik) ni bilish;
- maqom haqida tushuncha, o`zbek maqomlari va ularni asosiy
turkumlari, Shashmaqom, uning cholg`u ashula yo`llari, Farg`ona -
Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg`u va aytish yo`llarini
bilish;
- O`zbekiston hududida mumtoz musiqaning ko`p tarmoqli va
mahalliy an`analarga ega ekanligi, ularning o`xshashligi va o`ziga xosligi,
mahalliy musiqiy an`analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va
kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo`lishini bilish;
- ikki ovozli qo`shiqlarni sof ohangda kuylash, major uch
tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o`ta olish;
- kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, o`zi va o`rtoqlari
ijro etgan qo`shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay
bilish;
- mashhur qo`shiq va ashulalar, yor-yorlar hamda ushshoqlarning
mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish;
- kuylash va tinglash madaniyatiga ega bo`lish;
- musiqa naqadar qadimiy san`at ekanligi, o`zbek xalq musiqasining
ildizlari uzoq davrlarga taqalib, asarlar, yillar davomida sayqal topib,
rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliy
qadriyatlarimizni o`zida aks ettirishini va nihoyat, o`zbek milliy
musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir
bo`lagi ekanligini tasavvur qila olish.
Musiqa madaniyati fanining maqsadi va vazifalari
O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni,
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari  asosida  ta`lim tizimida


158
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
ro`y berayotgan   o`zgarishlar   umumiy   o`rta   ta`lim   maktablaridagi
boshqa o`quv fanlari qatori musiqa madaniyati fanining o`qitilishini
ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Musiqa madaniyati fanining maqsadi: o`quvchilarning ma`naviy,
badiiy va ahloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g`urur va
vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va
badiiy didni o`stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va
tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.  Musiqa madaniyati va san`at
o`quv fani umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha o`quv
fanlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san`at, jismoniy tarbiya, mehnat
va boshqa fanlar bilan bog`lanadi.
Barcha o`quv fanlari qatori musiqiy ta`limda ham Davlat ta`lim
standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to`laqonli
foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo`shiqlarida,
xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari va bugungi zamonaviy musiqiy
faoliyatda o`z aksini topdi. Musiqa san`atining bu kabi imkoniyatlari
yangi avlodni tarbiyalash, ularning barkamol bo`lib etishishlarida o`ziga
xos va takrorlanmas manba bo`lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan,
o`zbek musiqa ta`lim-tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal
uslubiyatlari ustoz va shogird an`analari misolida takomillashib borgan.
Davlat ta`lim standarti ommaviy xalq musiqa pedagogikasi,
professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar)
asarlarining elementar asoslarini o`rgatishni me`yorlashtiradi.
Musiqa madaniyati fanining vazifalari: Davlat ta`lim standarti asosida
yangi ta`lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim, ko`nikma va
malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash,
obrazli tasavvur qilish,  ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy
va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta`minlaydi. Shu bois,
musiqa madaniyati ta`limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy
musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa
boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni
nazarda tutadi. Bunda o`quvchilar musiqa san`atini butun nafosati bilan
o`rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish,
yakka va jamoa bo`lib qo`shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik
malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Shuningdek, o`quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa
san`atiga mehr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san`atiga qiziquvchi


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə