O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94

150
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
inobatga olib, murakkablashtirilmagan holda ko`proq o`quv plakatlaridan
foydalanish lozim. Qurilish chizmalari bo`yicha esa binoning fasadi,
plani, qirqimi va chizmalarga o`lcham qo`yish yuzasidan ko`nikma va
malakalar berish nazarda tutiladi.
"Kompyuter" yordamida oddiy chizmalarni yasash bo`limi o`quv
materiallarini kompyuter texnikasi yordamida o`rganishga mo`ljallangan
bo`lib, unda o`quvchilar tekis va hajmli shakl tasvirlarini yasashga,
shuningdek, berilgan jismning fazoviy holatini va shaklini o`zgartirishga
o`rgatilishi nazarda tutiladi. Kompyuter texnikasi bilan ta`minlanmagan
maktablarda mazkur bo`lim uchun ajratilgan soatlardan 9-sinf dasturi
tarkibidan o`rin olgan o`quv materiallarni kengaytirish va chuqurlashtirish
uchun foydalanish tavsiya etiladi.
8-sinf
Kirish (1 soat)
Chizmachilik o`quv fani, uning maqsadi va vazifalari. Chizmalarning
inson amaliy faoliyatidagi ahamiyati. Chizma taraqqiyoti tarixidan.
Markaziy Osiyoda chizmalar taraqqiyotidan ma`lumotlar. Grafik tasvirlar
va ular haqida umumiy ma`lumotlar. Standartlashtirish haqida tushuncha.
Chizma buyumlar, asboblar va o`quv qurollari. Ish o`rnini tashkil
etish.
Chizmalarni taxt qilish qoidalari (2 soat)
Chizmalarni taxt qilishga qo`yilgan talablar. Chizma qog`ozlarning
o`lchamlari, bichimi (formatlar), uning hoshiyasi va asosiy yozuvi.
Masshtablar. Chiziq turlari. O`lcham qo`yish qoidalari.
Chizma  shriftlar (2 soat)
Shrift o`lchamlari. Bosh va yozma harflar hamda raqamlarning tuzilishi
va yozilishi.
Geometrik  yasashlar (7 soat )
Parallel va perpendikulyar to`g`ri chiziqlarni o`tkazish. To`g`ri chiziq
kesmasini teng bo`laklarga bo`lish. Burchak yasash. Qiyaliklar va
konusliklar. Muntazam ko`pburchaklarni yasash. To`g`ri, o`tmas va o`tkir
burchak tomonlarini tutashtirish. Aylana va to`g`ri chiziqni tutashtirish.
Ikki aylanani to`g`ri chiziq va yoy yordamida o`zaro tutashtirish.


151
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Proeksion chizmachilik  (14 soat)
Proyeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash. Oktant
va epyur haqida umumiy tushuncha (nuqta, to`g`ri chiziq va tekis
shakllarning proyeksiyalari). Narsani o`zaro perpendikulyar ikki
tekisliklarga proyeksiyalash. Narsani o`zaro perpendikulyar uchta
proyeksiyalar tekisliklarga (1-oktant) proyeksiyalash va tekis chizma
(epyur) hosil qilish. Geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari.
Ko`rinishlar va chizmalarni o`qish. Bosh va asosiy ko`rinishlar.
Mahalliy ko`rinishlar. Modelning asliga qarab uning ko`rinishlarini
chizish. Oddiy model chizmalarini tahlil qilish, geometrik jismlarga
ajratish va chizmalarni o`qish tartibi, qoidalari. Modelning berilgan
ikki proyeksiya bo`yicha uchinchi ko`rinishini yasash.
Aksonometrik proyeksiyalar (5 soat)
Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumot  va ularni
hosil qilish. Aksonometrik o`qlar va ularni yasash. Yassi shakllar va
aylananing aksonometriyasini yasash. To`g`ri burchakli izometrik
proyeksiyalar. Qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyalar.
Detalning eskizi va texnik rasmini  bajarish (3 soat)
Eskizlar haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari. O`quv
modellarining eskizlarini bajarish. Detallarning eskizi va texnik rasmini
bajarish.
9-sinf
Sakkizinchi sinfda o`tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish
(1 soat).
 Kesimlar va qirqimlar  ( 16 soat)
Chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi va kesim yuzasini
shtrixlash. Kesimlar haqida tushuncha. Chiqarilgan va ustiga qo`yilgan
kesimlar hamda ularning chizmada belgilanishi. Qirqimlar haqida umumiy
ma`lumotlar va ularning chizmalarda belgilanishi hamda joylashishi. Oddiy
qirqim va uning turlari. Mahalliy qirqim. Og`ma qirqim. Ko`rinishning
yarmi (qismi) bilan qirqimning yarim (qismi) birlashtirish. Murakkab
(pog`onali va siniq) qirqim. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqim bajarish.
Tasvirlarda kesim va qirqimlar talab qiluvchi detallarning eskizi va texnik
rasmini bajarish.
Chizmalarda  shartlilik  va soddalashtirishlar (1 soat)


152
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Ko`rinish, qirqimni tasvirlashda shartlilik va soddalashtirishlardan
foydalanish.
Loyihalash  elementlari  (3 soat)
Detalning shakli va fazoviy holatini o`zgartirishga oid mashqlarni
bajarish. Tarkibida   loyihalash  elementlari bo`lgan  ijodiy  grafik
masalalar  yechish
Mashinasozlik chizmalari  (7 soat)
Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar. Rezbalar va ularning turlari.
Chizmalarda rezbalarni tasvirlash. Rezbali birikmalarni chizish. Oddiy
yig`ish chizmalarini o`qish. Payvand va mixparchinli birikmalar.
Sxema  va  qurilish  chizmalari (3 soat)
Sxemalar va ularning turlari haqida ma`lumot. Oddiy kinematik,
elektr va radio sxemalar. Qurilish chizmalari haqida umumiy ma`lumot.
Binoning fasadi, plani va qirqimi. Qurilish chizmalariga o`lcham
qo`yishning o`ziga xosligi.
Kompyuterda  chizma  bajarish  (3 soat)
Tekis va hajmli shakl tasvirini yasash. Oddiy geometrik shakllardan
tuzilgan sodda detallarning proyeksiyalarini yasash. Berilgan jismning
fazoviy holatini hamda uning shaklini o`zgartirish.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9- sinflarida Chizmachilik
 o`quv dasturidan foydalanish yuzasidan tavsiyalar
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9 sinflarida chizmachilik
darslarini olib boruvchi o`qituvchilar mazkur o`quv dasturi tarkibidan
o`rin olgan mavzular mazmuni va ular yuzasidan berilgan tavsiyalar
bilan tanishib chiqishlari zarur. Dastur mazmunida aks ettirilgan
mavzularni ketma-ketlik tartibi va ular uchun belgilangan soatlar hajmi
imkon qadar o`zgartirilmasdan ilova qilingan taqvimiy-mavzuiy reja
asosida darslar olib borilishi tavsiya etiladi.
Sakkizinchi sinf dasturining kirish qismida chizmalar tarixiga alohida
e`tibor berib, O`rta Osiyoda chizmalarning shakllanishiga asos solgan
buyuk mutafakkir olimlardan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar
kabi buyuk ajdodlarimiz haqida ma`ruza qilinadi.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə