Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Denov Tadbirkorlik va pedagokika instituti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi 1-bosqich 2i-22 guruh talabasi Isayev Diyorbekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Mustaqil ishi



Yüklə 114 Kb.
səhifə5/9
tarix11.05.2023
ölçüsü114 Kb.
#109587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish 9 (1)

Aholi va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Bu o’rinda ikki holni qayd etish lozim; birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak . Masalan , tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining ko’p bo’lishi shart emas, ularga ‘’oz va soz’’ malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxona va tarmoqlar ( radio va asbobsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o’xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy- texnik markazlarga joylashtiriladi. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir . Bu omilning roli esa hozirgi kunda , xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo’lgan oziq – ovqat , kiyim – kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste’mol omili oziq – ovqat korxonalarini o’ziga ‘’tortadi’’ , ya’ni bunday zavod va fabrikalari bevosita aholi yashovchi maskanlarga joylashtiriladi.
Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi , ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarda qurilishini nazarda tutadi. Masalan , qishloq xo’jaligi mashinasozligi o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos mashinasozlik tarmog’I yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holder. O’zbekistonda paxta teruvchi , Belarusda kartoshka teruvchi , Ukrainada qand lavlagi teruvchi , Gruziyada choy teruvchi mashinalarini ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek , boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda bo’lishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə