O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94

159
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
o`quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar
yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta`lim-
tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon
xalqlarining nufuzli durdona asarlari bilan tanishtiriladi.
II. O`quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
Musiqa madaniyati o`quv fanining mazmuniga bo`lgan talablar
nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi
mavzularni belgilaydi.
Boshlang`ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati,
musiqa ijrochiligi, ashula, xor, ansambl, orkestr bastakorlar va
kompozitorlar ijodini, o`zbek xalq cholg`u asboblarini bilish, mashhur
o`zbek xalq sozanda va xonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va
iboralari, musiqa janrlari, musiqada zamonaviylik va zamonaviy musiqa,
milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari kabi mavzular asosida milliy
musiqa madaniyatimizni o`zlashtirishni nazarda tutadi.
Bu mavzular dars jarayonida quyidagi o`quv faoliyatlarida nazariy va
amaliy mashg`ulotlar vositasida bajariladi:
1. Musiqa tinglash.
2. Jamoa bo`lib kuylash.
3. Musiqa savodi.
4. Musiqa ijodkorligi.
1. Musiqa tinglash ta`lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni
kuylash, tinglash  faoliyatlari vositasida o`rganish bilan bir qatorda
cholg`uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari bilan har
tomonlama o`rganish va o`zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash
imkoniyati yaratiladi. O`zbek xalq musiqasi, o`zbek bastakorlari va
kompozitorlarining musiqiy asarlaridan namunalar tinglanadi.
2. Jamoa bo`lib kuylash faoliyati o`quvchilarning musiqiy qobiliyati
hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa
bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z ovoz ijrosini boshqarishni va
ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat
jo`rnavozlik qilishga intiladi.
O`zbek xalq qo`shiqlari, o`zbek bastakorlari va kompozitorlari
qo`shiqlari, jahon va qardosh xalqlar kompozitorlari qo`shiqlari,
mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo`shiqlaridan namunalar
kuylaydilar.


160
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
3. Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat
sifatida muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, ijro
etish, musiqiy harakatlar) bo`lmasin, berilgan mavzudagi asar
o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi)
haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina
nota yozuvlarini o`rganishdan iborat bo`lmay, balki o`quvchilarning
umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim,
tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi,
ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz
musiqa, nota savodi) tashkil etadi.
Musiqa savodida musiqiy atamalar, an`analar, templar (sur`at),
intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili,
oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor ladi haqida tushuncha
beriladi.
Musiqa tinglash yakkanavozlik va jo`rnavozlikni ajrata bilish, ansambl
va orkestr ijrosini farqlay bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish,
musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O`zbek, qardosh va jahon xalqlari
bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash ta`lim mazmunini tashkil
etadi.
4. Musiqa ijodkorligi qo`shiq ijrochiligi, sozlar ijrochiligi, raqs
ijrochiligi, yakka va jamoa bo`lib ijro etish, xalq va kasbiy musiqa,
bolalar kuy va qo`shiqlari, ommaviy xalq kuy qo`shiqlari, maqom,
dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodini
bilish. Musiqaning ifodaviy tili: kuy, ritm-usul, sur`at, o`lchov, registr,
dinamik belgilar bilan tanishish. Major va minor ladlarini farqlay bilish.
Oddiy musiqa shakllari: bir qismli, ikki qismli va uch qismli musiqa
shakllari. Kupletli, rondo, sonata, syuitalar haqida tushunchaga ega bo`lish.
Musiqiy janrlar: ashula, raqs, vals, marsh kabi janrlarini farqlay olish.
Asosiy musiqiy faoliyat turlari: bastakor, kompozitor, ijrochi sozandalar
ijodi bilan tanishish. Ijrochilar: ansambl, orkestr, xalq va professional
sozandalar ijrochiligi haqida tushunchaga ega bo`lish. Xor ijrochiligi:
bolalar, ayollar, erkaklar  bilan tanishish. Partiya ovozlari: soprano,
alt, tenor, bas ovozlarini farqlay olish.
Musiqa  san`atining  boshqa  san`at turlari  bilan  bog`liqligi adabiyot,
kino, teatr kabi san`atlar bilan bog`liqligi. Atoqli o`zbek bastakorlari va
kompozitorlari, qardosh xalqlar kompozitorlari, atoqli o`zbek xalq
sozanda va xonandalari, mashhur ansambllari, orkestrlari va xor jamoalari


161
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
haqida tushunchaga ega bo`lishda ushbu san`at turlarini bilishning ahamiyati
katta.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`tiladigan barcha fanlar qatorida
o`quvchilar  musiqa madaniyati fanidan ma`lum  darajada bilim  ko`nikma
va malakalarga ega bo`lishi lozim.
1-sinf
Musiqa madaniyati  fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:
-Shoir va bastakorlarni bir-biridan farqi haqida tushunchaga ega bo`lish;
- musiqaning badiiy tavsifi (quvnoq,  sho`x,  g`amgin  va v.b.)ni
bilish;
- musiqaning tasviriy tavsifi (tabiat, o`yin, ertak, hazil,
o`yinchoqlar obrazlari, kundalik hayot) haqida tushunchaga ega bo`lish;
- nota    chizig`i,   skri pka   kaliti,  etti tovush  haqida    umumiy
tasavvurga  ega  bo`lish;
- musiqiy ifoda tavsifiga qarab ijro ti plari sust,  sekin,  o`rta va tez
suratlarda ijro etilishini bilish;
- kuyga tavsif berish (sekin, tez, sakramali) va unda nima
ifodalanganligini bilish;
xalq cholg`u asboblaridan doira, rubob, nog`ora, karnay bilan
tanishish;
tovushlarni baland va pastligi, yuqorilashib va pastlashib borishi,
uzun va qisqaligi haqida tushunchaga ega bo`lish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
- Asar ohangidan unda nima tavsiflanganligini, uning ifoda tavsifi
(quvnoq, sho`x, g`amgin, hazil va boshqalar ) orqali aniqlay olish;
- chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo`r
bo`lish;
- dirijorning "Diqqat", "Nafas" va "Tugatish" kabi asosiy ish oralariga
amal qila olish;
- notalar uzunligi (butun, yarim, chorak va nimchorak) haqida
tasavvurga ega bo`lish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
- Shoir va bastakorlarni bir-biridan farqlash;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə