Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə41/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat uchun savollar:


  1. Materik iqlimining shakllanishida okeanlarning ta’siri qanday bo’ladi?

  2. Materik iqlimiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida ma’lumot bering?

  3. Avstraliyada qanday iqlim mintaqalari shakllangan?

  4. Materikda harorat va yog’in miqdori qanday taqsimlangan?



    1. AVSTRALIYA MATERIGI ICHKI SUVLARI


Tayanch so’z va iboralar: oqim, oqim qalinligi, okean havzasi, sersuv daryo, ostona, sharshara, Kriklar, daryo o’zani, daryo marzalari, Murrey-Darling, Eyr ko’li, Katta Artezian havza.
Avstraliya materigi va unga yaqin orollardagi gidrografik oqim xususiyatlari turlicha bo’lib, Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya daryolarining oqim hajmi 1600 km3 ga, oqim qalinligi esa 184 mm ga teng bo’lib, Afrika materigidagi oqim qalinligidan salgina ko’p. Birgina Avstraliyaning oqim hajmi atigi 350 km3, oqim qalinligi 46 mm, ya’ni boshqa materiklardagidan bir necha barobar kam. Bunga sabab materikning katta qismiga yog’in kam tushadi, materikda baland tog’lar va doimiy muzliklar kam rivojlangan. Avstraliyaning 60% maydoni ichki oqim havzasiga qaraydi. Hududining taxminan 10% i Tinch okean havzasiga, qolgan qismi Hind okeani havzasiga qaraydi. Materikning bosh suvayirg’ichi Katta Suvayirg’ich tizma bo’lib, uning yonbag’irlaridan eng katta va sersuv daryolar oqib tushadi, bu daryolar deyarli butunlay yomg’ir suvidan to’yinadi. Tizmaning sharqiy yonbag’ri qisqa va tik bo’lganligidan Marjon va Tasman dengizlariga qisqa, tez oqar va egri-bugri o’zanli daryolar oqib tushadi. Bular yil bo’yi har holda bir tekisda to’yinganligidan Avstraliyaning eng sersuv daryolari hisoblanadi, bu daryolarda yozgi maksimum oqim aniq ifodalangan. Ba’zi bir daryolar tog’ tizmalarini kesib o’tib, ostona va sharsharalar hosil qiladi, daryolarning uzunligi (Fitsroy, Berdekin, Xanter) bir necha yuz kilometrga yetadi.
Ularning ba’zi birlarida quyi oqimida 100 km va undan ortiq masofada kemalar qatnaydi hamda quyar joyiga okeandan kemalar kirib kela oladi.
Shimoliy Avstraliyaning Arafur va Timor dengizlariga quyiluvchi daryolari ham sersuv. Bular orasida Katta Suvayirg’ich tizmaning shimoliy qismidan oqib tushadiganlari ancha katta daryolar hisoblanadi. Avstraliya materigi shimol qismining daryolari yozgi va qishki yog’inlar miqdorining keskin farq qilganligi sababli, sharqdagi daryolarga nisbatan ularning rejimi doimiy emas. Ular yozgi musson yomg’irlari vaqtida to’lib oqadi va ko’pincha qirg’oqdan chiqib toshadi. Qishda ular kambar kichik oqimlarga aylanadi va yuqori qismlari ba’zi joylarda qurib qoladi. Shimolning eng yirik daryolari bo’lgan Flinders, Viktoriya, Ord daryolarining quyi oqimida yozda bir necha o’nlab kilometr masofada kemalar qatnaydi.
Materikning janubi-g’arbida ham doimiy oqar suvlar bor, ularning hammasida oqim juda beqaror va yozgi qurg’oqchilik faslida ayrim qismlarida ifloslangan bir qancha ko’lchalarga aylanib qoladi. Avstraliyaning ichki cho’l va chalacho’l qismlarida doimiy oqar suvlar yo’q. U yerlarda plyuvial davrdagi nam sharoitda tarkib topgan, qadimda rivojlangan oqar suvlar shohobchalarining qoldiqlaridan iborat quruq (kriklar) o’zanlar mavjud. Bu quruq o’zanlar yomg’irlardan keyin qisqa muddatga suvga to’ladi. Kriklar Markaziy tekislikda ko’p, bu yerda ular oqmas, qurib qoladigan Eyr ko’li tomonga yo’nalgan. Nallarbor karst tekisligida hatto vaqtli oqar suvlar ham yo’q, bu yerda oqimi Katta Avstraliya qo’ltig’i tomonga yo’nalgan yer osti suvi oqimi shakllangan.
Avstraliyaning eng katta daryo tizimi Murrey (Marri)-Darling tizimidir. Bu daryolar Katta Suvayirg’ich tizmadan oqib tushib, janubiy pastekislikda bir-biri bilan qo’shiladi. Murrey Darlingga nisbatan qisqa bo’lsa ham, unga qaraganda ancha sersuv bo’lganligidan bu tizimning asosiy daryosi hisoblanadi. Murreyning uzunligi 2570 km, Darlingniki 2830 km, ikkala daryo havzasining maydoni 1072 ming km2, Murreyning Darling quyilganidan quyiroqdagi o’rtacha suv sarfi 270 m3/sek. Murreyning ikkinchi yirik irmog’i Mirrambijining uzunligi 1690 km ni tashkil qiladi.
Murrey-Darling daryo tizimiga kiruvchi barcha daryolarning rejimi juda notekis. Ular asosan yomg’ir suvi hisobiga to’yinadi va qisman Avstraliya Al’p tog’lariga yog’adigan qordan suv oladi. Shu sababli oqim maksimumi yozga to’g’ri keladi, bu vaqtda Murrey va Darling daryolari sathi ko’tariladi hamda ular yassi pastekislikda toshadi, ba’zan halokatli toshqinlarga sabab bo’ladi. Shu bilan birga daryolar juda ko’p miqdorda nuroq jinslarni oqizadi va daryo o’zani bo’ylab yotqizib, marzalar hosil qiladi. Marzalar bosh daryoga irmoqlarning quyilishini qiyinlashtiradi. Tekislikda daryolar o’zanlari ilonizi shaklida va ko’p tarmoqlarga bo’linib oqadi. Murrey va Darling oralig’idagi butunlay daryo keltirmalaridan tuzilgan yerlarni tarmoqlar turli tomonga kesib o’tgan va yozgi toshqin vaqtida bu yerlarni suv bosadi. Qishki quruq davrda Murrey havzasidagi daryolar juda sayozlanib qoladi. Bosh daryo sathi juda pasayadi, biroq odatda daryoda doimiy suv oqimi saqlanadi. Faqat juda ham qurg’oqchil kelgan yillardagina Murreyning yuqori oqimidagi ayrim qismlari butunlay qurib qoladi.
Murrey-Darling tizimining daryolari katta xo’jalik ahamiyatiga ega. Ularning suvidan pastekislikning serhosil, lekin qurg’oqchil yerlarini sug’orishda keng foydalaniladi, shu maqsadda yirik suv omborlari qurilgan. Daryolarning beqaror rejimi va juda ko’p oqiziq yotqizishi kema qatnovini qiyinlashtiradi. Masalan, Murrey daryosining quyar joyi oqiziq jinslarning ko’pligi, dengiz kemalari bu yerga butunlay kela olmaydi, Darlingning quyi qismida kichik kemalar qatnay oladi.
Avstraliyada ko’llar ko’p bo’lib, ko’p hollarda ular oqmas va sho’r ko’llar, ularning ko’plari esa faqat yomg’irdan keyin suvga to’ladi. Materikning eng katta ko’li - Eyr-Nord (maydoni 15000 km2) Markaziy tekislikda joylashgan. Uning suv sathi okean sathidan -16 m pastda joylashgan. Ko’l joylashgan botiq o’lka uchun oqim markazi bo’lib, vaqtli oqimlar kriklarning (Kupers, Dayamantina, Eyr va boshq.) butun bir tizimini qabul qiladi. Ko’l kamsuv, juda sho’rlangan, uning maydoni hamda qirg’oq tuzilishi doimiy emas va tushadigan yomg’irlarga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Yomg’ir tushgan davrida kriklar ko’lga tog’lardan ko’p miqdorda suv keltiradi va ko’l suvga to’ladi. Eng sernam yillarda Eyr ko’li maydoni kengayadi. Yilning katta qismini o’z ichiga oladigan qurg’oqchil davrda kriklar suv keltirmaydi, ko’ldagi suv bug’lanadi va u sayoz suv havzalariga bo’linib ketadi, bu havzalarni tuz qoplagan yerlar bir-biri bilan tutashtirib turadi. Oqmas sho’r ko’llarning katta qismi materik janubida joylashgan. Bular Torrens, Gerdner, From va boshqa ko’llar bo’lib, ular yilning quruq davrida sayozlanib, ayrim suv havzalariga bo’linib ketadi va kuchli yomg’irlardan keyin atrofga toshadi. Bu ko’llarning hammasini keng sho’rxok yerlar o’rab olgan. G’arbiy Avstraliya yassi tog’ligida oqmas ko’llar ko’p. Ular jala yomg’irlardan keyin suvga to’ladi, yilning ko’p qismida esa qurib qolgan sho’rxoklardan iborat bo’ladi.
Avstraliyaning yer usti suv havzalarining suv resurslari materikda yashaydigan aholining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yetmaydi, buning ustiga materikning ko’p suv havzalari sho’rlangan. Avstraliya yer osti artezian suvlarining katta zahirasiga ega. Materikdagi fundamentning sinklizalarida joylashgan ko’p artezian havzalari o’rganilgan va ulardan keng ravishda foydalaniladi. Kuchli darajada minerallashganligi tufayli bu suvlar ichishga va dalalarni sug’orishga uncha yaramaydi. Dunyoda eng yirik hisoblangan Katta Artezian havza Karpentariya qo’ltig’idan Darling havzasigacha cho’zilgan. Avstraliyadagi artezian quduqlarining umumiy soni 6500 ga yaqin deb hisoblanadi (Ilova, 4-rasm).



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə