Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Декабрь
, 2022
861
OILADA BOLA TARBIYASI MASALASINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK TOMONDAN
O`RGANILISHI
Do`sjonova Nilufar Rustam qizi
3-bosqich. Bakalavr
Ajiniyoz Nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Annotatsiya:
Maqolada oila haqida sharq va ga`rb mamlakatlaridagi ta`lim-tarbiya,
mutafakkir olimlarimizning oilaviy hayot borasidagi tasavvurlari, bolalarni qanday
tarbiyalash kerakligi, ularni hayotga tayyorlash sirlari hamda bugungi kundagi zamonaviy
oila haqidagi qarashlar yoritib o`tilgan.
Kalit so`zlar:
Oila, oila pedagogikasi, oila psixologiyasi, chet el, Qadimgi Yunon va Rim
mutafakkirlari, rus pedagoglari. «Qur’oni Karim » va hadislar, “Avesto”, grammatist,
kiforist, didasko, pedagog, palestra, efebiya, efeblar, didaktika.
«Bola tug‘ilgan kundan boshlab, oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar,
qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhim
farzandlar oilaviy hayot
maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi his etadi».
(O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov)
Jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er va xotin, oila
a’zolarining o‘zaro munosabatlari bilan bog’liq bo‘lgan muammolar aynan oila negizida
yuzaga keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar
masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o’rganilib
kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu
qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga
havola etish orqali oila, o‘zaro munosabatlar
muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon
jamiyatning eng ilg‘or kishilari, olimlar, buyuk allomalar
va donishmandlarning diqqat
markazida asosiy masalalardan bo`lib kelgan.
Oila va undagi bola tarbiyasi G`arb mamlakatlaridan biri bo`lgan Yunoniston hamda
uning shaharlaridan boshlanadi. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va
dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. U yerdagi
tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo‘lib, uning asosiy maqsadi
spartaliklarning bolalarini
baquvvat, jismoniy sog`lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat
muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy
sog`lom bo‘lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka
chidashga, og`riqqa bardosh 18 berishga o‘rgatilar edi. Ta’limning
asosiy qismini harbiy
gimnastika mashqlari egallar edi. Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta