O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94

133
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
2 - chorak (7 soat)
Tasviriy san'atda tabiat tasviri.
San'atning mohiyatini anglash tasviriy faoliyatning asosidir,
rangtasvirda manzara, grafikada manzara, tasviriy san'atda animalistik
janr.
3 - chorak (10 soat)
Buyumlar dunyosiga munosabat.
Rangtasvirda natyurmort, grafikada natyurmort, natyurmort-rangtasvir
kartinalarining bir qismi sifatida.
4- chorak (8-soat)
Insonga razm solish.
Tasviriy san'atda portret janri, haykaltaroshlikda portret,  grafikada
portret, rang tasvirda  portret.
6-sinf
1 - chorak (9 soat)
O'rta  asrlar san'atida inson go'zalligining tasvirlanishi.
O'rta asr san'atining usul va yo'nalishlari, haykaltaroshlikda lirika  va
dramatizm, inson tasvirining-asosiy mavzusi, qalamtasvir-
haykaltaroshlikda hajmlarning tasviriy ifodasi sifatida,  haykaltaroshlikda
hayvonot dunyosining tasviri.
2- chorak (7 soat)
Sharq san'ati.
Sharq miniatyura san'ati, miniatyura - kitob illustrasiyasi sifatida,
sharqiy Osiyoning badiiy madaniyati, yil fasllari manzarasi Xitoy va
Yaponiya rassomlarining sevimli mavzusi.
3-chorak (10 soat)
Dastgoh  rangtasviri.
Dastgoh rangtasviri tasviriy san'atning serqirra turlaridan biri sifatida,
natyurmort kompozitsiyasi, manzarada kayfiyat, tasviriy san'atda buyuk
siymolar tasviri. Portret va ikonografiya.
4-chorak (8 soat)
Tasviriy san'atda syujetli kartinalar.
Rangtasvirda syujetli kartinalar, syujetli kartinaning murakkab olami.


134
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Rassom kartina ustida qanday ishlaydi?  Rangtasvir ustalari, mening
san'atim  tengdoshlarim nigohida.
7 sinf
1 - chorak (9 soat)
San'atda oqim va yo'nalishlari: umuminsoniy va milliy xususiyatlar.
San'atda oqim va yo'nalishlar, impressionistik rangtasvir. Puantelizm,
tasviriy san'atda kubizm uslubi, tasviriy san'atda ramziy belgi va geraldika.
O'zbekistonning  amaliy bezak  san'atida ramziy shakllar.
2 - chorak (7 soat)
Amaliy bezak va dizayn san'ati.
O'zbekiston naqsh ramzlari, amaliy bezak san'atining  obrazli tizimi,
amaliy bezak san'atida shakl va mazmun, dizayn san'ati.
3 - chorak (10 soat)
Me'morlik san'ati.
O'zbekistonning me'moriy  yodgorliklari, sharq me'morligi, men
istagan shahar, me'moriy manzara.
4 - chorak (8 soat)
Kitobat san'ati.
Kitobat san'ati sintetik san'at turi sifatida: rassom-yozuvchi-noshir,
kitobat san'atining badiiy grafik - elementlari, kitob illyustrasiyasi,
maket va uning konstruktsiyasi.


135
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
CHIZMACHILIK FANIDAN
DAVLAT TA`LIM STANDARTI
O`quvchilar chizmachilik faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va
malakalarini egalashlari  shart:
- to`g`ri burchakli proyeksiyalash asoslari to`g`risida tushunchaga
ega bo`lish;
- chizmalarni bajarish va tutashmalarni yasash usullarni bilish;
- chizmachilik asboblaridan ratsional foydalana olish;
- buyumlarning asliga qarab uni tahlil qila olish;
- detal chizmasiga qarab  geometrik tahlil qilish;
- sodda buyumlarning chizmasi, eskizini bajarish va o`qiy olish;
- chizmalarda kesimlar va qirqimlarni bajarish hamda  belgilashning
asosiy qoidalarini bilish;
- yig`ish va qurilish chizmalarini o`qish to`g`risida umumiy
tushunchaga ega bo`lish;
- detallarning asosiy birikmalarini bilish hamda, chizmalarini chizish
va o`qiy olish;
- oddiy qurilish chizmalarini o`qiy olish.
I.  Davlat ta`lim standartiga sharh
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida chizmachilik  kursi ta`limning
umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o`quvchilarning
tabiat va texnikani ko`rgazmali idrok etishiga, predmetlarning tuzilishini
va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishiga, ko`z bilan ko`rib
bo`lmaydigan jarayonlar va xodisalarni sinchiklab o`rganishga yordam
beradi. Shuningdek, chizmalarni o`qish va bajarish orqali bolalarning
fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijod, bunyodkorlik,
loyihalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
Maktab chizmachilik ta`limining maqsadi o`quvchilarni murakkab
bo`lmagan texnik chizmalarni bajarish, o`qish va o`z fikrini grafik
tasvirlar vositasida ifoda etishga o`rgatishdan iborat.
O`quvchilar chizmachilik asoslariga oid quyidagi bilim, ko`nikma va
malakalarni egallashlari shart:
II.  Chizmachilik ta`limining maqsadi va vazifalari
1. O`quvchilarda chizmalarni taxt qilish qoidalarini  va chizma


136
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
asboblaridan o`z o`rnida foydalanish malaka va ko`nikmasini hosil qilish.
2.  Bolalarda ish o`rnini to`g`ri tashkil etish, intizom va ijtimoiy
mulkni asrab-avaylash kabi fazilatlarni tarbiyalash.
3.  Geometrik yasashlar, sirkul va lekalo yordamida bajariladigan egri
chiziqlar bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish.
4.  Proyeksiyalash usullarini o`rganish, murakkab bo`lmagan
detallarning to`g`ri burchakli hamda aksonometrik proyeksiyalarini
bajarish ko`nikmalariga ega bo`lish.
5. Chizmalar tarkibini tahlil qilish va o`qish malakalarini hosil
qilish.
6. O`quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda grafik tafakkurini
rivojlantirish.
7. Chizmalarda kesim, qirqim shartliliklar va soddalashtirishlardan
foydalana olishga o`rgatish.
8. Kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash ko`nikmalarini
shakllantirish.
9.  Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, yig`ish chizmalari bo`yicha
umumiy tushunchalar berish.
10. Qurilish va sxema chizmalarining asoslari bilan tanishtirish.
11. Ma`lumotnoma adabiyotlardan foydalana bilishga o`rgatish.
 Mazkur Davlat ta`lim standarti  o`quvchilarga beriladigan bilim,
ko`nikma va malakalarning me`yorini belgilaydi, chizmachilik oldiga
qo`yilgan vazifalarni bajarishni ta`minlash  va nazorat qilishni amalga
oshiradi.
O`quvchilarning grafik tayyorgarlik darajasiga qo`yilgan talablar
majmuasini belgilab beradi.
"Chizmachilik" kursining mazmuni ilmiy fanlar "Chizma geometriya"
va "Muhandislik grafikasi" bilan aniqlanadi.
Hozirgi zaman chizmalarini tayyorlash va o`qish uchun zarur bo`lgan
bilimlardan kelib chiqib, umumiy o`rta ta`lim maktablarida grafik
ta`limning mazmunini aniqlashda quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Umumiy o`rta ta`lim maktablari chizmachilik kursining mazmuni
didaktik prinsi plardan kelib chiqib,  chizmalarni o`qish  va bajarish
bo`yicha standartlashtirilgan (fazoviy yechimlar uchun zarur bo`lgan
chizma  geometriyaning klassik metodlari bularning nazariy asosidir).
2. Grafik va amaliy ishlar mazmunini chizmalarini o`qishga hamda
ta`lim jarayonida loyihalash masalalaridan foydalanilgan holda xalqaro


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə