Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə49/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Okeaniya orollari qanday orollar guruhiga kiritiladi?

  2. Orollar tabiatiga, iqlimi va organik dunyosiga tavsif bering?

  3. Okeaniya orollarining o’ziga xos tomonlariga tavsif bering?

  4. Orollar tabiati bir-biridan qanday farq qiladi?

III BOB. ANTARKTIDA MATERIGI




Umumiy ma’lumotlar:
Antarktida maydoni (orollar va shel’f muzliklari bilan birgalikda)
– 14 000 000 km2
Dengiz sathidan eng baland nuqtasi – Vinson massivi, (Elsuert tog’lari), 5140 m
Dengiz sathidan eng past nuqtasi – Eyr-Nort ko’li, -16 m Materikning chekka shimoliy nuqtasi – Sifre burni (71°41/ sh. k)
Muz qoplamining o’rtacha qalinligi – 2040 m
Yer sharidagi eng past harorat “Vostok” ilmiy stansiyasi -89,20C
    1. ANTARKTIDA MATERIGI TABIATI, MATERIK KASHF ETILISHI, GEOGRAFIK O’RNI VA OKEAN QISMLARI




Tayanch so’z va iboralar: Antarktida, Antarktika, Janubiy qutb, Muz Antarktida, Tosh Antarktida, shel’f, Elsuert, aysberg, Xalqaro geofizika yili.

Antarktida janubiy yarimshardagi boshqa materiklardan minglab km uzoqda joylashgan. Uning yagona Antarktika yarim orolining chekka nuqtasidan Janubiy Amerikagacha bo’lgan eng yaqin masofa 1000 km dan oshadi. Materik deyarli butunlay Janubiy qutb doirasi ichida joylashgan.


Materikning qutb doirasining ichida va boshqa materiklardan uzoqda joylashganligi tabiiy sharoitining o’ziga xos hamda juda qattiq ekanligiga sabab bo’lgan. Antarktidaning asosiy xususiyati uni qalin materik muzligi bilan qoplaganligi, bu muzlik ba’zan kichrayib, ba’zan kattalashib, neogen davridan buyon shakllanib kelgan. Materikning muz qalqoni Muz Antarktida, uning tagidagi quruqlik Tosh Antarktida deb ham ataladi.
Materikning deyarli barcha qismi muz qalqoni bilan qoplangan, faqat chekka qismlarida muz bilan qoplanmagan ayrim tor cho’qqilari muzlik ustidan ko’tarilib turadi. Materik muzligi faqat materik yer yuzasini qoplamasdan unga yaqin ko’p orollarda ham uchraydi. Muzlik materik atrofidagi dengizlarda shel’f muzliklarini hosil qilgan. Ba’zi joylarda muz tagi dengiz sathidan ancha past (-2555 m) da joylashgan. Materik muzi va shel’f muzi tagidagi quruqlik maydoni, orollar bilan birga 14 mln. km2 ga teng bo’lib, taxminan 10% shel’f muzliklariga to’g’ri keladi. Muz bosmagan maydon 2500 km2 yoki materik maydonining 0,2% iga teng. Antarktidadagi muz qoplamining qalinligi o’rta hisobda 1720 m, eng qalin joyi 4000 m ga yetadi, shu muz qoplami hisobiga materikning o’rtacha balandligi 2040 m, bu esa qolgan barcha materiklarning o’rtacha balandligidan uch marta ortiq hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, materik muzining umumiy hajmi 24 mln. km3, ya’ni Yer sharidagi hozirgi zamon muzliklarining 90% ini tashkil etadi.
Materik muz qalqonining ustini qor qoplagan bo’lib, qor ostida firn muzliklari shakllangan va katta chuqurlikda qalin muzlik joylashgan. Muzni keng va chuqur yoriqlar kesib o’tgan, odatda bunday yoriqlarni zich qor ko’prik qoplagan. Antarktida muzliklari ba’zi joylarda dengizga qiya, ba’zi joylarda tik jarlik hosil
qilib tushib, ayrim yerlarda balandligi o’nlab metr keladigan to’siqlar hosil qiladi. Shel’f yoki materik muzlarining bunday jarliklari ko’p joylarda Antarktida qirg’og’i bo’ylab yuzlab kilometrga cho’zilgan. Eng yirik shel’f muzligi Ross dengizining janubiy yarmini qoplagan. Uning tik shimoliy chekkasining uzunligi 950 km ga yetadi, Ross to’sig’i deb ataladigan tik muz jarligining balandligi ba’zi joylarda 70 m dan ham oshadi. Muzlik osti rel’efining past yerlari orqali muz ichki hududlardan okean tomonga oqadi. Bu muzlarning harakat tezligi yiliga 1000-1500 m ga yetadi. Muz yog’inlar hisobiga to’xtovsiz qalinlashib boradi, muz erishga juda kam sarf bo’ladi.
Muzlikning chekka qismlarida muzdan holi maydonlar ham mavjud, ular Antarktida vohalari deb ataladi. Maydoni yuzlab kvadrat kilometrga yetadigan bu vohalar hamma tomondan muzlar bilan o’ralgan, yozda bunday vohalarda qor bo’lmaydi va ba’zan qor erishidan hosil bo’lgan kichik ko’llar ham uchraydi. Vohalarda yer yuzasidagi havo harorati musbat bo’ladi, lekin bir necha metr balandlikda keskin pasayadi. Vohalarning vujudga kelishiga balandroq yerlarni muz aylanib o’tib, uning ustini qoplamasligi sabab deb taxmin qilishadi. Materik muzligi chekka qismining ba’zi bir yerlarda vohalarning ko’p bo’lishiga sabab, bu yerlardagi muzliklar materik ichki qismidan muz oqib kelishi hisobiga mavjud ekanligidir.
Materikning g’arbiy chekkasini Antarktika And tog’lari tuzilishi va geomorfologik jihatdan Janubiy Amerika And tog’larining davomi bo’lgan tog’ tizimi egallagan. Bu tog’ tizimi Antarktika yarim oroli va unga yaqin joylashgan Meri Berd Yeri oroli orqali cho’zilib, Eduard II yarim orolida tugaydi. Bu tog’ tizimining katta qismini materik muzligi qoplagan, lekin balandligi 3000-4000 m dan ortiq bo’lgan eng baland cho’qqilar muz ustidan ko’tarilib turadi, ularda katta tog’ muzliklari bor. Elsuert Yerida tog’lar eng baland ko’tariladi, bu yerda Antarktidaning eng baland cho’qqisi - Vinson tog’i (5140 m) joylashgan. Tog’lar mezozoy erasining kuchli metamorfiklashgan yotqiziqlari va vulkan jinslaridan tuzilgan. Tog’larning tuzilishida yoriqlardan neogen oxiridan boshlab oqib chiqqan lavalar katta rol o’ynaydi. Sharq tomondan tog’larga ilk mezozoy chekka bukilmasi tutashib turadi (Ilova, 7-rasm).
Antarktika And tog’lari Tinch okean suvlari ostida Yangi Zelandiya suv osti marzasi sifatida davom etib, so’ngra Yangi Zelandiya tog’lari bilan tutashadi. Antarktika And tog’larining ikkinchi tomondagi davomi Janubiy Antil orollar yoyi bo’lib, undagi orollar (Janubiy Georgiya, Janubiy Sandvich, Janubiy Orkney va Janubiy Shetland) suv osti tizmasining vulkan tepalaridan iborat.
Materikning sharqiy katta qismi platforma tuzilishiga ega bo’lib, bu platforma bir vaqtlar Gondvana tarkibida bo’lgan Antarktika platformasi hisoblanadi. Uning g’arbiy qismi platodan iborat bo’lib, unda kembriydan oldingi platformaning kristall fundamenti ustida kembriy dengiz yotqiziqlari yotadi, uning ustini esa Gondvana tarkibiga kirgan boshqa materiklardagi kontinental jinslarga o’xshagan paleozoy hamda mezozoy kontinental cho’kindi qatlamlari egallagan. Platformaning g’arbiy qismida neogenda tektonik harakatlar faollashib, Antarktika gorsti vujudga kelgan. Viktoriya Yeri, Kots Yeri, Koroleva Mod Yerini baland palaxsali tizmalar egallagan, ularning balandligi 3000-4000 m ga yetadi va ayrim
joylarda materik muzidan ko’tarilib turadi. Yoriqlar bo’ylab Yer po’stining cho’kishi natijasida Ueddell va Ross dengizlari vujudga kelgan. Vertikal harakatlar bilan birga bazalt lavalari oqib chiqqan va vulkan konuslari hosil bo’lgan. Ross dengizidagi orollarda harakatdagi Erebus va Terror vulkanlari 3000 m dan ortiq baland ko’tarilgan. Ular kaynozoyning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Antarktidaning sharqiy chekkasi barqaror kristall palaxsadan iborat, uni neogen va antropogenda hosil bo’lgan yoriqlar kesib o’tgan. Antarktika platformasining qadimgi kristall jinslari orasida ba’zi bir metall rudalari: mis, molibden, qo’rg’oshin va boshqa konlar topilgan.
Antarktika o’ziga xos va qattiq tabiiy sharoitga ega, bunga uning janubiy qutb yaqinida joylashganligi, shuningdek janubiy yuqori kengliklardagi quruqlik bilan dengizning nisbati sabab bo’lgan. Hatto Arktika tabiati ham Antarktika o’lkasi tabiatiga bir oz o’xshasa ham, lekin har holda undan keskin farq qiladi. Antarktikaning o’ziga xos sharoiti juda katta quruqlik va suv havzasida hukmron. Antarktikadagi quruqlikda Antarktida quruqligidan tashqari orollar arxipelaglari va alohida orollarni: Aleksandr I Yeri, Janubiy Shetland, Janubiy Orkney, Janubiy Sandvich, Janubiy Georgiya, Ballen va boshqa ko’p orollarni o’z ichiga oladi. Bu orollarning ba’zilari materikka yaqin joylashgan va tabiiy sharoitiga ko’ra undan deyarli farq qilmaydi, boshqalari keng dengizda materikdan hamda bir-birlaridan ancha uzoqda joylashgan.
Antarktida qirg’oqlarini Tinch, Atlantika va Hind okeanlari suvlari yuvib turadi. Okean materik qirg’oqlarini o’yib kirib, Ueddell, Bellinsgauzen, Amundsen, Ross, Jamiyat, Kosmonavtlar dengizlarini hosil qiladi. Antarktika suv havzalari suvining rejimi, florasi, faunasi boshqa kengliklardagi suv havzalaridan farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Qutb atrofida joylashgan Antarktika faqat bitta shimoliy chegaraga ega va bu chegara okeanlardan o’tganligidan uni belgilash murakkab. Antarktika atmosfera sirkulyasiyasi sharoiti mo’tadil mintaqa atmosfera sirkulyasiyasi sharoiti bilan almashinadigan joydan, ya’ni mo’tadil kengliklar havo massalarini Antarktika havo massalaridan Antarktika konvergentsiya zonasida Antarktikaning sovuq suvlari mo’tadil kengliklarning iliq suvlari bilan qo’shiladi. Okean suv rejimining Antarktikaning shimoliy chegarasi yaqinida keskin o’zgarishi kuzatilgan. Bu o’zgarish shunchalik kattaki, bu hol Dunyo okeanida Antarktika o’lkasining tabiiy zonal chegarasining mavjudligiga olib keladi. Antarktika o’lkasi Yerning Janubiy Antarktika mintaqasiga to’g’ri keladi.
Antarktika konvergentsiya zonasi Antarktikaning turli geografik kengliklarida joylashgan, lekin yil davomida uning o’rni juda kam o’zgaradi. Atlantika sektorida va Hind okeani sektorining g’arbiy qismida bu zona 480-50° j.k. lar orasida joylashgan. Avstraliyaning janubi-g’arbida u janubga tomon suriladi va Tinch okean sektorida 60° j.k. ga to’g’ri keladi. Bu zona aysberglar uchraydigan yerlarning shimoliy chegarasi bilan dengiz muzlari eng ko’paygan vaqtdagi ularning chekkasi orasida bo’lib, o’rta hisobda olganda 53°05 j.k. ga yaqin joylashgan. Antarktikaning shu chegaralar ichidagi umumiy maydoni, Antarktidani ham qo’shib hisoblaganda 52,5 mln. km2 ga yaqin. Antarktika o’lkasining shimoliy qismi tabiati uning boshqa qismlari tabiatiga qaraganda bir oz yumshoq bo’lib, shunga ko’ra Antarktika
o’lkasida shimoliy yarim shardagiga o’xshab, subantarktika mintaqasi Subantarktika ajratiladi. Unga Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining yozda mo’tadil kengliklari g’arbiy shamollari ta’siri kuzatiladigan qismi va undagi orollar kiritiladi (Ilova, 7-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə