Oila – ma’naviy va mafkuraviy tarbiya maskani. Yosh oila himoyaga muhtojmi yoki paternalizmning mohiyati. Yosh oila salomatligi omillari



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə4/9
tarix24.02.2022
ölçüsü46,4 Kb.
#84081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila tarbiya maskani

Paternalizm (lotincha. Pater – ota, paternus otalarcha,) – kishilar ongiga “otalarcha g’amxo’rlik” va “ijtimoiy sheriklik” g’oyasini singdirishga qaratilgan qarash va faoliyat majmui. Oila muhitidagi paternalizm – otaning yoki oila boshlig’i sanalgan avtoritetli shaxsning obro’-e’tiborliligi, farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi o’z o’rni va ma’suliyatini anglashi, buning oila a’zolari tomonidan ongli e’tirof etilishidir. Bundan tashqari, ushbu tushuncha oiladagi keksalar, qariyalar, yoshlar yordamga muhtojlar yoki iqtidorlilarga hamisha ko’maklashish, ular uchun yetarli hayot sharoitini ham nazarda tutadi. Paternalizm g’oyasi o’zida insonparvarlik, hamkorlik g’oyalarini ifodalab, xalqning umumiy qiziqish va intilishlarini aks ettirgani uchun ko’p hollarda jamiyatni birlashtirib, uning ravnaqi uchun xizmat qiladigan omil hisoblanadi, bu tom ma’noda mohiyatan o’zbek oilalarida o’z ifodasini saqlab qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoiylik”, “vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka g’amxo’rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi. Bunday tushuncha va g’oyalar odatda kattalar – ota-onalar oilasidan yoshlar oilasiga o’tib, uning mavjud an’ana va urf-odatlarining tarkibiy qismlaridan biriga aylanadi. Lekin psixologik nuqtai nazardan tahlil etilganda, barcha davrlar va zamonlarda ham yosh oila kategoriyasi o’ziga xos tarzda o’rganilgan va u nimasi bilandir albatta kattalar oilasidan farq qilgan. Zero, har bir alohida olingan ijtimoiy-tarixiy davr o’zining rivojlanish xususiyatlariga ega. Va bu holat albatta, uning dastlabki kichik bo’g’ini bo’lmish oilada o’z aksini topadi. Umuman, oila-nikoh munosabatlarini muvofiqlashtirish, oila institutini tom ma’noda fuqarolik jamiyatining muhim bo’g’ini sifatida qadrlash psixologiyasini aholi ongi, birinchi navbatda, yoshlar ongiga singdirishda quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim:



  1. jamiyatda oilaviy turmush tarzining afzalligi to’g’risida ijtimoiy fikrni barqarorlashtirish va uning salohiyatini oshirish;

  2. ijtimoiy-foydali mehnat turi bilan shug’ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo’lgan to’liq oila modelini, ya’ni, ota-ona va ular tarbiyalaydigan bir nechta sog’lom va aqlli farzandlar muhitini keng targ’ib etish;

v) oilada sog’lom turmush tarzini targ’ib etishda ota-onalik ma’suliyatining ustuvorligini ta’minlash;

g) oilaviy shajaralarni tiklash, uning nodir va milliy qadriyat darajasida e’zozlanadigan an’analarini jamiyat madaniyatining ajralmas bo’lagi sifatida idrok etish, oilaning milliy an’analar, urf-odatlarni asrlar davomida saqlovchi maskan sifatidagi mavqeini targ’ib etish;



  1. yosh oilaning iste’molchilikdan ijtimoiy faol shaxslar ittifoqi tarzidagi maqomga yo’naltirish, yosh oilaning xo’jalik-iqtisodiy va tarbiyalavchi vazifalarini ustuvor bilish;

  2. jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda oilaning davlat bilan ijtimoiy hamkorligini mustaxkamlash;

j) oilaning o’z funksiyalarini o’zi bajarishiga yo’nalgan modelini qo’llab quvvatlash.

O’zbekistonda yildan yilga nikohga kirish istagini bildirayotgan yoshlar hisobiga yosh oilalar miqdori ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga e’tibor bersak, mustaqillik yillarida aholining tabiiy o’sish sur’atlari va tug’ilish koeffisentlari kamayib ketayotganligiga qaramay, nikohga kirish koeffisenti ortib borayotganligini ko’rish mumkin. Masalan, o’tgan 2010- yilning o’zida yurtimizdagi FXDYo idoralari tomonidan qayd etilgan nikoh, oldingi yillarga nisbatan ancha ortiqdir.





Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə