Oliy va o’rta maxsus ta’lim


G’arbiy Avstraliya yassi tog’lari va tog’lari



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə46/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

G’arbiy Avstraliya yassi tog’lari va tog’lari. By o’lka - Avstraliyaning eng katta o’lkasi. U shimolda Shimoliy Avstraliya, sharqda Markaziy tekislik bilan chegaralanadi. Shimoli - g’arb va janubda Hind okeani qirg’oqlariga tutashgan. O’lkaning katta qismini G’arbiy Avstraliya platosi egallagan. Nallarbol tekisligi yer yuzida ohaktoshlardan tuzilgan bo’lib, dengizga balandligi 100 - 150m keladigan jarlik hosil qilib tushadi. Tepalikda karst hodisasi keng tarqalgan. G’arbiy Avstraliya yassi tog’lari juda keng maydonni egallagan. O’lkaning butun g’arbiy katta qismida iqlim keskin kontinental, faqat g’arbda, sohilda okeanning yaqinlngi tufayli kontinentallik biroz yumshaydi. Qishda o’lkaning markaziy qismlarida o’rtacha harorat +120+18°S bo’lgani holda, haroratda sutkalik amplituda 30-40°Sga yetishi mumkin. Yoz issiq +50°S, markaziy qismiga yomg’ir deyarli yog’maydi. Hududining katta qismida yog’in miqdori 150 mm dan kam va o’lkaning chekka qismilarida yomg’ir suvi bilan to’yinadigan o’zanlar ko’p.
Janubi-g’arb. Bu o’lkani uch tomondan Hind okeani suvlari o’rab turadi. U g’arbiy Avstraliya platosi bilan chegaradosh, subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Iqlim sharoitiga ko’ra, bu o’lka kishilar hayoti va qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay. Sohilda va tog’ massivlarining okeanga qaragan yonbag’irlarida yog’in miqdori 1000 mm ga yetadi, shimolga va o’lka ichki qismiga tomon kamayib 800 mm ga yetadi. O’lka o’rmonlarida balandliga 50 - 100m keladigan bahaybat evkaliptlar va balandligi 10m bo’lgan qattiq bargli o’simliklar bor. Janubi-g’arbiy Avstraliyada uzumchilik va mevachilik rivojlangan, tokzor, mevazorlar o’lkaning, xususan tog’ massivlarining okeanga qaragan yonbag’irlarining hozirgi antropogen landshaftlarini belgilaydi.


Nazorat savollari:


  1. Materikni tabiiy geografik rayonlashtirishda qaysi komponentlar ishtirok etadi?

  2. Tabiiy geografik rayonlarning tabiiy komponentlari to’g’risida nimalarni bilasiz?

  3. Materikda qanday tabiiy geografik o’lkalar ajraladi va ularga tavsif bering?

  4. O’lkalarga qiyosiy tavsif bering?

    1. Yüklə 53,54 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə